Xidirova Nargizaxon O‘rinovnaning  
tarix fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Oila-nikoh munosabatlarida ayollarning mavqeyi (xvi-xx asr boshlari o‘rta osiyo xonliklari misolida”  07.00.01 – O‘zbekiston tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2021.4. DSc/Tar31
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: Karimov Elyor Erikovich tarix fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor  Bobojonova Dilorom Bobojonovna, tarix fanlari doktori, professor v.b. Aminov Bobur Bobomurodovich, tarix fanlari doktori, O‘zbekiston xalqaro Islomshunoslik akademiyasi professori Bekmirzaev Ilhomjon Isroiljonovich.                                                                                                    
Yetakchi tashkilot:       Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti     
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.    
II. Tadqiqotning maqsadi XVI – XX asr boshlarida O‘rta Osiyo xonliklari hududida yashagan ayollarning mavqeyini oila-nikoh munosabatlari doirasida  ilmiy asoslashdan iborat.
 III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi quydagilardan iborat:
Oila-nikoh munosabatlariga oid manbalar va hujjatlarda ayollarga nisbatan ترم (tarїm), با (aba), اپا (apa), فذن  (qazїn),  bonu, xonum, begim, og‘o/og‘a, oqa/aka, bekach kabi so‘zlar bilan murojaat qilinganligi aniqlangan;  
XVI-XX asr boshlariga  oid devon hujjatlari, oila-nikoh munosabatlari aks etgan hujjatlarning formulyarlari, rasmiylashtirish tizimi, amaliyotga tadbiq etilish mexanizmlari ochib berilgan;  
Buxoro va Qo‘qon xonliklaridan farqli ravishda  Xiva xonligida ayrim nikoh shartnomalari oldi-sotti (bay’ yoki bayaa) ko‘rinishida  rasmiylashtirilganligi va bunda ayrim Hanafiy ulomolarining nikohni bayaa lafzi bilan bog‘lash mumkinligi to‘g‘risidagi rivoyatlariga amal qilinganligi dalillangan;
Qo‘qon xonlari arxivi (I.№1043. 1-ro‘yxat.) va  Qo‘qon davlat muzeyi qo‘riqxonasida meros, iqror xati, nikohona puli, sag‘ir (etim)lar masalasi, mahr, xon harami bilan bog‘liq hujjatlar saqlanishi va bunday hujjatlar Buxoro hamda Xiva xonliklari fondlarda  uchramasligi   ko‘rsatib berilgan; 
XVI-XX asr boshlarida asosan mahr belgilangandan keyin nikoh ahdi (yoki aqd) tuzilganligi, taloq xatlari esa turli sabablar bilan ajrim qilingan oilalarga tegishli qozi qarorlaridan iborat bo‘lganligi, ularda nikohni bekor qilishga sabab bo‘lgan omillar, taloq turlari,  ajralish huquqining ayol kishiga berilishi (xulu’), mahr va nafaqa masalalari o‘z aksini topganligi dalillangan; 
Ayollar Oila va nikohga tegishli masalalarda hukumdor, malika yoki  ma’sul shaxslarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish imkoniyatiga ega bo‘lganligi, ular qozi, biy yoki mirovoy sudyalarga mahrni talab qilish, qalinni  qaytarish, erning merosidan ulush olish, taloq va nafaqa masalalarida ariza bilan murojaat qilganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ushbu tadqiqotdan olingan xulosalar va takliflar quyidagicha amaliyotga tatbiq etildi:
Oila-nikoh munosabatlarida ayollarning mavqeyi (XVI-XX asr boshlari O‘rta Osiyo xonliklari misolida)” nomli tadqiqot ishi natijasida:
qozilik institutining muhim qismi bo‘lgan qozilik mahkamasi faoliyati tarixi, o‘rta asrlarda yashagan ayollarning oila-nikoh, meros, oldi-sotti shartnomalaridagi ishtiroki, O‘rta Osiyo xonliklari, xususan Qo‘qon xonligiga tegishli ayollarga oid vaqf, vasiqa, iqrornoma (yoki iqror xati), vakolatnoma (yoki vakolat xati) kabi tarixiy hujjatlar tuzilishi, ularni rasmiylashtirish tartiblari, o‘zbek davlatchiligi tarixida sudya(qozi)lar faoliyati, ularning oil-nikoh masalalariga yondashuvlari bilan bog‘liq tarixiy jarayonlarga doir  birlamchi arxiv hujjatlariga tegishli  ilmiy yangiliklarda «Qo‘qon davlat muzey-qo‘riqxonasi»ning tarix bo‘limiga Qo‘qon xonligiga oid eksponat va materiallar ko‘rgazmasini qayta shakllantirishda ilmiy axborot sifatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023 yil 22-dekabrdagi 04-05/4841-son ma’lumotnomasi). Natijada, qozilik institutining muhim qismi bo‘lgan qozilik mahkamasi faoliyati tarixi, o‘rta asrlarda yashagan ayollarning oila-nikoh, meros, oldi-sotti shartnomalaridagi ishtirokiga oid  ma’lumotlar faktik materiallar bilan boyitilgan;
O‘zR FA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar bo‘limida saqlanayotgan “Maj’mua ul-vasoyiq” (“Vasiqalar to‘plami”), jo‘ng asarlar, fatvo to‘plamlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi va Buxoro davlat Ark muzeyi qo‘riqxonasi fondlarida saqlanayotgan ayrim nodir qozilik hujjatlarida aks etgan materiallaridan  “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 16-iyuldagi PQ-5186-son qaroriga muvofiq “Jahon ilm-fani taraqqiyoti va sivilizatsiyasiga hissa qo‘shgan ajdodlar ilmiy merosini tadqiq qilish hamda yangi yuksalish davridagi yutuqlami targ‘ib qilish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning 2-yo‘nalishiga oid “Ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari” 18-bandi “Ajdodlar merosi - ibrat va tarbiya manbai” mavzusida amalga oshirilgan targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi 16-fevral 2023 yil №08-17/149-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Maj’mua ul-vasoyiq” (“Vasiqalar to‘plami”), jo‘ng asarlar, fatvo to‘plamlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy arxivi va Buxoro davlat Ark muzeyi qo‘riqxonasi fondlarida saqlanayotgan ayrim nodir qozilik hujjatlarida aks etgan ma’lumotlar doirasida  yangi ma’lumotlar ommalashtirildi;
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasining “Qo‘lyozmalar, nodir va alohida qimmatga ega nashrlar” bo‘limida saqlanayotgan XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid Turkistonda nashr qilingan ayrim bosma asarlar, gazeta va jurnallar  ilk bor ilmiy muomalaga kiritilganligi, shuningdek, “Kitobxonlik haftaligi” doirasi o‘tkazilgan “Milliy va dini qadriyatlarda gender masalalari (qo‘lyozma manbalar, tarixiy va badiiy asarlar asosida)" mavzusidagi davra suhbatida (2021 yil 6 aprel)  “Qo‘lyozma va tarixiy (badiiy) asarlarda ayol timsoli”, “Yangi O‘zbekiston yangicha dunyoqarash” (2022- yil 20- aprel) nomli davra suhbatida “Alisher Navoiy Nomidagi Milliy kutubxonaning nodir nashrlar bo‘limida saqlanayotgan ayollar masalasiga oid manbalar” nomli ma’ruzalarda foydalanilgan (Alisher Navoiy Nomidagi Milliy kutubxonaning 2022-yil 29-noyabr 01-20/1483-son ma’lumotnomasi). Natijada, XIX asr oxiri XX asr boshlariga oid Turkistonda nashr qilingan ayrim bosma asarlar, gazeta va jurnallar  ilk bor ilmiy muomalaga kiritilib, “Kitobxonlik haftaligi”, tkazilgan “Milliy va dini qadriyatlarda gender masalalari (qo‘lyozma manbalar, tarixiy va badiiy asarlar asosida)" “Qo‘lyozma va tarixiy (badiiy) asarlarda ayol timsoli”, “Yangi O‘zbekiston yangicha dunyoqarash” (2022- yil 20- aprel) nomli davra suhbatida foydalanilgan; 
"O‘zbekiston tarixi" telekanalida efirga uzatilgan “Nafosatnoma" “Mavzu", "Iptido" ko‘rsatuvlari ssenariysini yozishda, tadqiqotda ilgari surilgan To‘maris, samarqandlik Fotima binti Muhammad, Turkon og‘o, Saroymulk xonim kabi o‘nga yaqin ayollarning o‘zbek davlatchiligi tarixida tutgan o‘rni, XVI-XX asr boshlariga oid qo‘lyozma minbalar va arxiv hujjatlarida aks etgan oila-nikoh munosabatlari, vaqf mulklarini  ta’sis etgan va uni boshqargan (mutavali) ayoollar, o‘rta asrlarda yashagan ayollarning ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotda tutgan o‘rniga doir materiallardan foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2023-yil 24-fevral 06-28-309-son ma’lumotnomasi). Natijada,  “Nafosatnoma" “Mavzu", "Iptido"  nomli dasturlning ishonarli manbalar bilan boyishiga erishilgan;
Qo‘qon davlat pedogogika institute tomonidan O.Qo‘ziboeva rahbarlik  qilgan XT-F2-001 “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geografiya fanlarini o‘qitishda millliy istiqlol goyasini o‘quvchilar ongiga singdirish” mavzusidagi fundamental loyihasi doirasida belgilangan vazifalarni bajarishda foydalanildi. Tadqiqot natijalaridan loyiha doirasida “Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida geografiya fanlarini o‘qitishda millliy istiqlol goyasini o‘quvchilar ongiga singdirish” o‘quv uslubiy qo‘llanmani tarixiy qadriyatlar, urf-odatlarimizda onaga bo‘lgan munosabat, qizlar tarbiyasi, oila qadiryatlari kabi masalalarni yoritib berishda foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedogogika institutining 2023-yil 4 dekabr 1310/04-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida tayorlangan o‘quv uslubiy qo‘llanma tarixiy qadriyatlar, urf-odatlarimizda onaga bo‘lgan munosabat, qizlar tarbiyasi, oila qadiryatlariga oid ma’lumotlar bilan boyitilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish