Nargiza Qaxramonovna Shonazarovaning Tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati va rivojlanish tarixi  (1991-2021 yy)”  (istoriya razvitiya i deyatel`nost` organov samoupravleniya grajdan goroda tashkenta (1991-2021gg.)) 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2025.1. PhD/Tar2233
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: Ishkuvatov Valiqul Turdievich tarix fanlari doktori, professor 
Rasmiy opponentlar tarix fanlari doktori, professor Nazarov Nasriddin Atakulovich,  tarix fanlari doktori Tolipov Fayzulla Saidovich.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyati va rivojlanishini tarixiy nuqtai nazardan tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
        Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida azaldan o‘ziga xos etnodemografik holat shakllanganligi, mahallalarda aholi salmog‘ining yuqori darajadaligi, ularning ko‘p millatli tarkibga ega ekanligi, ishchi kuchi va kadrlar salohiyatining etarli darajadaligi, mahallalar aholisiga xos an’anaviy turmush tarzining bugungi zamonaviy modernizatsiya jarayonlari bilan uyg‘unlashganligi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotida o‘z aksini topganligi ilmiy asoslangan;
        tarixiy, ijtimoiy-demografik nuqtai nazardan shahardagi mahallalarning o‘ziga xos etnohududiy xususiyatlari va aholi an’anaviy turmush tarzidan kelib chiqib 1) an’anaviy mahallalar; 2) yangi kvartal (mavze) lardagi mahallalarga, mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy, etnodemografik holati, joylashuv xususiyatlari va aholining turmush tarzidan kelib chiqib a) asosan mahalliy aholi istiqomat qiladigan an’anaviy mahallalar; b) turli millat va elatlar istiqomat qiladigan yangi mahallalarga bo‘lib tahlil qilindi; 
    tadqiqot davrida mahallalardagi mavjud salohiyat va resurslardan samarali foydalanilmaganligi o‘zini o‘zi boshqarish organlarining etarli darajada rivojlanishiga to‘siq bo‘lib kelganligi, fuqarolar yig‘inlari raislarini tanlash, saylash va joy-joyiga qo‘yishda mavjud imkoniyatlar ishga solinmaganligi borasida ayrim muammolar mavjudligi, yangi O‘zbekiston davrida mahallalarda aholi murojaatlari bilan ishlashning milliy modeli negizida “Mahalla–Xalq qabulxonasi–mahalla” tamoyili o‘zini oqlayotganligi dalillandi;
    mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning iqtisodiy-moliyaviy asoslari hozirga qadar yaxshi rivojlanmaganligini inobatga olib, tuzilma iqtisodiy mexanizmining oqilona shakllarini ishlab chiqish va samaradorligini oshirish, byudjet va soliq qonunchiligini tartibga solishda mahallaning ishtirokini ta’minlash, davlat hokimiyati vakolatlarining bir qismini mahalliy boshqaruv organlariga o‘tkazish, mahallalar huzurida ekspert va shahar jamoat (maslahat) Kengashini tashkil etish takliflari ilgari surilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: 
Ushbu tadqiqotdan olingan xulosalar va takliflar quyidagicha amaliyotga tatbiq etildi:
Davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari nufuzini oshirish, Toshkent shahri mahallalarida mustaqillik yillarida ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi o‘zgarishlar va aholi turmush tarzini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatlari, mahallalardagi ijtimoiy demografik holat, aholini uy-joy bilan ta’minlash, sport, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish va isloh qilishga oid takliflardan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini efirga uzatishda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi qoshidagi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 11-oktyabrdagi 02-31-1527-sonli ma’lumotnomasi). Natijada teletomoshabinlarga tadqiqotda ilgari surilgan Toshkent shahri mahallalarida ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar va aholi turmush tarzini tashkil etish, mahallalarda tadbirkorlik rivojining tarixiy tendensiyasi, aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan masalalari xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish imkoniyatini bergan.
Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida yosh avlod tarbiyasiga oid ijtimoiy-ma’naviy va tarbiyaviy yo‘nalishlarda yuz berayotgan o‘zgarishlarni kuchaytirish hamda aholining turmush tarzini tashkil etishda milliy g‘oya va mafkura masalalarini yanada takomillashtirishga oid takliflardan respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023-yillardagi targ‘ibot faoliyatiga tatbiq etilgan. Jumladan, markazning 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining III-yo‘nalishida belgilangan "G‘oya va mafkura masalasi hamda ilm-fan va ma’rifat targ‘iboti" 13-bandi “Yangi ma’naviy makonni shakllantirishning dolzarb masalalari, bu borada ma’rifatparvar, ziyolilar, davlat va jamoat faollarini birlashtirish hamda “Yangi O‘zbekiston orzusi” ni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan. (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ljtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 9-yanvar №10-son dalolatnomasi). Natijada dissertasiyada ilgari surilgan taklif, tavsiya va xulosalar Toshkent shahri fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini tarixiy nuqtai nazardan tahlil etishga va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturini takomillashtirishga xizmat qilgan.
    Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatida jamoatchilik ishtirokini oshirish maqsadida davlat hokimiyati organlari hamda mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini o‘zaro uyg‘unlashtirish, ularning faoliyat mezonlarini yanada aniqlashtirish, shuningdek, tizimning iqtisodiy mexanizmlarini oqilona tashkil etish, mahallalar huzurida ekspertlar va Mahalla jamoatchilik (maslahat) Kengashini tashkil etishga oid  takliflardan O‘zbekiston fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uyushmasi faoliyatida eksperiment sifatida foydalanilgan. Jumladan, uyushmaning mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning “IV. Mahallalar faoliyatini yanada takomillashtirish” yo‘nalishida belgilangan tadbirlarni, xususan, 30-bandi – “Mahallada davlat organlari va jamoat tuzilmalarining hamkorligini ta’minlash” bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari uyushmasining 2024-yil 4-apreldagi № 04-02-62-son dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiyalar va xulosalar 1991-2021-yillarda ma’naviy-ma’rifiy o‘zgarishlar va aholi turmush tarzini tashkil etishda Toshkent shahar fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yoritishga xizmat qilgan.
“Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan nuroniylar va yoshlar o‘rtasida ma’naviy aloqalarni mustahkamlash, oilaviy muammolarni hal etishda nuroniylarning faolligini oshirishga yo‘naltirilgan “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi”, “Yoshlar va nuroniylar suhbatlari” kabi madaniy-ma’naviy tadbirlarni tashkil etishda foydalanilgan. (O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limi 2025-yil 30-maydagi № 14-59-son dalolatnomasi). Natijada  dissertatsiyada ilgari surilgan  Toshkent shahrida “Mahalla ziyolilari maslahat guruhi”ini tashkil qilish, mazkur guruhga olimlar, yozuvchi va shoirlarni biriktirish hamda ushbu tajribani respublika miqyosida ommalashtirish,  Toshkent shahrida mavjud mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy hamda mafkuraviy pasportini yaratish kabi takliflaridan Nuroniy jamg‘armasi Toshkent shahar bo‘limining yillik ish rejalarini tuzish va strategik dasturlarini shakllantirishga xizmat qilgan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish