Sodiqov Sanjarbek Subixoniddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston yoshlarining faol ijtimoiy pozisiyasini shakllantirishda ma’naviy salohiyatning o‘rni”, 09.00.04-Ijtimoiy falsafa (falsafa fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Fal332
Ilmiy rahbar: Yuldasheva Farida Xujamkulovna, falsafa fanlari doktori, professor. 
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Salomova Hakima Yusupovna, falsafa fanlari doktori, professor; Do‘lanov Abbos Egamberdievich,     falsafa fanlari nomzodi, dotsent
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekistonda yoshlarning faol ijtimoiy pozisiyasini shakllantirishda ma’naviy salohiyatning o‘rnini asoslab berishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faol ijtimoiy pozisiyaga ega bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ongi zamonaviy qadriyatlar, innovatsion yondashuvlarni ifoda etuvchi intellektual salohiyat asosida turli madaniyatlar sintezini ifoda etuvchi tafakkurining ratsionallik, realizm, kreativlik, pragmatik yondashuv, milliy qadriyatlarga real va tanqidiy yondashuv, ularni qayta baholash asosida madaniyatlar sintezi (milliy o‘zlik va global tafakkur bilan uyg‘unligi, o‘zini anglash va ijtimoiy faollikni kuchaytirish)ni aks ettirishi asoslangan; 
yangilanayotgan jamiyat yoshlarida faol ijtimoiy pozisiyani shakllantirishning muhim determinanti sifatida yoshlarning intellektual (ratsionallik, kreativlik), madaniy (milliy meros va global qadriyatlar o‘rtasida muvozanat), ma’naviy (ijtimoiy mas’uliyat, vijdon va axloqiy barqarorlikni ta’minlash) salohiyatining dialektik (harakat va o‘zgarish, an’anaviy qadriyatlar bilan zamonaviy tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va inkor), tarixiy (milliy tarixiy tajriba, madaniy meros), innovatsion (kreativ fikrlash, ijtimoiy muammolarga yangicha echim topish) xususiyatlarini ochib berilgan;
progressiv milliy qadriyatlarning tarixiy tajriba, madaniy meros, ma’naviy ideallari va zamonaviy taraqqiyot tamoyillarini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi murakkab tizimida ma’naviy salohiyat yoshlarning o‘sib borayotgan (iste’molchilik, individualizm, begonalashuv, gedonizm, ma’naviy befarqlik) ehtiyojlarini tashabbuskorlik, kreativlik, innovatsion qadriyatlar, zamonaviy ijtimoiy xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga yo‘naltiruvchi muhim praksiologik omil ekanligi aniqlashtirilgan;
yoshlarning faol ijtimoiy pozisiyasida ularning mehnat faoliyati, tadbirkorlik tashabbuslari va moliyaviy savodxonlik kabi iqtisodiy, zamonaviy bilim, mustaqil fikr, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni anglash va ularni hayotiy amaliyotga tatbiq etish kabi intellektual-ma’naviy salohiyatning anglangan ehtiyojlarni qondirishi hamda ularni yuzaga chiqarish, realizatsiya qilish va yuksaltirishda dinamik va dialektik omil ekanligi dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston yoshlarining faol ijtimoiy pozisiyasini shakllantirishda ma’naviy salohiyatning o‘rnini tadqiq qilish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
faol ijtimoiy pozisiyaga ega bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy ongi zamonaviy qadriyatlar, innovatsion yondashuvlarni ifoda etuvchi intellektual salohiyat asosida turli madaniyatlar sintezini ifoda etuvchi tafakkurining ratsionallik, realizm, kreativlik, pragmatik yondashuv, milliy qadriyatlarga real va tanqidiy yondashuv, ularni qayta baholash asosida madaniyatlar sintezi (milliy o‘zlik va global tafakkur bilan uyg‘unligi, o‘zini anglash va ijtimoiy faollikni kuchaytirish)ni aks ettirishiga oid ilmiy yangilik hamda taklif va tavsiyalardan Andijon davlat pedagogika institutida bajarilgan 01-166-son “Moddiy javobgar shaxslarning tavakkalchilik bilan bog‘liq virtual o‘yinlariga moyilligini diagnostika va korreksiya qilish” amaliy loyihada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Andijon davlat pedagogika institutining 2025-yil 21-oktyabrdagi 01-1123-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat ma’naviy salohiyati mezonlari va uni shakllantiruvchi omillar haqidagi nazariy xulosalar shaxslarning tavakkalchilik bilan bog‘liq virtual o‘yinlariga moyilligini diagnostika va korreksiya qilish  dasturlarini tayyorlashda nazariy manba sifatida xizmat qilgan;
yangilanayotgan jamiyat yoshlarida faol ijtimoiy pozisiyani shakllantirishning muhim determinanti sifatida yoshlarning intellektual (ratsionallik, kreativlik), madaniy (milliy meros va global qadriyatlar o‘rtasida muvozanat), ma’naviy (ijtimoiy mas’uliyat, vijdon va axloqiy barqarorlikni ta’minlash) salohiyatining dialektik (harakat va o‘zgarish, an’anaviy qadriyatlar bilan zamonaviy tafakkur o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va inkor), tarixiy (milliy tarixiy tajriba, madaniy meros), innovatsion (kreativ fikrlash, ijtimoiy muammolarga yangicha echim topish) xususiyatlariga doir ishlab chiqilgan ilmiy natijalaridan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa ua xavfsizlik masalalari qo‘mitasi faoliyatida, jumladan, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasini amalga oshirish, “Ma’naviy tarbiyani baholash”ning ilmiy asoslangan indikatorlarini ishlab chiqish, “Mafkuraviy xurujlarga qarshi milliy g‘oya asosida birgalikda kurashish, oila, maktab va mahalla hamkorligini mustahkamlash va shu asosda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash”da foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasining 2024-yil 22-oktyabrdagi 36-son ma’lumotnomasi). Natijada, yoshlarning faol ijtimoiy pozisiyasi shakllantirish haqidagi davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalarni mazmunan boyitishga, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish hamda yoshlarni faol ijtimoiy pozisiyasini shakllantirishga xizmat qilgan;
progressiv milliy qadriyatlarning tarixiy tajriba, madaniy meros, ma’naviy ideallari va zamonaviy taraqqiyot tamoyillarini o‘zaro uyg‘unlashtiruvchi murakkab tizimida ma’naviy salohiyat yoshlarning o‘sib borayotgan (iste’molchilik, individualizm, begonalashuv, gedonizm, ma’naviy befarqlik) ehtiyojlarini tashabbuskorlik, kreativlik, innovatsion qadriyatlar, zamonaviy ijtimoiy xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga yo‘naltiruvchi muhim praksiologik omil ekanligiga doir ilmiu xulosalar va takliflardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining 2025-uil ikkinshi uarim uillik ish rejasi 27-band mahallalarda uoshlarni vatanrarvarlik ruhida tarbiualash hamda ularning intellektual jihatdan kamol torishini va ma’naviu rivojlanishini ta’minlash va 37-band mahallalarda uoshlarning ijtimoiu faolligini oshirish, iqtidori, iste’dodi va tashabbuslarini rag‘batlantirish hamda hauotda o‘z o‘rnini torishlariga ko‘maklashish bo‘uisha belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foudalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziu Kengashining 2025-uil 11-avgustdagi 04-13/651-son ma’lumotnomasi) Natijada, uoshlarning axloqiu madaniuati uuksalishi, uashauotgan hududiga nisbatan vatanrarvarlik va daxldorlik hissini ortishi, tashabbuskorlik, kreativlik, innovatsion qadriyatlar, zamonaviy ijtimoiy xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga xizmat qilgan;
yoshlarning faol ijtimoiy pozisiyasida ularning mehnat faoliyati, tadbirkorlik tashabbuslari va moliyaviy savodxonlik kabi iqtisodiy, zamonaviy bilim, mustaqil fikr, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni anglash va ularni hayotiy amaliyotga tatbiq etish kabi intellektual-ma’naviy salohiyatning anglangan ehtiyojlarni qondirishi hamda ularni yuzaga chiqarish, realizatsiya qilish va yuksaltirishda dinamik va dialektik omil ekanligi bo‘yicha tadqiqot yangiliklaridan Farg‘ona viloyat teleradiokompaniyasining “Adabiy muhit”, “Xayrli tong”, “Ma’naviyat qalb ko‘zgusi”, “Ta’lim xabarlari” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Farg‘ona viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 27-oktyabrdagi 01-12/222-son ma’lumotnomasi). Natijada, uoshlarning axloqiu madaniuati uuksalishi, uashauotgan hududiga nisbatan vatanrarvarlik va daxldorlik hissini ortishi, tashabbuskorlik, kreativlik, innovatsion qadriyatlar, zamonaviy ijtimoiy xulq-atvor qoidalarini o‘zlashtirishga hamda faol ijtimoiy pozisiyasini shakllantirilishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish