Djabbarov Botirjon Begimovichning
pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) 
dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini zamonaviy dasturiy vositalar yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish (pedagogika oliy ta’lim muassasalari misolida),  13.00.02–Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (informatika).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Ped8166.
Ilmiy rahbar: Lutfillaev Maxmud Xasanovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, PhD.03/29.12.2023.T.02.12.
Rasmiy opponentlar: Hamidov Jalil Abdurasulovich, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Niyozov Muhammad Baxronovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanining o‘qitish metodikasini zamonaviy dasturiy vositalar asosida takomillashtirish orqali talabalarning kasbiy va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
talabalarda “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” faniga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari kompyuter imitatsion modellarining kasbiy sifatlarga yo‘naltirilgan produktiv ta’siriga ko‘ra ta’lim oluvchilarning vizual kognitivligiga ustuvorlik berish orqali kengaytirilgan;
“Biologiya” ta’lim yo‘nalishidagi talabalarni kasbiy va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik talablar tarkibi kompyuter imitatsion modellashtirishning kognitiv jarayonlarga internal va eksternal ta’sir darajasiga asoslanib virtual resurslar elementlarining ob’ektivligini belgilash orqali takomillashtirilgan;
talabalarning amaliy hamda mustaqil ta’limini tashkil etish mazmuni  murakkab biologik jarayonlarni imitatsion modellashtirishning tizimli kvantlash va vizuallik tamoyillariga ko‘ra interaktiv simulyasiyalar, virtual laboratoriyalar, interaktiv tajribalar tashkil etish, web ilovali dasturiy vositalarni yaratish hamda foydalanishning funksional imkoniyatlarini belgilash asosida boyitilgan;
“Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini o‘qitishning ilmiy-uslubiy ta’minoti tabiiy jarayonlarni virtual ta’lim muhitida ifodalash, o‘qitish jarayonida virtual tajriba va simulyasiyalarni taqdim etishning amaliy kompetensiyalar konstruksiyasining kasbiy faoliyatga oid harakatlari bilan komparativligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.  Dissertatsiya tadqiqotlari doirasida “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini zamonaviy dasturiy vositalar yordamida o‘qitish metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
talabalarda “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” faniga oid ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatlari kompyuter imitatsion modellarining kasbiy sifatlarga yo‘naltirilgan produktiv ta’siriga ko‘ra ta’lim oluvchilarning vizual kognitivligiga ustuvorlik berish orqali kengaytirishga oid ilmiy natijalardan “OT – Atex -2018-519 Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 20-noyabrdagi 1115/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, “Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini o‘qitishda mutaxassislik fanlarining murakkab jarayonlariga doir kompyuter imitatsion modellar yaratish orqali talabalarda axborot texnologiyalarini amaliy qo‘llash ko‘nikmalari samaradorligi oshirilgan;
“Biologiya” ta’lim yo‘nalishidagi talabalarni kasbiy va raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirishning psixologik-pedagogik talablar tarkibi kompyuter imitatsion modellashtirishning kognitiv jarayonlarga internal va eksternal ta’sir darajasiga asoslanib virtual resurslar elementlarining ob’ektivligini belgilash orqali takomillashtirish borasidagi ilmiy natijalardan axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash bo‘yicha dasturiy ta’minotni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlar markazining 16.07.2024 yildagi 02/01-01-194 son ma’lumotnomasi). Natijada talabalarda bilim, tanqidiy, ijodiy fikr yuritish, zamonaviy dasturiy vositalar hamda virtual resurslar bilan ishlash ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
talabalarning amaliy hamda mustaqil ta’limini tashkil etish mazmuni  murakkab biologik jarayonlarni imitatsion modellashtirishning tizimli kvantlash va vizuallik tamoyillariga ko‘ra interaktiv simulyasiyalar, virtual laboratoriyalar, interaktiv tajribalar tashkil etish, web ilovali dasturiy vositalarni yaratish hamda foydalanishning funksional imkoniyatlarini belgilash asosida boyitishga doir ilmiy natijalardan “OT – Atex -2018-519 Kompyuter imitatsion modellar asosida virtual resurslar Web - ilovasini dasturiy ta’minotini yaratish” mavzusidagi loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan. (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 20-noyabrdagi 1115/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, virtual muhitda talabalar mustaqil tajribalar o‘tkazish, muammoli vaziyatlarni hal qilish, gipotezalarni sinash, natijalarni tahlil qilish kabi ilmiy-tadqiqot ko‘nikmalarini amaliyotda qo‘llash imkoniyati yaratilgan;
“Axborot texnologiyalarini kasbiy faoliyatda qo‘llash” fanini o‘qitishning ilmiy-uslubiy ta’minoti tabiiy jarayonlarni virtual muhitda ifodalash, o‘qitish jarayonida virtual tajriba va simulyasiyalarni taqdim etishning amaliy kompetensiyalar konstruksiyasining kasbiy faoliyatga oid harakatlari bilan komparativligiga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga oid ilmiy natijalardan “I-2016-4-15 Kutubxona resurslaridan mobil aloqa asosida tarmoqdan foydalanishning dasturiy ta’minotini yaratish va tatbiq etish (oliy ta’lim muassasalari misolida)” mavzusidagi loyihaning amaliy topshiriqlarini bajarishda foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2023-yil 20-noyabrdagi 1115/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarda amaliy kasbiy ko‘nikmalar, mustaqil va analitik fikrlash, raqamli savodxonlik va innovatsion tafakkurni shakllantirish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish