Fayzullaeva Xovoxon Xayrullo qizining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon 

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Rivojlantiruvchi ta’lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirish metodikasi”, 13.00.08 − Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: № B2023.4.PhD/Ped6895
Ilmiy rahbar: Abdusamatova Nargiza Jamoldinovna pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01
Rasmiy opponentlar: Xurvalieva Tarmiza Latipovna, Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori; Ibragimova Gulsanam Ne’matovna, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti professori, pedagogika fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: rivojlantiruvchi ta’lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘yin faoliyatini “politematizm” xususiyatiga ko‘ra modellashtirish, ta’lim muhitini eng yaqin rivojlanish zonasiga aylantirish, pedagog-bola, bola-bola pozisiyasida o‘zaro hamkorlik va muloqotni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish asosida aniqlashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirishda bolalarning rivojlantirish markazlaridagi faoliyatlarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etish jarayoni qulay pedagogik shart-sharoitlar (resurs ta’minoti; muhitni zamonaviy loyihalash (faol, tinch va ishchi zonalar); dizayn, ergonomika; bola rivojlanish kontekstida ta’lim va tarbiya integratsiyasi)ga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirish modeli rivojlanish markazlarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ijtimoiy kompetentlikni intensiv shakllantirish maqsadlariga identifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirish jarayoni bolaning shaxsiy va jamiyat hayotiga moslashuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlar va metodikalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasi kompetensiyalariga o‘zaro integratsiyalash hamda faoliyat (o‘yin, muloqot, ta’lim)ga asoslangan ijtimoiy munosabatlarga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Rivojlantiruvchi ta’lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirish metodikasi” mavzusida olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida: 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida ijtimoiy kompetentlikni shakllantirishning pedagogik imkoniyatlari o‘yin faoliyatini “politematizm” xususiyatiga ko‘ra modellashtirish, ta’lim muhitini eng yaqin rivojlanish zonasiga aylantirish, pedagog-bola, bola-bola pozisiyasida o‘zaro hamkorlik va muloqotni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratishga oid taklif va tavsiyalari “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil, 6-noyabrdagi 491-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, rivojlantiruvchi ta’lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirishning o‘quv-didaktik va uslubiy ta’minoti takomillashtirilgan;
maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirishda bolalarning rivojlantirish markazlaridagi faoliyatlarini shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv asosida tashkil etish jarayoni qulay pedagogik shart-sharoitlar (resurs ta’minoti; muhitni zamonaviy loyihalash (faol, tinch va ishchi zonalar); dizayn, ergonomika; bola rivojlanish kontekstida ta’lim va tarbiya integratsiyasi)ga ustuvorlik berishga doir taklif va tavsiyalar “Bolalarning ijtimoiy moslashuvi” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan(O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil, 6-noyabrdagi 491-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarning ijtimoiy kompetentligini rivojlantiruvchi ta’lim muhitida shakllantirishning pedagogik imkoniyatlaridan foydalanish samaradorligini oshirishga erishilgan;
rivojlantiruvchi ta’lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirish modeli rivojlanish markazlarida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni ijtimoiy kompetentlikni intensiv shakllantirish maqsadlariga identifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan yo‘naltirilgan taklif va tavsiyalardan maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘quv jarayonlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil, 8-apreldagi 02-28-865-son ma’lumotnomasi). Natijada, rivojlantiruvchi ta’lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirish modelini takomillashtirishga sharoit yaratilgan; 
rivojlantiruvchi ta’lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirish jarayoni bolaning shaxsiy va jamiyat hayotiga moslashuvchanlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik yondashuvlar va metodikalarni ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasi kompetensiyalariga o‘zaro integratsiyalash hamda faoliyat (o‘yin, muloqot, ta’lim)ga asoslangan ijtimoiy munosabatlarga ustuvorlik berishga doir taklif va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan A-OT-2021-419-raqamli “Davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy kompetensiyasini oshirish kursi uchun elektron platformani yaratish (Pre-schoolPDP)” mavzusidagi amaliy loyiha dorasida foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2025-yil 4-apreldagi №04/11-4432-sonli xati). Natijada, rivojlantiruvchi ta’lim muhitida maktabgacha yoshdagi bolalarning ijtimoiy kompetentligini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish