Xolmirzaev Baxtiyor Nurmirza o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sinfdan tashqari sport mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirish texnologiyasi”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Ped4043
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Mo‘minjon Yusufjonovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Ped.76.02.
Rasmiy opponentlar: Egamberdieva Turg‘unoy Axmadjonovna, pedagogika fanlari doktori, professor; Azizov Sobitxon Valievich, pedagogika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sinfdan tashqari sport mashg‘ulotlarida milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishning ijtimoiy pedagogik zaruriyati fanlararo (pedagogik, sotsiologik, falsafiy) qiyosiy tahlil qilish orqali ularning faol fuqarolik pozisiyasi, tanqidiy tafakkuri va qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashini shakllantirish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va amaliy faoliyat integratsiyasiga ustuvorlik berish asosida aniqlangan;
sinfdan tashqari sport mashg‘ulotlarida milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishning amaliy-tarbiyaviy ish shakllari va interfaol metodlarga asoslangan pedagogik mexanizmlari o‘quvchilarda vatanparvarlik hissi, jamoaviylik tuyg‘usi va ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini tashxislashning konsentrik va muntazamlilik tamoyillari asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishning maqsad, jarayon va natijani uzviy bog‘lagan integrativ modeli kompetensiyaviy, aksiologik (qadriyatli) va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirilgan hamda rivojlanish darajalari (reproduktiv, izlanishli, kreativ) aniq belgilangan kognitiv (bilim), emotsional-qadriyatli (munosabat) va faoliyatga oid (amaliy harakat) mezonlar asosida ishlab chiqilgan;
shaxsning individual va ijtimoiy munosabatlarini namoyon bo‘lish darajasi, sport ko‘nikmasi hamda aksiologik bilimini rivojlantirish jarayonini maktab o‘qituvchilari faoliyatida mujassamlashtirish va badiiy adabiyot qahramonlari obrazlari orqali o‘zlashtirish mexanizmi vositasida o‘quvchilarga milliy g‘urur tuyg‘usini singdirish, imitatsiya (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida shakllantirish bilan bog‘liq ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sinfdan tashqari sport mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirish texnologiyasi yuzasidan olingan natijalar asosida:
o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishning ijtimoiy pedagogik zaruriyati fanlararo (pedagogik, sotsiologik, falsafiy) qiyosiy tahlil qilish orqali ularning faol fuqarolik pozisiyasi, tanqidiy tafakkuri va qadriyatlarga asoslangan dunyoqarashini shakllantirish, shaxsga yo‘naltirilgan yondashuv va amaliy faoliyat integratsiyasiga ustuvorlik berishga doir taklif va tavsiyalardan Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 10-apreldagi 102-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tarbiya” fanining 1-9-sinflarga mo‘ljallangan o‘quv dasturlari hamda darsliklarni yaratish jarayonida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2022-yil 15-noyabrdagi 01/11-02/02-1747-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sinfdan tashqari sport mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishga erishilgan;
sinfdan tashqari sport mashg‘ulotlarida milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishning amaliy-tarbiyaviy ish shakllari va interfaol metodlarga asoslangan pedagogik mexanizmlari o‘quvchilarda vatanparvarlik hissi, jamoaviylik tuyg‘usi va ijtimoiy mas’uliyat ko‘nikmalarini tashxislashning konsentrik va muntazamlilik tamoyillari asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan, xulosalar va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanalining 2025-yil mart va iyul oylaridagi “Millat va ma’naviyat”, “O‘zbekiston yoshlari”, “Ta’lim va taraqqiyot” dasturlarini samarali tashkil etishda, ularning dastur va senariylarini tayyorlashda foydalanildi. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi davlat muassasasining 2025-yil 26-avgustdagi 05-09-1364-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, sinfdan tashqari sport mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishga erishilgan;
o‘quvchilarda milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishning maqsad, jarayon va natijani uzviy bog‘lagan integrativ modeli kompetensiyaviy, aksiologik (qadriyatli) va shaxsga yo‘naltirilgan yondashuvlar bilan uyg‘unlashtirilgan hamda rivojlanish darajalari (reproduktiv, izlanishli, kreativ) aniq belgilangan kognitiv (bilim), emotsional-qadriyatli (munosabat) va faoliyatga oid (amaliy harakat) mezonlar asosida ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalardan Prezident Administratsiyasining 2022-yil 10-oktyabrdagi 14-sonli yig‘ilish (PA2/1-3053) bayonida belgilangan vazifalarni ta’minlash maqsadida, jismoniy tarbiya fanidan o‘quv dasturlarini takomillashtirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi Vazirligi huzuridagi Respublika Ta’lim markazining 2025-yil 30-maydagi 01/11-10-357-son ma’lumotnomasi). Natijada sinfdan tashqari sport mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishga erishilgan;
shaxsning individual va ijtimoiy munosabatlarini namoyon bo‘lish darajasi, sport ko‘nikmasi hamda aksiologik bilimini rivojlantirish jarayonini maktab o‘qituvchilari faoliyatida mujassamlashtirish va badiiy adabiyot qahramonlari obrazlari orqali o‘zlashtirish mexanizmi vositasida o‘quvchilarga milliy g‘urur tuyg‘usini singdirish, imitatsiya (ko‘chirish, taqlid qilish) asosida shakllantirish bilan bog‘liq ilmiy-metodik tavsiyalardan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan 2023-yil 23-iyunda 202306161313-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Sport muassasalarida seleksiya, saralash, bashorat qilish va oliy sport yutuqlarini rivojlanish monitoringini joriy qilish uchun raqamli texnologiyalarni yaratish” loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar institutining ALM202306161313-sonli ma’lumotnomasi). Natijada sinfdan tashqari sport mashg‘ulotlarida o‘quvchilarning milliy g‘urur tuyg‘usini rivojlantirishga erishilgan.