Normirzaev Farxodjon Muminovichning Pedagogika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Innovatsion yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarida autokompetentlikni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish” 13.00.07 – Ta’limda menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped8928
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti
Ilmiy rahbar: Akramov Abdumalik Abdumutalovich, pedagogika fanlari doktori, professor.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Abdurasulov Abdullajon Abdukarimovich, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent, Baybaeva Muhayyo Xudoyberganovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedgogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi innovatsion yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarida autokompetentlikni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarida autokompetentlikni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning mazmuni va tuzilmasi innovatsion yondashuv asosida boshqaruvchi shaxsini rivojlantirish sohalarini subekt-subekt munosabatlariga yo‘naltirilgan kasbiy refleksiyaning samaradorligini oshirishning tashkiliy-didaktik imkoniyatlari infratuzilmasini ishlab chiqish bilan aloqadorlikka ko‘ra takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarida autokompetentlikni rivojlantirishning innovatsion modeli autokompetentlikni kasbiy faoliyatga tatbiq etish bosqichlari o‘zini o‘zi kasbiy-ijtimoiy rivojlantirish, zahira qobiliyatlarni yuzaga chiqarish, adekvat o‘zini o‘zi qadrlash, professional deformatsiya va kasbiy destruksiyani oldini olish jarayonlari bilan funksional integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari autokompetentligini rivojlantirishning mazmuni, shakl, metod va vositalarilarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlari boshqaruvchilarning akmeologik faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi innovatsion texnologiyalarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarida malaka oshirish va o‘zini o‘zi kasbiy takomillashtirish orqali autokompetentlikni rivojlantirish mexanizmlari malaka oshirish kurslari mazmunini tinglovchilarning shaxsiy rivojlantirish traektoriyasiga yo‘naltirish hamda autokompetentlik va o‘zini o‘zi rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik (keys-stadi; psixologik metodlar: ijtimoiy-psixologik treninglar; psixologik testlar; xulq-atvor treningi, sugGEStil, o‘yin terapiyasi) texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Innovatsion yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarida autokompetentlikni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarida autokompetentlikni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirishning mazmuni va tuzilmasi innovatsion yondashuv asosida boshqaruvchi shaxsini rivojlantirish sohalarini subekt-subekt munosabatlariga yo‘naltirilgan kasbiy refleksiyaning samaradorligini oshirishning tashkiliy-didaktik imkoniyatlari infratuzilmasini ishlab chiqish bilan aloqadorlikka ko‘ra takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’limda qiyosiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 29-sentabrdagi 438-son buyrug‘i bilan berilgan 438449-son guvohnoma). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari autokompetentligini rivojlantirish mexanizmlari xorijiy mamlakatlar maktabgacha ta’lim tizimi tajribasi asosida takomillashtirilgan;
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarida autokompetentlikni rivojlantirishning innovatsion modeli autokompetentlikni kasbiy faoliyatga tatbiq etish bosqichlari o‘zini o‘zi kasbiy-ijtimoiy rivojlantirish, zahira qobiliyatlarni yuzaga chiqarish, adekvat o‘zini o‘zi qadrlash, professional deformatsiya va kasbiy destruksiyani oldini olish jarayonlari bilan funksional integratsiyalash asosida takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar “Maktabgacha ta’limni boshqarishning ilmiy asoslari” nomli darslik mazmuniga singdirilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 29-maydagi 194-son buyrug‘i bilan berilgan 194-324-son guvohnoma). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarida professional deformatsiya va kasbiy destruksiyani oldini olishga hizmat qilgan;
maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari autokompetentligini rivojlantirishning mazmuni, shakl, metod va vositalarilarini qo‘llash imkoniyatini ta’minlovchi pedagogik shart-sharoitlari boshqaruvchilarning akmeologik faolligiga ta’sir ko‘rsatuvchi innovatsion texnologiyalarga ustuvorlik berish orqali takomillashtirishga oid takliflardan O‘zbekiston Milliy universitetida 2021-2022-yillar davomida bajarilgan A-OT-2021-461-sonli “Umumta’lim muassasalarida moliyaviy savodxonlik asoslari va qimmatli qog‘ozlar bozorini o‘rganish bo‘yicha multimedia texnologiyalariga asoslangan o‘quv kursi va platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot doirasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 20-iyundagi 04/11-5162-sonli ma’lumotnomasi). Natijada innovatsion yondashuv asosida maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlarida autokompetentlikni rivojlantirishning uslubiy-didaktik ta’minotini takomillashtirishga xizmat qilgan.
maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarida malaka oshirish va o‘zini o‘zi kasbiy takomillashtirish orqali autokompetentlikni rivojlantirish mexanizmlari malaka oshirish kurslari mazmunini tinglovchilarning shaxsiy rivojlantirish traektoriyasiga yo‘naltirish hamda autokompetentlik va o‘zini o‘zi rivojlantirishning ijtimoiy-pedagogik (keys-stadi; psixologik metodlar: ijtimoiy-psixologik treninglar; psixologik testlar; xulq-atvor treningi, sugGEStil, o‘yin terapiyasi) texnologiyalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalari asosida maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarida innovatsion yondashuv asosida autokompetentlikni rivojlantirish va rivojlanganlik darajasini tashxislash metodikalari ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 12-noyabrdagi 02-24-1586-son ma’lumotnomasi). Natijada maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari autokompetentligini rivojlantirishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish jarayoniga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.