Maturazova Zulfiya Matiyazovnaning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Qoraqalpoq talaba yoshlarning etnik o‘zini anglashini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.3.PhD/P411.
Ilmiy rahbar: Sagindikova Nargiza Jubathanovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK nomi: Buxoro davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/04.10.2024.P.72.06.
Rasmiy opponentlar: Ulug‘ova Shalola Musliddinovna, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent, Muxtarov Otabek Shuxratjanovich, psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi  tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq talaba yoshlarning etnik o‘zini anglashini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlarini aniqlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.  Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
Qoraqalpoq yoshlarining etnik o‘zini anglashida milliy qadriyatlar va an’analarni saqlashga intilish bilan bir qatorda ijtimoiy qadriyatlardagi global o‘zgarishlarga moslashishning dinamik xususiyatini shaxs shakllanishiga ta’siri tufayli etnik identifikatsiyaning etnodifferensial xususiyatlar bilan shartlangan affektiv komponentini affilyasiya motivlari orqali namoyon bo‘lishi muhimligi isbotlangan;
yoshlarning etnik o‘zini anglashini muvofiqlashtirish qoraqalpoq xalqidagi ambivalent identifikatsiyaning “madaniy faxr” hissi orqali shakllanishi muhimligiga asoslanib, ularning milliy va global maydonda o‘zini topish imkoniyatlarini kengaytirib, ruhiy barqarorlik va guruhiy mansublik tuyg‘usini kuchaytiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi isbotlangan.
yoshlarining etnik o‘zini anglashini muvofiqlashtirishda etnik identifikatsiyaning indifferent, giperidentivlik kabi transformatsiyalashgan shakllarini  milliy g‘urur hissi orqali o‘zgarishiga erishish mumkinligiga asoslanib tolerantlik xususiyatining shaxs differensial sifatlari negizida ijtimoiy refleksiyaga bog‘liq rivojlanishi muhimligi dalillangan;
Qoraqalpoq yoshlaridagi etnik o‘zini anglashni muvofiqlashtirishga refleksiv xususiyatlarning ta’siri natijasida shaxsning o‘z xatti-harakatlarini baholashi va boshqarishi, tanqidiy fikrlashi, mas’uliyat hissini jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilish jarayonida milliy va zamonaviy fazilatlarga uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligiga asoslanib, individul refleksiyani ijtimoiy refleksiyaga etnik identifikatsiya orqali o‘zgarishi dalillangan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Qoraqalpoq  talaba  yoshlarning  etnik o‘zini anglashini muvofiqlashtirishning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari”ni o‘rganishga doir olib borilgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari asosida:
Qoraqalpoq yoshlarining etnik o‘zini anglashida milliy qadriyatlar va an’analarni saqlashga intilish bilan bir qatorda ijtimoiy qadriyatlardagi global o‘zgarishlarga moslashishning dinamik xususiyatini shaxs shakllanishiga ta’siri tufayli etnik identifikatsiyaning etnodifferensial xususiyatlar bilan shartlangan affektiv komponentini affilyasiya motivlari orqali namoyon bo‘lishi muhimligi isbotlanganligiga oid ma’lumotlar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-141-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-141-a son ma’lumotnomasi). Natijada talaba yoshlarning etnik o‘zligini anglashini o‘rganishning konseptual va tizimli yondashuvlarini nazariy va metodologik jihatdan tahlil qilingan;
yoshlarning etnik o‘zini anglashini muvofiqlashtirish qoraqalpoq xalqidagi ambivalent identifikatsiyaning “madaniy faxr” hissi orqali shakllanishi muhimligiga asoslanib, ularning milliy va global maydonda o‘zini topish imkoniyatlarini kengaytirib, ruhiy barqarorlik va guruhiy mansublik tuyg‘usini kuchaytiruvchi omil sifatida namoyon bo‘lishi isbotlanganligiga oid xulosalar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-141-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-141-a son ma’lumotnomasi). Natijada etnik o‘zlikni shakllantirishning psixologik shartlarini o‘rganish, etnik o‘zlikni anglash tushunchasi va uning mohiyati ochib berilgan;
yoshlarining etnik o‘zini anglashini muvofiqlashtirishda etnik identifikatsiyaning indifferent, giperidentivlik kabi transformatsiyalashgan shakllarini  milliy g‘urur hissi orqali o‘zgarishiga erishish mumkinligiga asoslanib tolerantlik xususiyatining shaxs differensial sifatlari negizida ijtimoiy refleksiyaga bog‘liq rivojlanishi muhimligi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-141-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-141-a son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq talaba yoshlarning etnik o‘zligini anglashining tarkibiy qismlarini, ular psixodiagnostikasining metodik usullarini ajratib ko‘rsatish, talaba yoshlarning etnik o‘ziga xosligini rivojlantirish masalalari tadqiq qilingan;
 Qoraqalpoq yoshlaridagi etnik o‘zini anglashni muvofiqlashtirishga refleksiv xususiyatlarning ta’siri natijasida shaxsning o‘z xatti-harakatlarini baholashi va boshqarishi, tanqidiy fikrlashi, mas’uliyat hissini jamiyatda o‘z o‘rnini topishga intilish jarayonida milliy va zamonaviy fazilatlarga uyg‘un namoyon bo‘lishi muhimligiga asoslanib, individul refleksiyani ijtimoiy refleksiyaga etnik identifikatsiya orqali o‘zgarishi dalillanganligiga oid takliflar Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 20-maydagi PM-141-son buyrug‘i bilan «Ijtimoiy psixologiya va etnopsixologiya» moduliga kiritilgan (Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi Psixologiya o‘quv-ilmiy markazining 2024-yil 25-maydagi PM-141-a son ma’lumotnomasi). Natijada qoraqalpoq talaba yoshlarning etnik o‘zligini anglashini muvofiqlashtirish bo‘yicha ijtimoiy-psixologik trening dasturi tayyorlangan va uning amaliy samaradorligi sinovdan o‘tkazilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish