Ibragimova Nilufar Tuychievnaning Pedagogika fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtissoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompyuternaya texnologiya formirovaniya aktivnogo slovarya po russkomu yaziku u uchashhixsya urovnya V1 Respubliki Uzbekistan” 13.00.02 – Ta’lim tarbiya nazariyasi va metodikasi (rus tili)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4477
Ilmiy tadqiqot ishi bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat pedagogika instituti.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Saida Nuritdinovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan davlat pedagogika instituti, PhD.03/27.09.2024.Ped.184.01.
Rasmiy opponentlar: Zamilova Rimma Ramilevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor; Alimsaidova Sayora Amideevna, pedagogika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedgogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasi B1 darajasidagi o‘quvchilarda rus tili bo‘yicha faol lug‘atni shakllantirishning kompyuter texnologiyasini ilmiy asoslash va ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
rus tilidagi so‘zlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar tipologiyasini (talaffuz, yozish, grammatik, og‘zaki nutqda qo‘llash va ma’nolarni eslab qolishdagi qiyinchiliklar) tasniflash olish asosida rus tili bo‘yicha faol lug‘atning asosini tashkil etuvchi leksikani klassifikatsiya toifalarga (ona tilida va o‘rganilayotgan tillarda mos keladigan baynalmilal va o‘zlashtirilgan, o‘quvchilar tomonidan qisman tushuniladigan hosila va murakkab, ona tilidagi ma’nolar hajmiga teng bo‘lgan ildiz so‘zlari, ekvivalensiz so‘zlar, “tarjimonning yolg‘on do‘stlari”, qisman tushunarli, lekin to‘liq mos kelmaydigan so‘z birikmalari va murakkab so‘zlar, ona tilidan ko‘ra ko‘proq miqdordagi so‘zlar, ma’no hajmi ona tiliga qaraganda tor bo‘lgan so‘zlar) ajratishning metodik maqsadga muvofiqligi asoslantirilgan;
ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning B1 darajadagi o‘quvchilarida rus tili bo‘yicha faol lug‘atni quizlet veb-ilovasi asosida o‘zbek tilida o‘qitiladigan maktablardagi B1 darajasidagi o‘quvchilarda rus tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha faol lug‘atni shakllantirish jarayonini maqbullashtirish maqsadida dissertatsiya tadqiqoti doirasida ishlab chiqilgan “Leksikon 7-9” elektron kursidan foydalanish hisobiga o‘quvchilar tomonidan yangi so‘zlarni o‘zlashtirish mexanizmi takomillashtirilgan;
Ebbingauz sxemasi bo‘yicha o‘quvchilarning yangi so‘zlarni eslab qolish jarayonini jadallashtirish uchun psixologik-pedagogik va didaktik asoslar ishlab chiqish asosida, pedagogik jarayonlarda (matn kuchli taassurot qoldirishi va hajmi katta bo‘lmasligi, matn ko‘plab assotsiativ bog‘lanishlarni yuzaga keltirishi) didaktik parametrlarga qat’iy mos keladigan o‘quv matnini teng vaqt oralig‘ida to‘rt marta o‘qish orqali samaradorlikka erishish mumkinligi asoslangan;
o‘rganilayotgan so‘zlarni ularning paradigmatik munosabatlari (sinonimiya, antonimiya, omonimiya) va matn tuzilmasidagi sintagmatik aloqalarni hisobga olgan holda guruhlash imkonini beruvchi Yarsevning modifikatsiyalangan usuli va kompyuter texnologiyasini qo‘llash asosida rus tilini chet tili sifatida o‘qitishga leksik yondashuv optimallashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekiston Respublikasining B1 darajadagi o‘quvchilarida rus tilidan faol lug‘atni shakllantirishning kompyuter texnologiyasi bo‘yicha ishlab chiqilgan tadqiqot natijalari asosida:
rus tilidagi so‘zlarni o‘zlashtirishdagi qiyinchiliklar tipologiyasini (talaffuz, yozish, grammatik, og‘zaki nutqda qo‘llash va ma’nolarni eslab qolishdagi qiyinchiliklar) tasniflash olish asosida rus tili bo‘yicha faol lug‘atning asosini tashkil etuvchi leksikani klassifikatsiya toifalarga (ona tilida va o‘rganilayotgan tillarda mos keladigan baynalmilal va o‘zlashtirilgan, o‘quvchilar tomonidan qisman tushuniladigan hosila va murakkab, ona tilidagi ma’nolar hajmiga teng bo‘lgan ildiz so‘zlari, ekvivalensiz so‘zlar, “tarjimonning yolg‘on do‘stlari”, qisman tushunarli, lekin to‘liq mos kelmaydigan so‘z birikmalari va murakkab so‘zlar, ona tilidan ko‘ra ko‘proq miqdordagi so‘zlar, ma’no hajmi ona tiliga qaraganda tor bo‘lgan so‘zlar) ajratishning metodik maqsadga muvofiqligi asoslantirishga oid metodik taklif va tavsiyalardan “Access microscholarship program” ilmiy grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining 2025-yil 22-martdagi 11-05-1756/04-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha mazmuni ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining o‘quvchilariga rus tili leksikasini o‘rgatish metodikasi bo‘yicha ma’lumotlar bilan boyitilgan.
ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarning B1 darajadagi o‘quvchilarida rus tili bo‘yicha faol lug‘atni quizlet veb-ilovasi asosida o‘zbek tilida o‘qitiladigan maktablardagi B1 darajasidagi o‘quvchilarda rus tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha faol lug‘atni shakllantirish jarayonini maqbullashtirish maqsadida dissertatsiya tadqiqoti doirasida ishlab chiqilgan “Leksikon 7-9” elektron kursidan foydalanish hisobiga o‘quvchilar tomonidan yangi so‘zlarni o‘zlashtirish mexanizmi takomillashtirish bo‘yicha ilmiy xulosalar va takliflar pedagogik mahoratini oshirish markazi tinglovchilari uchun “Rus tili va adabiyotini o‘qitishga zamonaviy yondashuvlar” modulini ishlab chiqish va o‘qitishda asos bo‘lib xizmat qilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining 2025-yil 22-martdagi 11-05-1756/04-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kurslarida tahsil olgan rus tili va adabiyoti o‘qituvchilarida (ta’lim o‘zbek tilida olib boriladigan maktablarda) zarur kasbiy kompetensiyalar shakllangan.
Ebbingauz sxemasi bo‘yicha o‘quvchilarning yangi so‘zlarni eslab qolish jarayonini jadallashtirish uchun psixologik-pedagogik va didaktik asoslar ishlab chiqish asosida, pedagogik jarayonlarda (matn kuchli taassurot qoldirishi va hajmi katta bo‘lmasligi, matn ko‘plab assotsiativ bog‘lanishlarni yuzaga keltirishi) didaktik parametrlarga qat’iy mos keladigan o‘quv matnini teng vaqt oralig‘ida to‘rt marta o‘qish orqali samaradorlikka erishish mumkinligi asoslashga oid taklif va tavsiyalar O‘zMTRK “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” axborot dasturlari ssenariylarini tayyorlashda o‘z ifodasini topgan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-iyuldagi 04-36/823-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, teleko‘rsatuvning axborot mazmuni o‘zbek tilida ta’lim beriladigan umumiy o‘rta ta’lim maktablarining B1 darajasidagi o‘quvchilariga rus tili lug‘atini o‘rgatish muammosi bo‘yicha yangi ekspertlar fikrlari bilan boyidi.
o‘rganilayotgan so‘zlarni ularning paradigmatik munosabatlari (sinonimiya, antonimiya, omonimiya) va matn tuzilmasidagi sintagmatik aloqalarni hisobga olgan holda guruhlash imkonini beruvchi Yarsevning modifikatsiyalangan usuli va kompyuter texnologiyasini qo‘llash asosida rus tilini chet tili sifatida o‘qitishga leksik yondashuv optimallashtirish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar O‘zMTRK “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “O‘zbekiston yoshlari” axborot dasturlari ssenariylarini tayyorlashda o‘z ifodasini topgan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 10-iyuldagi 04-36/823-sonli ma’lumotnomasi). Natijada Namangan viloyat rus madaniyat markazi qoshidagi gid-tarjimonlar tayyorlash kurslari tinglovchilarining rus tili bo‘yicha tayyorgarlik darajasi sezilarli darajada oshgan.