Abdullaeva Nargiza Axmadjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiyma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Gender leksikasi tarjimasida muqobillikka erishishning leksik-semantik va lingvomadaniy masalalari” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil15621
Ilmiy rahbar: Sidiqov Qosim Abilovich Filologiya fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/31.03.2021.Fil.76.05.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Dildora Madaminovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Komilova Nilufar Abdilkadimovna, Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori PhD, dotsent
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi  gender leksikasi tarjimasida muqobillikka erishishning leksik-semantik va lingvomadaniy masalalarini qiyosiy tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ingliz tilidan o‘zbek tiliga qilingan badiiy tarjimalarda muallifning g‘oyasi, uslubi hamda asliyatdagi madaniy komponentlarni qayta yaratish jarayonida gender leksikasining muqobilligini ta’minlash uchun shakl va mazmun, uslubiy, transformatsion, lingvomadaniy, kontekstual, reseptiv va produktiv, bevosita va bilvosita, terminologik va qiyosiy mezonlari ishlab chiqilgan; 
ingliz va o‘zbek tillarining leksik-semantik sathida gender muvofiqliklar  badiiy matnlarda qo‘llanilgan onomastik va antonomastik gender birliklari, kasbiy genderemalar, oila a’zolari hamda qarindoshlik munosabatlarini ifodalovchi gender leksikasi, erkak va ayol jinsiga xos morfologik qatlamda namoyon bo‘lishi dalillangan;
ingliz va o‘zbek tillaridagi gender leksik birliklarning millat urf-odatlari, madaniyati va diniy qarashlarini aks ettiruvchi milliy-madaniy, voqealar rivojini ta’minlovchi iqtisodiy-siyosiy, diaxronik va sinxronik shakllarga ega davriy  hamda qahramonlarning turmush tarzini belgilovchi ijtimoiy kabi farqli semantik maydonni vujudga keltiruvchi omillari aniqlangan;
badiiy asarlar tarjimasida madaniyat belgilarining gendrologik xususiyatlarini qayta yaratishda muqobillikka erishish uchun transliteratsiya, modulyasiya, kompensatsiya, kalkalash, generalizatsiya va izohlash kabi tarjima transformatsiyasi usullaridan foydalanilishning samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Gender leksikasi tarjimasida muqobillikka erishishning leksik-semantik va lingvomadaniy masalalarini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida: 
Ingliz va o‘zbek tillarining leksik-semantik sathida gender muvofiqliklari sifatida onomastik hamda antonomastik gender birliklari, kasbiy genderemalar, oila a’zolari va qarindoshchilik  munosabatlarini bildiruvchi gender leksikasi, erkak va ayol jinsi uchun xizmat qiluvchi morfologik qatlamning voqelanishini dalillash borasidagi ilmiy xulosalardan Davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasidagi 2021-2023-yillarga mo‘ljallangan PF-201912258 “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” bo‘yicha amaliy loyiha doirasida foydalanilgan (O‘zR Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2025-yil 17-martdagi 01/4-973son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasida ishlab chiqilgan elektron platforma mazmunining boyitilishiga erishilgan.
Badiiy asarlarda qo‘llanuvchi gender komponentli leksik birliklar tarjimasida farqli semantik maydonni vujudga keltiruvchi lingvistik, milliy-madaniy, davriy, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy omillar hamda insonlarni o‘rab turgan muhit va sharoitga ko‘ra, ijtimoiy turmush tarzini ko‘rsatuvchi gender leksikasi, jumladan insonlarning tana a’zolari, uy-ro‘zg‘or buyumlari va mehnat qurollari, kiyim-kechak va pardoz andoz buyumlari (bezaklar) nomlari, oziq-ovqat atamalari o‘z lug‘aviy ma’nosiga ko‘ra badiiy asarlar tarjimasida ingliz va o‘zbek tillarida to‘liq muqobillikka ega ekanligi borasida fikrlar bayon qilingan “Ijtimoiylikni ifodalovchi gender leksikasi tarjimasida muqobillikka erishish masalalari” (51-61-betlar) nomli maqola O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida 2023-yil 1-iyundan 2025-yil 31-maygacha bajarilishi mo‘ljallangan IL-27-4722022413-sonli “Qiyosiy adabiyotshunoslik” fanining “Komparativistika” elektron platformasini yaratish mavzusidagi innovatsion loyihasi doirasida nashr qilinadigan “KOMPARATIVISTIKA” (Comparative Studies) ilmiy elektron jurnalining 4-sonida nashr qilindi va ilmiy ish natijalari loyiha doirasida amaliyotga joriy etildi (O‘zR Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2025-yil 7-martdagi 01-04-1/1137son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha doirasidagi ilmiy elektron jurnal  mazmunining boyitilishiga erishilgan.
Tarjima ikki til o‘rtasidagi muloqot birligi sifatida xalqlarning o‘zaro do‘stona munosabat o‘rnatishlari, bir-birlarining madaniy boyliklarini o‘rganishlari va o‘zlashtirishlarida vositachi ekanligi, badiiy asarlar tarjimasida madaniyat belgilarining gendrologik xususiyatlarini qayta yaratishda transliteratsiya, modulyasiya, kompensatsiya, kalkalash, generalizatsiya va izohlashlar kabi transformatsiya usullaridan foydalanilishning ahamiyati borasidagi ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston-24” ijodiy birlashmasi “O‘zbekiston” teleradiokanali tomonidan tayyorlangan “Adabiy jarayon”, “Ta’lim va taraqqiyot” nomli dasturlar ssenariysining 2024-yil fevral va dekabr oylari sonlarida unumli foydalanilgan, hamda tadqiqotchi bilan dunyo tarjimashunosligida so‘nggi yillarda lingvomadaniy yondashuvlar, jumladan, lingvokulturemalar, realiyalar, lakunalar, maqol, matal hamda idiomalar tarjimasida muqobillikka erishish masalalari qiyosiy asnodagi tadqiqotlar va ularning umumiy, xususiy jihatlarini aniqlash, olam milliy manzarasi va unda gender leksik birliklari faollashuvini tarjimada qayta yaratish masalalari, ingliz badiiy asarlarini o‘zbek tiliga qilingan tarjimalarida gender leksikasining lingvistik hamda ekstralingvistik jihatdan voqelanishida jamiyatdagi gender tengligi, ikki jins vakillarining o‘zaro munosabatlari, oiladagi erkak va ayol muloqotida murojaat leksemalari, qarama-qarshi jins vakillarining diniy qarashlari kabi masalalar borasida bevosita suhbat olib borilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasining 2025-yil 26-fevraldagi 05-09-225 son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu dasturlarning yanada qiziqarli va dolzarbligiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish