Xalikov Yo‘lchi Muxammadyusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ijtimoiy xizmatlar sohasini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish ”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (Iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/Iqt1102.
Ilmiy rahbar: Qulmamat Jonuzoqovich Mirzaev, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Erejepova Bibisara Abibullaevna iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi raqamli iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida ijtimoiy xizmatlar sohasini rivojlantirish va uning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ijtimoiy xizmatlar sohasi” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirish, turmush sifatini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarning turlari, tasnifi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan;
hududdagi ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirishni ta’minlovchi ijtimoiy xizmatlar agentligi, nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy xizmatlar, ovqatlanish, transport va sug‘urta korxonalari, axborot sohasiga tegishli tashkilotlarni o‘z ichiga olgan uch bosqichli ijtimoiy xizmatlar sohasi klaster modeli asosida “Samarqand hududiy ijtimoiy xizmatlar klasteri”ni tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
ijtimoiy xizmatlar sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosida davlat xizmatlarida davlat-xususiy sherikchilik tizimini joriy etish va davlat ulushini 30-40% gacha kamaytirish orqali sohaning umumiy xizmat hajmini kengaytirish taklifi asoslangan;
O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatlar sohasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish omillarining ekonometrik tahlili asosida xizmat ko‘rsatish hajmining 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ijtimoiy xizmatlar sohasini rivojlantirish va tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish tadqiqot mavzusi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “ijtimoiy xizmatlar sohasi” tushunchasining ijtimoiy-iqtisodiy mazmunini aholining hayotiy ehtiyojlarini qondirish, turmush sifatini oshirish va ijtimoiy barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy xizmatlarning turlari, tasnifi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Iqtisodiyot nazariyasi” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Kengashining 2022 yil 31 oktyabrdagi №3-son qarori). Ushbu taklif va tavsiyalardan foydalanish talabalarda ijtimoiy xizmatlarning turlari, tasnifi, tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini ishlab chiqish asosida takomillashtirilgan “ijtimoiy xizmatlar sohasi” tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
hududdagi ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirishni ta’minlovchi ijtimoiy xizmatlar agentligi, nodavlat tashkilotlar, ijtimoiy xizmatlar, ovqatlanish, transport va sug‘urta korxonalari, axborot sohasiga tegishli tashkilotlarni o‘z ichiga olgan uch bosqichli ijtimoiy xizmatlar sohasi klaster modeli asosida “Samarqand hududiy ijtimoiy xizmatlar klasteri”ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini ishlab chiqishda hamda Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish korxonalarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 2 avgustdagi 11/05-26-9230-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyalardan foydalanish ijtimoiy xizmatlarning sifatini oshishi, aholi farovonligini yuksalishi, xavfsizligini ta’minlashi, shuningdek, nazorat qilish imkonini yaratgan;
ijtimoiy xizmatlar sohasida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish asosida davlat xizmatlarida davlat-xususiy sherikchilik tizimini joriy etish va davlat ulushini 30-40% gacha kamaytirish orqali sohaning umumiy xizmat hajmini kengaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20 oktyabrdagi PQ-3980-son “Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishning huquqiy va institutsional bazasini yaratish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining “Iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning ustuvor yo‘nalishlarida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha tarmoq dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish” yo‘nalishidagi vazifalarni shakllantirish, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish korxonalari faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 2 avgustdagi 11/05-26-9230-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlash va tashkilotlarning joriy va strategik maqsadlariga erishish imkonini bergan;
O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatlar sohasini rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish omillarining ekonometrik tahlili asosida xizmat ko‘rsatish hajmining 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan kelgusi davrdagi dasturlarini ishlab chiqish va rivojlantirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2023 yil 2 avgustdagi 11/05-26-9230-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy natijaning amaliyotga joriy etilishi 2022-2026-yillarda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimi sub’ektlari faoliyatini rivojlantirishda, masalan, kommunal xizmat ko‘rsatish sub’ektlari sonini 40,0%ga, asosiy kapitalga kiritilgan investisiyalarda kommunal xizmat ko‘rsatishning ulushini 70,0% ga oshirish imkoni aniqlangan.