Sobirova Marxabo Xaitovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Meva-sabzavot kooperatsiyalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlari (Qashqadaryo viloyati misolida)”, 08.00.04 – “Qishloq xo‘jaligi iqtisodiyoti” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2889.
Ilmiy rahbar: Fayzieva Shirin Shodmonovna, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti,  PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Salaev Sanatbek Kamilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ospanova Feruza Bazarbaevna, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Sh.Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi meva-sabzavot kooperatsiyalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
meva-sabzavot kooperatsiyalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirishda mahsulot etishtirishdan iste’molchigacha bo‘lgan zanjir algoritmiga ko‘ra mahsulot sifat indeksining 0-1 oraliq chegaralarida harakatlanish dinamikasi va 40-100 foiz oraliqda «qizil» (40-60%), «sariq» (61-80%), «yashil» (81-100%) guruhlarga bo‘linishining maqsadga muvofiqligi asoslangan;
aholining iste’mol talabi, iste’molning tavsiyaviy me’yorlarga mosligi va sotib olish qobiliyatini aniqlashda «kunlik o‘rtacha me’yor indikatori», «tavsiyaviy me’yor indikatori» va «xarid indikatori»ga ko‘ra, meva-sabzavot kooperatsiyalarida etishtirilgan mahsulotlardan foydalanishning samaradorlik indeksi aniqlangan holda «past» (FSI≤16,37), «o‘rta» (16,38≤FSI≤30,74) va «yuqori» (30,75≤FSI) darajalarida baholash taklif etilgan;
meva-sabzavot kooperatsiyalarida etkazib berish tizimini optimallashtirish va eksport imkoniyatini oshirishda «Multimodal tashish xizmatlari markazi» va markaz tarkibida hududlarda faoliyat yurituvchi «Multimodal tashish xizmatlari» bo‘limini tashkil etish taklifi asoslangan;
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha meva-sabzavot kooperatsiyalarida qayta ishlash hajmini oshirishning 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari ishlab chiqilgan.
IV Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Meva-sabzavot kooperasiyasining samaradorligini oshirish yo‘nalishlarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida: 
meva-sabzavot kooperatsiyalarida iqtisodiy samaradorlikni oshirishda mahsulot etishtirishdan iste’molchigacha bo‘lgan zanjir algoritmiga ko‘ra mahsulot sifat indeksining 0-1 oraliq chegaralarida harakatlanish dinamikasi va 40-100 foiz oraliqda «qizil» (40-60%), «sariq» (61-80%), «yashil» (81-100%) guruhlarga bo‘linishining maqsadga muvofiqligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan «Meva-sabzavot mahsulotlarini sifat standartlari talablariga mosligi»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 12 avgustdagi 02-02/6745--son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif sifat indeksi dinamikasiga ko‘ra «Sifatli hosil» zanjiri bosqichlarida «qizil», «sariq» va «yashil» guruhlar yordamida mahsulotning sifatini baholash imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
aholining iste’mol talabi, iste’molning tavsiyaviy me’yorlarga mosligi va sotib olish qobiliyatini aniqlashda «kunlik o‘rtacha me’yor indikatori», «tavsiyaviy me’yor indikatori» va «xarid indikatori»ga ko‘ra meva-sabzavot kooperatsiyalarida etishtirilgan mahsulotlardan foydalanishning samaradorlik indeksi aniqlangan holda «past» (FSI≤16,37), «o‘rta» (16,38≤FSI≤30,74) va «yuqori» (30,75≤FSI) darajalarida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan «Aholining meva-sabzavot mahsulotlari bilan ta’minlanganlik darajasini baholash»ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 12 avgustdagi 02-02/6745--son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif samaradorlik indeksiga ko‘ra hududlarda meva-sabzavotlar iste’molini oshirish uchun maqbul echimlarni asoslash va unga ko‘ra maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish samaradorligni oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
meva-sabzavot kooperatsiyalarida etkazib berish tizimini optimallashtirish va eksport imkoniyatini oshirishda «Multimodal tashish xizmatlari markazi» va markaz tarkibida hududlarda faoliyat yurituvchi «Multimodal tashish xizmatlari» bo‘limini tashkil etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 12 avgustdagi 02-02/6745--son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklif transport va saqlash xarajatlarini optimallashib, kooperatsiyalar daromadini oshishi, mahalliy iqtisodiyotning rivojlanishi va sohada ish o‘rinlarini yaratish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha meva-sabzavot kooperatsiyalarida qayta ishlash hajmini oshirishning 2025-2030 yillarga mo‘ljallangan prognoz parametrlari bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan “Istiqbolda meva-sabzavot kooperatsiyalarining qayta ishlash hajmini prognoz qilish”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025 yil 12 avgustdagi 02-02/6745--son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif viloyatda 2030-yilda 2024-yilga nisbatan meva-sabzavotchilik kooperatsiyalarining marketing xarajatlarini 1,24 martaga oshirish, innovatsiya va transport-logistika xarajatlarini mos ravishda 1,05 va 0,11 martaga qisqarishi hisobiga istiqbolda qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarining hajmini 1,82 martaga oshirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish