Ravshanov Zaxiriddin Ibragimovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ovqatlanish xizmatlari samaradorligini oshirish masalalari (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.05 - Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2909.
Ilmiy rahbar: Mirzaev Qulmamat Jonuzoqovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Norchaev Asatullo Norbo‘taevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; San’atbekov Sarvarbek San’atbek o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ovqatlanish xizmatlari samaradorligini oshirish masalalari bo‘yicha ilmiy-nazariy takliflar va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ovqatlanish xizmatlari bozori tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni ilmiy asoslash, oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash orqali savdo korxonalarining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish taklifi ishlab chiqilgan;
umumiy va xususiy ovqatlanish korxonalari uchun xizmatlar samaradorligini oshirish maqsadida ISO 22000 standarti asosida sifat va xavfsizlikni ta’minlaydigan sertifikatlashtirish mezonlari joriy etish hamda xizmatlar assortimentini mobil ovqatlanish (etkazib berish) usuli orqali kamida 25-30 foizga kengaytirish taklifi asoslangan;
hududdagi ovqatlanish xizmatlari samaradorligini oshirishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, oshpazlar uyushmasi, savdo-sanoat palatasi o‘rtasidagi hamkorlik modeliga asoslangan “Samarqand viloyati ovqatlanish xizmatlari klasteri”ni tashkil etish taklifi ishlab chiqilgan;
Samarqand viloyatidagi ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida xizmat ko‘rsatish hajmini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ovqatlanish xizmatlari samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ovqatlanish xizmatlari bozori tashkiliy-iqtisodiy tuzilmasining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillarni ilmiy asoslash, oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni diversifikatsiyalash orqali savdo korxonalarining raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 27 noyabrdagi 06-10-33-17187-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni sifati va raqobatbardoshligini oshirishni ta’minlagan va multiplikator samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlashga xizmat qilgan;
umumiy va xususiy ovqatlanish korxonalari uchun xizmatlar samaradorligini oshirish maqsadida ISO 22000 standarti asosida sifat va xavfsizlikni ta’minlaydigan sertifikatlashtirish mezonlari joriy etish hamda xizmatlar assortimentini mobil ovqatlanish (etkazib berish) usuli orqali kamida 25-30 foizga kengaytirish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 27 noyabrdagi 06-10-33-17187-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi ovqatlanish xizmatlari samaradorligini oshirish natijasida ovqatlanish korxonalari xizmatlari samaradorlik ko‘rsatkichini 14 foizga oshishiga zamin yaratgan;
hududdagi ovqatlanish xizmatlari samaradorligini oshirishda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish, moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari, oshpazlar uyushmasi, savdo-sanoat palatasi o‘rtasidagi hamkorlik modeliga asoslangan “Samarqand viloyati ovqatlanish xizmatlari klasteri”ni tashkil etish taklifi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 27 noyabrdagi 06-10-33-17187-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi viloyat oziq-ovqat savdosi korxonalarida xizmatlarni takomillashtirish, tasniflash, tavsiflash va istiqbolli strategiyasini ishlab chiqish imkonini bergan; 
Samarqand viloyatidagi ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ekonometrik modellashtirish asosida xizmat ko‘rsatish hajmini oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 27 noyabrdagi 06-10-33-17187-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi Samarqand viloyati ovqatlanish korxonalari rentabelligini oshirish va hududiy tuzilmalarda raqobatbardoshlikni rivojlantirish istiqbolini belgilash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish