Imomov Xolmurod Norqulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ta’lim xizmatlari bozorida davlat xususiy sherikligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3211.
Ilmiy rahbar: Sharipov To‘lqin Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06
Rasmiy opponentlar: Utemuratova Gulnaraxan Xojaniyazovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Aliev Paraxat Keunimjaevich, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ta’lim xizmatlari bozorida davlat-xususiy sherikligini rivojlantirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim tizimida davlat xususiy sherikligi loyihasida risklarni boshqarish tizimi ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish, boshqaruv hamda loyiha doirasidagi tashkiliy-texnik va moliyaviy risklarni guruhlagan holda ularni DXSh sub’ektlari o‘rtasida optimal taqsimlashga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasasida davlat xususiy sherikligi loyihalarini strategik rejalashtirish, loyiha samaradorligining maqsadli mezonlarini aniqlash, loyihani realizatsiya qilish qarorlarini amalga oshirish hamda loyihani realizatsiya qilish bosqichlarini shakllantirish asosida davlat xususiy sherikligi modelini realizatsiya qilish taklif qilingan;
oliy ta’lim muassasalari va biznes sub’ektlari o‘rtasida ko‘p qirrali samarali integrasiyani, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun zarur oliy ta’lim muassasasi loyihasini realizatsiya qilish haqidagi qarorlarni asoslash va qabul qilish kabilarni e’tiborga olgan holda tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim xizmatlarining barqaror rivojlanishi va bitiruvchilar raqobatbardoshlik darajasini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Ta’lim xizmatlari bozorida davlat xususiy sherikligini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
oliy ta’lim tizimida davlat xususiy sherikligi loyihasida risklarni boshqarish tizimi ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish, boshqaruv hamda loyiha doirasidagi tashkiliy-texnik va moliyaviy risklarni guruhlagan holda ularni DXSh sub’ektlari o‘rtasida optimal taqsimlashga ko‘ra takomillashtirish taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2024-2025-yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 10-apreldagi 02/01-01-125-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif oliy ta’lim tizimida risklarni tizimlashtirish va tasniflash asosida davlat xususiy sherikligi loyihalarini amalga oshirishda risklarni minimallashtirish va loyihalar sinergetik samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasasida davlat xususiy sherikligi loyihalarini strategik rejalashtirish, loyiha samaradorligining maqsadli mezonlarini aniqlash, loyihani realizatsiya qilish qarorlarini amalga oshirish hamda loyihani realizatsiya qilish bosqichlarini shakllantirish asosida davlat xususiy sherikligi modelini realizatsiya qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2024-2025-yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 10 apreldagi 02/01-01-125-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish oliy ta’lim muassasasida davlat xususiy sherikligi loyihasini realizatsiya qilish qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirishni optimallashtirish imkonini bergan;
oliy ta’lim muassasalari va biznes sub’ektlari o‘rtasida ko‘p qirrali samarali integrasiyani, jumladan mahalliy davlat hokimiyati organlari uchun zarur oliy ta’lim muassasasi loyihasini realizatsiya qilish haqidagi qarorlarni asoslash va qabul qilish kabilarni e’tiborga olgan holda tashkil qilishning maqsadga muvofiqligi taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2024-2025-yillarda oliy ta’lim muassasalarida yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 10 apreldagi 02/01-01-125-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklif oliy ta’lim muassasalari va biznes sub’ektlari o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish orqali ilmiy loyihalarni amaliyotga joriy etish jarayonida sinergetik samaraga erishish imkonini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
O‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim xizmatlarining barqaror rivojlanishi va bitiruvchilar raqobatbardoshlik darajasini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlaridan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “2024-2025-yillarda oliy ta’lim muassasalarini rivojlantirish dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 10 apreldagi №02/01-01-125-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif 2024-2030 yillarda ichki imkoniyatlardan samarali foydalanishga ko‘ra oliy ta’lim sohasini bosqichma-bosqich rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.