Muxammadiev Kamoliddin G‘ulomiddinovich
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.05 – Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti  (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt3434.
Ilmiy rahbar: Sultonov Shodiyor Abdixalilovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand iqtisodiyot va servis instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.01.2020.I.20.06.
Rasmiy opponentlar: Matyakybov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Mardonov Baxodir Baxromovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dosent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti. 
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi: xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“xizmat ko‘rsatish xo‘jalik sub`ektlarining o‘ziga xos xususiyatlari, moddiy tovarlardan farqlovchi asosiy belgilari va ularning hududlar taraqqiyotiga ijobiy ta’siriga ko‘ra “xizmatlar ko‘rsatish sohasi” va “xizmat ko‘rsatish samaradorligi” tushunchalarining takomillashtirilgan ta’rifi ishlab chiqilgan; 
xizmat ko‘rsatish sohasini strategik rivojlantirishni boshqarishni takomillashtirishda soha (korxona)ni samarali rivojlantirishga oid barcha salohiyat va resurslar sinergetik samaradorligining asosiy omili sifatida inson kapitalini rivojlantirish va takror ishlab chiqarishga soha (korxona)ga jalb etiladigan investisiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ustuvor yo‘naltirishning maqsadga muvofiqligi asoslab berilgan; 
Samarqand viloyatida jami xizmatlar hajmiga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha istiqbol modellari ishlab chiqilgan hamda unga ko‘ra xizmatlar sifatini optimallashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar asoslangan;
Samarqand viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dinamikasining 2027 yilga qadar bo‘lgan davrga prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish va iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
xizmat ko‘rsatish xo‘jalik sub`ektlarining o‘ziga xos xususiyatlari, moddiy tovarlardan farqlovchi asosiy belgilari va ularning hududlar taraqqiyotiga ijobiy ta’siriga ko‘ra “xizmatlar ko‘rsatish sohasi” va “xizmat ko‘rsatish samaradorligi” tushunchalarining takomillashtirilgan ta’rifi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining guvohnomasi asosida chop etilgan “Biznesni tadqiq etish usullari” fani o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2023 yil 10 noyabrdagi 109/10-11-son ma’lumotnomasi). Takomillashtirilgan ta’rif (yondashuv) xizmatlar ko‘rsatish sohasining mohiyatini kengaytirilgan hamda ishlab chiqarish va xizmatlarning uyg‘unlashgan shaklida namoyon bo‘lishi kabi xususiyatlarini nazariy-uslubiy jihatdan asoslashga, natijada amaliy faoliyatga unga keng miqyosda yondashishga muayyan darajada xizmat qilgan;
xizmat ko‘rsatish sohasini strategik rivojlantirishni boshqarishni takomillashtirishda soha (korxona)ni samarali rivojlantirishga oid barcha salohiyat va resurslar sinergetik samaradorligining asosiy omili sifatida inson kapitalini rivojlantirish va takror ishlab chiqarishga soha (korxona)ga jalb etiladigan investisiyalarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ustuvor yo‘naltirishning maqsadga muvofiqligi taklifi Samarqand iqtisodiyot va servis institutining guvohnomasi asosida chop etilgan “Biznesni tadqiq etish usullari” fani o‘quv qo‘llanmasi mazmuniga singdirilgan va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (Samarqand iqtisodiyot va servis institutining 2023 yil 10 noyabrdagi 109/10-11-son ma’lumotnomasi). Taklif iqtisodiyotda raqamli, ayniqsa sun’iy intellekt texnologiyalari jadal rivojlanib borayotgan sharoitda bir tomondan xizmat ko‘rsatish sohalari samaradorligini oshirishga, ikkinchi tomondan esa xizmatlar ko‘rsatishda raqamli texnologiyalarga faol moslashib borish va kasblar bo‘yicha sifat  o‘zgarishlariga barvaqt tayyorgarlik ko‘rib borish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Samarqand viloyatida jami xizmatlar hajmiga ta’sir etuvchi omillar bo‘yicha istiqbol modellari ishlab chiqilgan hamda unga ko‘ra xizmatlar sifatini optimallashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini ishlab chiqishda hamda Samarqand viloyatida faoliyat olib borayotgan xizmat ko‘rsatish korxonalarida qo‘llanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 14 dekabrdagi 06-10-33-17819-son ma’lumotnomasi). Taklif xizmat ko‘rsatish sohasida faoliyat yurutuvchi korxonalarning iqtisodiy samaradorligini 8 foizgacha oshirish imkoniyatini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan; 
Samarqand viloyatida xizmat ko‘rsatish sohasini rivojlantirish dinamikasining 2027 yilga qadar bo‘lgan davrga prognoz ko‘rsatkichlariga oid taklif O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan ishlab chiqilgan 2024-2027-yillarga mo‘ljallangan yo‘l xaritasini tayyorlashda va viloyatda faoliyat olib borayotgan xizmat ko‘rsatish korxonalari amaliyotiga qo‘llanilgan (O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasining 2024 yil 14 dekabrdagi 06-10-33-17819-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif viloyatdagi xizmat ko‘rsatish korxonalari tomonidan, jumladan jami xizmatlar, sohasidagi investisiyalar, sohada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik tomonidan yaratiladigan mahsulotlar hajmi dinamikasiga hamda daromadning 17 foizga oshishi va xarajatlarning kamayishiga muayyan darajada xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish