Umarov Faxriddin Umar o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston iqtisodiyotini innovatsion rivojlantirishda xorijiy  investisiyalarni jalb qilishning statistik tahlili”, 08.00.06-Ekonometrika va statistika, 08.00.02-Makroiqtisodiyot.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: 
339.727.22:330.101.541(575.1).
Ilmiy rahbar: Eshnazarov Tulqin Sheralievich, iqtisodiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasining Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03.
Rasmiy opponentlar: Berkinov Bazarbay, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, Valiev Bobir Botirovich, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish sharoitida xorijiy investisiyalarning ko‘lamini oshirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ilg‘or texnologiyalar, intellektual resurslar va xalqaro boshqaruv tajribasini milliy iqtisodiyot tarmoqlariga integratsiyalashtirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish, tarkibiy transformatsiyani rag‘batlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yo‘naltirilgan strategik investisiya faoliyatining murakkab va tarmoqlararo o‘zaro bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy jarayoni sifatida takomillashtirilgan;
xorijiy investisiyalarni jalb qilish jarayonida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar kesimida makroiqtisodiy samaradorlikni baholashning xorijiy investision hudud va tarmoq darajasi bo‘yicha “yuqori” (0,75 ≤ XIHTyu ≤ 1,0), “o‘rta” (0,55 ≤ XIHTo‘ ≤ 0,74) va “past” (0,1 ≤ XIHTp ≤ 0,54) guruh chegaralari asoslangan;
xorijiy investisiyalarni jalb qilishda mamlakat hududlari va iqtisodiy tarmoqlarning muhimlik darajasini ifodalovchi iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda jalb qilinadigan xorijiy investisiyalarning integral ko‘rsatkichlar hisobi asosida qishloq xo‘jaligida (XIqx = 0,18), sanoatda (XIs = 0,54), xizmatlar sohasida (XIx = 0,28) gi qiymatlari aniqlangan;
O‘zbekistonda xorijiy investisiyalar oqimi va innovatsion rivojlanish jarayonining ekzogen o‘zgaruvchilarini hisobga olgan avtoregressiv integrallashgan siljuvchi o‘rtacha model asosida 2030-yilga qadar xorijiy investisiyalarni jalb etishning optimistik, pessimistik va o‘rtacha prognozlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalarni jalb etish ko‘lamini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
uslubiy yondashuvga ko‘ra “iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilish” tushunchasining iqtisodiy mazmunini ilg‘or texnologiyalar, intellektual resurslar va xalqaro boshqaruv tajribasini milliy iqtisodiyot tarmoqlariga integratsiyalashtirish orqali yuqori qo‘shilgan qiymat yaratish, tarkibiy transformatsiyani rag‘batlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish va barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga yo‘naltirilgan strategik investisiya faoliyatining murakkab va tarmoqlararo o‘zaro bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy jarayoni sifatida takomillashtirishga oid nazariy va uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 24 dekabrdagi 33/60-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda strategik investisiya faoliyatining murakkab va tarmoqlararo o‘zaro bog‘liq ijtimoiy-iqtisodiy jarayoni sifatida takomillashtirilgan iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda xorijiy investisiyalarni jalb qilish tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
xorijiy investisiyalarni jalb qilish jarayonida iqtisodiyot tarmoqlari va hududlar kesimida makroiqtisodiy samaradorlikni baholashning xorijiy investision hudud va tarmoq darajasi bo‘yicha “yuqori” (0,75 ≤ XIHTyu ≤ 1,0), “o‘rta” (0,55 ≤ XIHTo‘ ≤ 0,74) va “past” (0,1 ≤ XIHTp ≤ 0,54) guruh chegaralarini asoslash taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 24 dekabrdagi 33/60-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida  hududlarda xorijiy investisiyalarni jalb qilish qo‘shimcha 12% gacha ortishi hamda xorijiy investisiyalarni eng ko‘p qaysi hudud va qaysi tarmoqqa jalb etishni aniqlashning tezkor va shaffof mexanizmi yaratilgan; 
 xorijiy investisiyalarni jalb qilishda mamlakat hududlari va iqtisodiy tarmoqlarning muhimlik darajasini ifodalovchi iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirishda jalb qilinadigan xorijiy investisiyalarning integral ko‘rsatkichlar hisobi asosida qishloq xo‘jaligida (XIqx = 0,18), sanoatda (XIs = 0,54), xizmatlar sohasida (XIx = 0,28) gi qiymatlarini aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 24 dekabrdagi 33/60-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida xorijiy investisiyalar orqali YaIMni qo‘shimcha 1,32% ortishi hamda xorijiy investisiyalarga ta’sir etuvchi omillar guruhlangan va monitoring qilib borish imkoniyati hosil bo‘lgan;
O‘zbekistonda xorijiy investisiyalar oqimi va innovatsion rivojlanish jarayonining ekzogen o‘zgaruvchilarini hisobga olgan avtoregressiv integrallashgan siljuvchi o‘rtacha model asosida 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan xorijiy investisiyalarni jalb etishning optimistik, pessimistik va o‘rtacha prognozlari O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024 yil 24 dekabrdagi 33/60-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida 2030 yilga borib xorijiy investisiyalar hajmi 10 mlrd. AQSh dollaridan ortishi prognoz qilingan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish