Sodikova Nazokat Gaforovna
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Hozirgi zamon nemis va o‘zbek tillarida aspektual semantikaga ega analitik birikmalar turlari)” 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fil5781
Ilmiy rahbar: Rizaev Baxodir Xaydarovich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat chet tillar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat chet tillar instituti, PhD.03/30.12.2019.Fil.83.01
Rasmiy opponentlar: Suleymanova Nilufar Jabborovna, filologiya fanlari doktori (DSc), professor; Ro‘ziev Yarash Bozorovich, filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qardosh bo‘lmagan nemis va o‘zbek tillarida aspektual ma’noga ega bo‘lgan analitik birikmalarning sintetik va analitik vositalar orqali ifodalanishi hamda nemis tilidagi analitik vositalarni o‘zbek tiliga o‘girish usullarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
nemis va o‘zbek tillarida boshlanish, davom etish, yakunlanish, takroriylik kabi tor va perfektivlik, imperfektivlik kabi keng aspektual ma’nolar faqat morfologik-sintetik shakllar (fe’l qo‘shimchalari va zamon shakllari) bilan emas, balki grammatik va funksional jihatdan analitik xarakterga ega yordamchi fe’llar va qo‘shma fe’l-birikmalar orqali ham ifodalanishi hamda ushbu tillarda aspekt ifodalanishining voqelikni davomiyligi, tugallanishi yoki bosqichlilik darajasini ifodalash kabi leksik xususiyatlari ochib berilgan;
nemis tilida fazaviy harakat tarzi qiymatlarini analitik usulda aks ettiruvchi birikmalarni o‘tgan (Perfekt, Plyuskvamperfekt) va kelasi (Futur I va II) zamon shakllari, faza ma’nosiga ega bo‘lgan fe’llar bilan infinitiv birikmalari hamda funksional fe’l-ot birikuvlari kabi uchta turi tarkibiy va ma’no jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgani sababli ularni o‘rtasida “hatte/war + Partizip II” formasi va “gan, edi” shaklidagi o‘xshash hamda yordamchi fe’l tanlovi, fazaviy ma’no berish darajasi kabi farqli belgilari mavjudligi asoslangan;
yakuniy faza ma’nosini ifodalovchi analitik vosita -ib + yordamchi fe’l konstruksiyalari hamda “yakun, nihoya, oxiriga etish” tipidagi birikmalarga ko‘ra nemis tilida aufhören + zu + Infinitiv hisoblanishi, o‘zgaruvchan komponent sifatida faqat chegaralanmagan fe’llar qatnashishi, doimiy komponent sifatida finitiv ma’noga ega bo‘lgan unterbrechen, enden, beenden, abschließen kabi fe’llar hamda turg‘un zu Ende sein, zu Ende bringen kabi ot-fe’l birikmalari qo‘llanilishi hamda o‘zbek tilida ushbu faza ma’nosi asosan uch xil tugatmoq, tamomlamoq kabi fazaviy fe’llar, ado bo‘lmoq, barham bermoq kabi finitiv turg‘un so‘z birikmalari, bo‘l, bit, bitir, chiq singari finitiv analitik shakllarni hosil qiluvchi ko‘makchi fe’llar orqali ifodalanishi ochib berilgan;
nemis va o‘zbek tillarida zamon shakllari orasida harakat va holat munosabatiga ko‘ra semantik yaqinliklar aniqlanib, ularning grammatik ifoda vositalari turlicha bo‘lib kelishi, nemis tilida bu analitik shakllar (yordamchi fe’l + Partizip II) orqali, o‘zbek tilida esa sintetik qo‘shimchalar yoki analitik birikmalar (fe’l + yordamchi fe’l) bilan ifodalanishi, har ikkala tilda ham bu shakllar harakatning vaqt ichidagi holatini, yakunlanganligini, davomiyligini yoki kelajakdagi ehtimoliy yakunini bildirishi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qardosh bo‘lmagan nemis va o‘zbek tillarida aspektual ma’noga ega bo‘lgan analitik birikmalarni tasniflash hamda nemis tilidagi analitik vositalarni o‘zbek tiliga o‘girish usullarini tadqiq qilish asosida:
nemis va o‘zbek tillarida boshlanish, davom etish, yakunlanish, takroriylik kabi tor va perfektivlik, imperfektivlik kabi keng aspektual ma’nolar faqat morfologik-sintetik shakllar (fe’l qo‘shimchalari va zamon shakllari) bilan emas, balki grammatik va funksional jihatdan analitik xarakterga ega yordamchi fe’llar va qo‘shma fe’l-birikmalar orqali ham ifodalanishi hamda ushbu tillarda aspekt ifodalanishining voqelikni davomiyligi, tugallanishi yoki bosqichlilik darajasini ifodalash kabi leksik xususiyatlari ochib berilganligiga oid xulosalardan Evropa Ittifoqining Erasmus + 561624-YeRR-1-2015-UK-EPPKA2-CBHE-SP-ERASMUS + CBHE IMEP: “O‘zbekistonda oliy ta’lim tizimi jarayonlarini modernizatsiyalash va xalqarolashtirish” nomli innovatsion tadqiqotlar loyihasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 17-yanvardagi 154/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, nemis va o‘zbek tillaridagi analitik vositalarning semantik ma’nolarini yuzaga chiqarish omillari modellar asosida tasniflanib, ularning o‘zaro qiyosiy tahlili uchun yangi usullar ishlab chiqilgan;
nemis tilida fazaviy harakat tarzi qiymatlarini analitik usulda aks ettiruvchi birikmalarni o‘tgan (Perfekt, Plyuskvamperfekt) va kelasi (Futur I va II) zamon shakllari, faza ma’nosiga ega bo‘lgan fe’llar bilan infinitiv birikmalari hamda funksional fe’l-ot birikuvlari kabi uchta turi tarkibiy va ma’no jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgani sababli ularni o‘rtasida “hatte/war + Partizip II” formasi va “gan, edi” shaklidagi o‘xshash hamda yordamchi fe’l tanlovi, fazaviy ma’no berish darajasi kabi farqli belgilari mavjudligi asoslanganligi natijasida olingan xulosalardan Samarqand davlat chet tillar institutida 2022-2024- yillarda amalga oshirilgan va Toshkent shahridagi AQSh elchixonasi hamda Xalqaro ta’lim bo‘yicha Amerika Kengashi bilan hamkorlikda AQSh davlat departamenti tomonidan moliyalashtiriladigan ‘‘English Access Microscholarship Program” loyihasi doirasida foydalanilgan (Samarqand davlat chet tillar institutining 2025-yil 16-yanvardagi 137/02-son ma’lumotnomasi). Natijada, ikki tildagi o‘xshash hamda farqli jihatlarni til o‘rgatish va tarjima amaliyotida foydalanish imkonini yaratilgan hamda qiyosiy tilshunoslik fanining rivojlanishiga hissa qo‘shilib, tillarning struktur va semantik o‘ziga xosliklarini chuqurroq tushunishga yordam bergan, aspektuallik sohalaridagi aspekt, fazaviylik, harakat tarzi kategoriyalari kabi tushunchalarning takomillashuviga xizmat qilgan;
yakuniy faza ma’nosini ifodalovchi analitik vosita -ib + yordamchi fe’l konstruksiyalari hamda “yakun, nihoya, oxiriga etish” tipidagi birikmalarga ko‘ra nemis tilida aufhören + zu + Infinitiv hisoblanishi, o‘zgaruvchan komponent sifatida faqat chegaralanmagan fe’llar qatnashishi, doimiy komponent sifatida finitiv ma’noga ega bo‘lgan unterbrechen, enden, beenden, abschließen kabi fe’llar hamda turg‘un zu Ende sein, zu Ende bringen kabi ot-fe’l birikmalari qo‘llanilishi hamda o‘zbek tilida ushbu faza ma’nosi asosan uch xil tugatmoq, tamomlamoq kabi fazaviy fe’llar, ado bo‘lmoq, barham bermoq kabi finitiv turg‘un so‘z birikmalari, bo‘l, bit, bitir, chiq singari finitiv analitik shakllarni hosil qiluvchi ko‘makchi fe’llar orqali ifodalanishi ochib berilgan xulosalardan Qarshi davlat universitetida 2021-2023 yillarda amalga oshirilgan SUZ-800- 21GR-381 “Reinforcing English Language competence at Karshi State University” nomli xalqaro grant loyihasi doirasida foydalanilgan (Qarshi davlat universitetining 2025-yil 25-yanvardagi 04/296-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘zbek va nemis, tillaridagi analitik birikmalarning o‘zaro muqobilligi hamda ularning tuzilma va ma’no jihatidan o‘xshash va farqli jihatlari asoslangan;
nemis va o‘zbek tillarida zamon shakllari orasida harakat va holat munosabatiga ko‘ra semantik yaqinliklar aniqlanib, ularning grammatik ifoda vositalari turlicha bo‘lib kelishi, nemis tilida bu analitik shakllar (yordamchi fe’l + Partizip II) orqali, o‘zbek tilida esa sintetik qo‘shimchalar yoki analitik birikmalar (fe’l + yordamchi fe’l) bilan ifodalanishi, har ikkala tilda ham bu shakllar harakatning vaqt ichidagi holatini, yakunlanganligini, davomiyligini yoki kelajakdagi ehtimoliy yakunini bildirishi asoslanganligiga doir mulohazalardan Samarqand viloyati teleradiokanalida 2025-yil yanvar oyi davomida efirga uzatilgan “Assalom, Samarqand!” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (Samarqand viloyat teleradiokanalining 2025-yil 4-fevraldagi 01-07/70-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, madaniyatlararo aloqani mustahkamlashda ikki tildagi o‘xshash hamda farqli jihatlar aniqlangan va bu natijalar til o‘rgatish va tarjima amaliyotida foydalanish imkonini yaratilgan. Tadqiqot natijalari qiyosiy tilshunoslik fanining rivojlanishiga hissa qo‘shishi, xususan, tillarning struktur va semantik o‘ziga xosliklarini chuqurroq tushunishga yordam berishi haqidagi ilmiy xulosalar ilmiy izlanish olib borayotgan tilshunoslar va adabiyotshunoslar uchun muhim nazariy manbaa bo‘lib xizmat qilgan.