Toshpo‘latov Iqboljon Baxtiyorovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):  “Jamiyat taraqqiyotida filantropik faoliyatning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari”, 09.00.04-Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Fal1507
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti. 
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti PhD.03/28.08.2024.F.05.08. raqamli ilmiy kengash.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Yuldashev Serobjon Urmonalievich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Rasmiy opponentlar: Qambarov Abdumutal Axadjonovich falsafa fanlari doktori (DSc), professor. Xaydaraliev Shuxrat Abdulazizovich falsafa fanlari doktori (DSc), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat pedagogika instituti
Dissertatsiya yo‘nalishi: Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jamiyat taraqqiyotida filantropik faoliyatning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“filantropik faoliyat”, “xayriya”, “insonparvarlik”, “homiylik”dan alohida va umumiy xususiyat ekanligi, ijtimoiy davlat qurishda madaniy-erkinlikning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tashkil etishi asoslangan;
filantropik faoliyatni amalga oshiruvchi xayriya xususiyatlaridan iborat ijtimoiy xulq-atvor turlari, xususiy xayriya umumiy dunyoqarashning muayyan tarkibiy faoliyati sifatidagi mustaqilligi ochib berilgan;
ijtimoiy davlat-filantropik faoliyatning maqsadi va jamiyat o‘zgarishiga ta’siri ijtimoiy muammolarni hal qilish, jamiyat hayotini yaxshilash, xususiy resurslarni ixtiyoriy ravishda taqsimlash ekanligi ochib berilgan;
xayriya tashkilotlari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish, shaffoflikni ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda “Filantropik faoliyat Konsepsiyasi”ni qabul qilish g‘oyasining ijtimoiy ahamiyati ochib berilgan. 
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jamiyat taraqqiyotida filantropik faoliyatning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlari bo‘yicha olingan tadqiqot natijalari asosida:
“filantropik faoliyat” “xayriya”, “insonparvarlik”, “homiylik”dan alohida va umumiy xususiyat ekanligi, ijtimoiy davlat qurishda madaniy-erkinlikning ijtimoiy-falsafiy mohiyatini tashkil etishiga oid ilmiy yangiliklaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2024-yilda ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining III yo‘nalishida belgilangan “Milliy g‘oya targ‘ibotini kuchaytirish, jamiyatda sog‘lom mafkura, yangi ma’naviy makon, ma’rifatli jamiyatni barpo etishga qaratilgan chora-tadbirlar” 19-bandi “Ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash doirasida zamonaviy va ta’sirchan  targ‘ibot texnologiyalarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda dissertatsiya materiallaridan foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 4-iyuldagi 10/408-son dalolatnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar jamiyat taraqqiyotida filantropik faoliyatning ijtimoiy-falsafiy xususiyatlarini tadqiq etishga xizmat qilgan.
ijtimoiy davlat-filantropik faoliyatning maqsadi va jamiyat o‘zgarishiga ta’siri ijtimoiy muammolarni hal qilish, jamiyat hayotini yaxshilash, xususiy resurslarni ixtiyoriy ravishda taqsimlash ekanligiga oid ilmiy yangiliklaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, etim va ota-onasining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoshlarning ijtimoiy-huquqiy himoyasini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2025-yil 11-avgustdagi 2-13-21-4366-son Ma’lumotnomasi). Natijada Yangi O‘zbekiston yoshlarida filantropik faoliyat tushunchasini shakllantirish, shuningdek, jamiyatda moddiy-ma’naviy jihatdan yordamga muhtoj aholiga ixtiyoriylik asosida yordam ko‘rsatishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishda muhim manba bo‘lib xizmat qilgan.
    Xayriya tashkilotlari faoliyatini tartibga solishni takomillashtirish hamda shaffoflikni ta’minlash talablaridan kelib chiqqan holda “Filantropik faoliyat Konsepsiyasi”ni qabul qilish g‘oyasining ijtimoiy ahamiyatiga oid ilmiy yangiliklaridan “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi muhokamasida ta’lim-tarbiya jarayoniga filantropik faoliyatni to‘g‘ri integratsiya qilish-yoshlar orasida sog‘lom fikrlash, vatanparvarlik, milliy o‘zlikni anglash kabi qadriyatlarni mustahkamlash, ijtimoiy davlat asosi hisoblangan muhtojlarga ko‘mak berish bugungi kunning dolzarb vazifasi deb topilgan (“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 13-avgustdagi 02/06-82-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertasiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tomonidan o‘tkazilgan targibot ishlarida O‘zbekiston fuqarolarini, yoshlarini vatanparvar, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, shuningdek, jamoatchilik boshqaruvi sohalarida keng foydalanish bo‘yicha tashkiliy choralarni amalga oshirishga xizmat qilgan.  

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish