Eshmurodov Otabek Rajabovichning 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Neft va gaz qazib olishni ko‘paytirish maqsadida skvajinlarda murakkab kapital ta’mirlash sifatini oshirish», 04.00.11 – Quduqlarni burg‘ilash va o‘zlashtirish texnologiyasi (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/T3073.
Ilmiy rahbar: Umedov Sherali Xolloqovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat texnika universiteti..
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: “O‘ZLITINEFTGAZ” AJ, DSc.23/25.08.2021.T.136.01.
Rasmiy opponentlar: Akilov Jahon, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Raximov Raxmonberdi Movlamberdievich, texnika fanlari nomzodi..
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yuvuvchi suyuqligi tarkibida kompozision ko‘p funksiyali engillashtiruvchilarni qo‘llash orqali skvajinalarni murakkab kapital ta’mirlash sifatini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
skvajinalarni murakkab kapital ta’mirlash uchun mo‘ljallangan engillashtirilgan yuvuvchi suyuqligi tarkibiga kiritilganda barqarorlashtiruvchi va yaxshilangan reologik xususiyatlarga ega bo‘lgan mahalliy xomashyo asosida kompozision ko‘p funksiyali engillashtiruvchi ishlab chiqilgan;
qo‘shimchalar asosida yuvuvchi suyuqlikning strukturaviy-mexanik va reologik xususiyatlariga ta’siri, shu jumladan suv beruvchanlikning pasayishi, destruksiyaga chidamliligining oshishi eksperimental asoslangan;
yangi KMO reagentini qo‘llash yutilish, siqilish kabi asoratlarni kamaytirishga yordam berishi, shuningdek, moylash qobiliyatini oshirishi va burg‘ilash quvurlari birikmasi va skvajina devori orasidagi ishqalanish koeffisientini pasaytirishi aniqlangan;
O‘zbekiston Respublikasi konlarida murakkab kapital ta’mirlash ishlarini amalga oshirishda texnologik parametrlarning barqarorligini ta’minlaydigan yuvuvchi suyuqligidagi KMO ning optimal konsentratsiyasi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy mineral va texnogen resurslar asosida yaratilgan yangi kimyoviy reagentdan foydalangan holda engillashtirilgan yuvuvchi suyuqligini tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
kompozision ko‘p funksiyali engillashtiruvchi qo‘llanilgan engillashtirilgan yuvuvchi suyuqlik tarkibi Janubiy Tandircha konidagi 10-sonli skvajinada murakkab kapital ta’mirlashda joriy etilgan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va “O‘zbekneftgaz” AJning 2025 yil 24 maydagi 25-05-127-son ma’lumotnomasi). Natijasida, murakkab kapital ta’mirlash jarayonida geologik asoratlar yuzaga kelishining oldini olish va mahsuldor qatlamda yuvuvchi suyuqlikning yutilishini bartaraf etish imkonini bergan;
ikkinchi stvolni burg‘ilash texnologiyasi Janubiy Tandircha konidagi 10-sonli skvajinada joriy etilgan (Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi va “O‘zbekneftgaz” AJning 2025 yil 24 maydagi 25-05-127-son ma’lumotnomasi). Natijasida, qatlamga suyuqlik yutilishining samarali oldini olish va bitta skvajina uchun sezilarli iqtisodiy samarani ta’minlash, KMOni sanoat miqyosida joriy etishning yuqori rentabelligini tasdiqlash imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish