Igamova  Oysha Kadamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tajribada timektomiyaning laboratoriya hayvonlari immun tizimiga ta’sirining qiyosiy tavsifi va biokorreksiyaning immunologik samaradorligini baholash», 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya (biologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/B1432.
Ilmiy rahbar: Nuraliev Nekkadam Abdullaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Immunologiya va inson genomikasi instituti huzuridagi DSc.02/30.12.2019.Tib.50.01 raqamli kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash. 
Rasmiy opponentlar: Zalyalieva Mar`yam Valiaxmedovna, biologiya fanlari doktori, professor; Shaxmurova Gul`nara Abdullaevna, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: tajribada timektomiyaning laboratoriya hayvonlari immun tizimiga ta’sirining qiyosiy tavsifi va biokorreksiyaning immunologik samaradorligini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
timektomiya natijasida immun tizim faoliyati buzilishi sababli 1 oydan keyin oq zotsiz kalamushlar qon zardobida IgA, IgM, IgG va IgE miqdorlari intakt kalamushlar ko‘rsatkichlariga nisbatan kamayishi, 3 oy o‘tgach, bu ko‘rsatkichlar tiklanib, me’yor darajasiga etishi, 6 oydan keyin esa barcha ko‘rsatkichlar tiklanishi aniqlangan;
ilk bor laboratoriya hayvonlari timektomiyasidan 1 oy o‘tgach qon zardobida IL-1β miqdorining ishonarli kamayishi fonida IL-10 miqdorining keskin ortishi, 3 oy o‘tgach IL-1β miqdorining me’yorlashuvi va IL-10 miqdorining ishonarli yuqoriligicha qolishi, 6 oydan keyin IL-1β va IL-10 miqdorlarining ortishi aniqlangan; 
ilk bor “Lactopropolis-AWL” biologik faol qo‘shimchasi bilan timektomiyagacha biokorreksiya o‘tkazish timektomiyadan 1 oy so‘ng IgA, IgG, IgM, IgE miqdorlari tiklanishi, laboratoriya hayvonlari yashovchanlik darajasining ortishi, aksincha, biokorreksiya amaliyoti o‘tkazilmaganlarda immunoglobulinlar miqdori 3 oydan keyin tiklanishi xamda xayvonlar yashovchanlik darajasi pasayishi isbotlangan;
ilk bor “Lactopropolis-AWL” bilan biokorreksiyasidan 1 oydan so‘ng timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari qon zardobida IL-1β, IL-10 miqdorlari intakt xayvonlar ko‘rsatkichlaridan ishonarli yuqori bo‘lishi, aksincha, biokorreksiya olmaganlarda bu holat 3 oydan keyin namoyon bo‘lishi va 6 oydan keyin ularning miqdorlari yuqoriligi saqlanib qolishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: Tajribada timektomiyaning laboratoriya hayvonlari immun tizimiga ta’sirining qiyosiy tavsifi va biokorreksiyaning immunologik samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalarga asosida:
birinchi ilmiy yangiligi: timektomiya natijasida immun tizim faoliyati buzilishi sababli 1 oydan keyin oq zotsiz kalamushlar qon zardobida IgA, IgM, IgG va IgE miqdorlari intakt kalamushlar ko‘rsatkichlariga  nisbatan kamayishi, 3 oy o‘tgach, bu ko‘rsatkichlar tiklanib, me’yor darajasiga etishi, 6 oydan keyin esa barcha ko‘rsatkichlar tiklanishi aniqlanganligi bo‘yicha «Tajribaviy timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 28 oktyabrdagi  24-m/073-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 13.11.2024 yildagi 201-sonli xamda Xorazm viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 19.11.2024 yildagi 244-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 20 martdagi 14/09-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilinishi timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usulining qo‘llanilishi tajribaviy tadqiqot davomida immunologik tekshirishlarni optimallashtirilgan; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro va Xorazm viloyatlari sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmalari amaliy faoliyatiga tajribaviy timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usulini joriy etilishi uzoq muddatli tajribaviy tadqiqotlarda laboratoriya hayvonlari yashovchanligini oshirishga, timektomiyadan oldin profilaktik biokorreksiyaning samaradorligi natijasida davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga asoslangan. Xulosa: timektomiya natijasida immun tizim faoliyati buzilishi sababli 1 oydan keyin qon zardobida IgA, IgM, IgG va IgE miqdorlari kamayishi, 3 oy o‘tgach, bu ko‘rsatkichlar tiklanib, me’yor darajasiga etishi, 6 oydan keyin esa barcha ko‘rsatkichlar tiklanishi asoslangan;
ikkinchi ilmiy yangiligi: ilk bor laboratoriya hayvonlari timektomiyasidan 1 oy o‘tgach qon zardobida IL-1β miqdorining  ishonarli kamayishi fonida  IL-10 miqdorining keskin ortishi,  3 oy o‘tgach IL-1β miqdorining me’yorlashuvi va IL-10 miqdorining ishonarli yuqoriligicha qolishi, 6 oydan keyin IL-1β va IL-10 miqdorlarining ortishi aniqlanganligi bo‘yicha «Tajribaviy timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 28 oktyabrdagi  24-m/073-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 13.11.2024 yildagi 201-sonli xamda Xorazm viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 19.11.2024 yildagi 244-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 20 martdagi 14/09-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilinishi timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usulining qo‘llanilishi tajribaviy tadqiqot davomida immunologik tekshirishlarni optimallashtirilgan; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro va Xorazm viloyatlari sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmalari amaliy faoliyatiga tajribaviy timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usulini joriy etilishi uzoq muddatli tajribaviy tadqiqotlarda laboratoriya hayvonlari yashovchanligini oshirishga, timektomiyadan oldin profilaktik biokorreksiyaning samaradorligi natijasida davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga asoslangan. Xulosa: timektomiyadan 1 oy o‘tgach qon zardobida IL-1β miqdorining ishonarli kamayishi fonida IL-10 miqdorining keskin ortishi, 3 oy o‘tgach IL-1β miqdorining me’yorlashuvi va IL-10 miqdorining ishonarli yuqoriligicha qolishi, 6 oydan keyin IL-1β va IL-10 miqdorlarining ortishi asoslangan; 
uchinchi ilmiy yangiligi: ilk bor “Lactopropolis-AWL” biologik faol qo‘shimchasi bilan timektomiyagacha biokorreksiya o‘tkazish timektomiyadan 1 oy so‘ng IgA, IgG, IgM, IgE miqdorlari tiklanishi, laboratoriya hayvonlari yashovchanlik darajasining ortishi, aksincha, biokorreksiya amaliyoti o‘tkazilmaganlarda immunoglobulinlar miqdori 3 oydan keyin tiklanishi xamda xayvonlar  yashovchanlik darajasi pasayishi isbotlanganligi bo‘yicha «Tajribaviy timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 28 oktyabrdagi  24-m/073-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 13.11.2024 yildagi 201-sonli xamda Xorazm viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 19.11.2024 yildagi 244-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 20 martdagi 14/09-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilinishi timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usulining qo‘llanilishi tajribaviy tadqiqot davomida immunologik tekshirishlarni optimallashtirilgan; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro va Xorazm viloyatlari sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmalari amaliy faoliyatiga tajribaviy timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usulini joriy etilishi uzoq muddatli tajribaviy tadqiqotlarda laboratoriya hayvonlari yashovchanligini oshirishga, timektomiyadan oldin profilaktik biokorreksiyaning samaradorligi natijasida davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga asoslangan. Xulosa: “Lactopropolis-AWL” bilan timektomiyagacha biokorreksiya o‘tkazish timektomiyadan 1 oy so‘ng IgA, IgG, IgM, IgE miqdorlari tiklanishi, aksincha, biokorreksiya amaliyoti o‘tkazilmaganlarda immunoglobulinlar miqdori 3 oydan keyin tiklanishi asoslangan;
to‘rtinchi ilmiy yangiligi: ilk bor “Lactopropolis-AWL” bilan biokorreksiyasidan 1 oydan so‘ng  timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari qon zardobida IL-1β, IL-10 miqdorlari intakt xayvonlar ko‘rsatkichlaridan ishonarli yuqori bo‘lishi, aksincha, biokorreksiya olmaganlarda bu holat 3 oydan keyin namoyon bo‘lishi va  6 oydan keyin ularning miqdorlari yuqoriligi saqlanib qolishi aniqlanganligi bo‘yicha «Tajribaviy timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usuli» uslubiy tavsiyanomasi ishlab chiqilgan (Buxoro davlat tibbiyot instituti Ekspert kengashining 2024 yil 28 oktyabrdagi  24-m/073-sonli xulosasi) bilan tasdiqlangan. Mazkur taklif Buxoro viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 13.11.2024 yildagi 201-sonli xamda Xorazm viloyati sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmasi bo‘yicha 19.11.2024 yildagi 244-sonli buyruqlari bilan amaliyotlariga joriy etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligi xuzuridagi ilmiy texnik kengashining 2024 yil 20 martdagi 14/09-son ma’lumotnomasi); ijtimoiy samaradorligi: ilmiy natijalarni amaliyotga joriy qilinishi timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usulining qo‘llanilishi tajribaviy tadqiqot davomida immunologik tekshirishlarni optimallashtirilgan; iqtisodiy samaradorligi: ilmiy natijalarning Buxoro va Xorazm viloyatlari sanitariya epidemiologik osoyishtaligi va jamoat salomatligi boshqarmalari amaliy faoliyatiga tajribaviy timektomiya o‘tkazilgan laboratoriya hayvonlari gumoral immuniteti va sitokin statusini baholash usulini joriy etilishi uzoq muddatli tajribaviy tadqiqotlarda laboratoriya hayvonlari yashovchanligini oshirishga, timektomiyadan oldin profilaktik biokorreksiyaning samaradorligi natijasida davolashga sarflanadigan xarajatlarni kamaytirishga asoslangan. Xulosa: “Lactopropolis-AWL” bilan biokorreksiyasidan 1 oydan so‘ng timektomiyali hayvonlar qon zardobida IL-1β, IL-10 miqdorlari ishonarli yuqori bo‘lishi, aksincha, biokorreksiya olmaganlarda bu holat 3 oydan keyin namoyon bo‘lishi va 6 oydan keyin ularning miqdorlari yuqoriligi saqlanib qolishi asoslangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish