Odilova Sitora Sayfitdin qizining 
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.  Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Marketing vositalari yordamida xususiy umumta’lim muassasalari imijini shakllantirishning metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11 – Marketing.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:  B2025.3.DSc/Iqt1003.
Ilmiy maslahatchi: Ostonaqulova Gulsaraxon Muhammadyoqub qizi., iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor, akademik, Xoshimov Akrom Abdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor va Shamshieva Nargizaxon Nosirxo‘ja qizi, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim muassasalari brend imijini yaratish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab  chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “umumta’lim muassasasi imiji” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim sifatini, ijtimoiy ishonchni va raqobatbardoshlik darajasini shakllantiruvchi, jamoatchilik ongida barqaror namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy-psixologik va tashkiliy-iqtisodiy kategoriyani raqamli reputatsiya ko‘rsatkichlari, ta’lim xizmatlari bozoridagi nufuz indeksi hamda istiqbolli abiturientlar ulushi bilan miqdoriy baholanuvchi innovatsion yangilik sifatidagi xususiyati nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
umumta’lim muassasasi imijining muhim natijasi sifatida bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga kirgan talaba soni, oliy ma’lumotli pedagoglar tarkibi, ta’lim sifatining yuqori darajasi, ta’lim oluvchilar soni mezonlaridan kelib chiqib, umumta’lim muassasalari imijini “past” [0,1 ≤ UTMIp ≤ 0,5], “o‘rtacha” [0,51 ≤ UTMIo‘ ≤ 0,75], “yuqori” [0,75≤UTMIyu ≤ 1] shkalasi chegaralarida baholash taklifi asoslangan;
keng ko‘lamli ma’lumotlar tarkibidan asosiy komponentlar tahlili usuliga ko‘ra nisbatan xususiyatli omillarni ajratib olishda xususiy umumta’lim muassasalarning brend tarkibi tuzilmaviy modelining o‘qituvchi imiji [O‘I = 0,45], o‘qituvchi raqamli imiji [O‘RI = 1,32], muassasa infratuzilmasi [MI = 1,72] indeks qiymatlari aniqlangan; 
umumta’lim muassasalari imijini shakllantirish va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlariga veb-sayt trafigi, ijtimoiy tarmoqlardagi faollik indeksi, onlayn reytinglar va foydalanuvchilar fikrlari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlardan iborat “raqamli imij” komponentlarini integratsiya qilish asosida brending samaradorligini 30-35% ga oshirish va abiturientlar sonida 20% gacha o‘sishga erishish asoslangan;
O‘zbekiston Respublikasidagi xususiy maktablarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar o‘rtasidagi ekonometrik bog‘liqliklar avtoregressiyalangan integrallangan suriluvchi o‘rtacha model orqali 2030-yilga qadar rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston Respublikasi umumta’lim muassasalari brend imijini yaratish metodologiyasini takomillashtirish asosida raqobatbardoshligini oshirish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “umumta’lim muassasasi imiji” tushunchasining iqtisodiy mazmuni ta’lim sifatini, ijtimoiy ishonchni va raqobatbardoshlik darajasini shakllantiruvchi, jamoatchilik ongida barqaror namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy-psixologik va tashkiliy-iqtisodiy kategoriyani raqamli reputatsiya ko‘rsatkichlari, ta’lim xizmatlari bozoridagi nufuz indeksi hamda istiqbolli abiturientlar ulushi bilan miqdoriy baholanuvchi innovatsion yangilik sifatidagi xususiyati nuqtai nazaridan takomillashtirish bo‘yicha takliflardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Brending” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur taklif umumta’lim muassasalari imijini shakllantirishni metodologik jihatdan iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan faoliyat sifatida baholagan holda muassasaning nufuzi va o‘z brend imijini ta’minlashda optimal foydalanishning uslubiy asoslarini takomillashtirgan holda faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
umumta’lim muassasasi imijining muhim natijasi sifatida bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasasiga kirgan talaba soni, oliy ma’lumotli pedagoglar tarkibi, ta’lim sifatining yuqori darajasi, ta’lim oluvchilar soni mezonlaridan kelib chiqib, umumta’lim muassasalari imijini “past” [0,1 ≤ UTMIp ≤ 0,5], “o‘rtacha” [0,51 ≤ UTMIo‘ ≤ 0,75], “yuqori” [0,75 ≤ UTMIyu ≤ 1] shkalasi chegaralarida baholash taklifi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 03-33-540-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida, O‘zbekiston Respublikasi xususiy umumta’lim muassasalari reytingi tuzilib,  mamlakatda ijtimoiy motivatsion tizim shakllantirilgan;
keng ko‘lamli ma’lumotlar tarkibidan asosiy komponentlar tahlili usuliga ko‘ra nisbatan xususiyatli omillarni ajratib olishda xususiy umumta’lim muassasalarning brend tarkibi tuzilmaviy modelining o‘qituvchi imiji [O‘I = 0,45], o‘qituvchi raqamli imiji [O‘RI = 1,32], muassasa infratuzilmasi [MI = 1,72] indeks qiymatlarini aniqlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 03-33-540-son ma’lumotnomasi).  Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida Humo academy school, Salam international school, xususiy maktablarning ijobiy imijini oshirib, mamlakat xususiy umumta’lim muassasalari reytingida top-10 likka kirishiga erishilgan;
umumta’lim muassasalari imijini shakllantirish va rivojlantirishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlariga veb-sayt trafigi, ijtimoiy tarmoqlardagi faollik indeksi, onlayn reytinglar va foydalanuvchilar fikrlari bilan bog‘liq ko‘rsatkichlardan iborat “raqamli imij” komponentlarini integratsiya qilish asosida brending samaradorligini 30-35% ga oshirish va abiturientlar sonida 20% gacha o‘sishga erishish taklifi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 03-33-540-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan xususiy maktablarning xizmatlar hajmi 2022-yilda o‘tgan yilga nisbatan muammoli kretidlar miqdori 12,5 foizga oshgan;
O‘zbekiston Respublikasidagi xususiy maktablarning faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar o‘rtasidagi ekonometrik bog‘liqliklar avtoregressiyalangan integrallangan suriluvchi o‘rtacha model orqali ishlab chiqilgan 2030-yilga qadar rivojlanishning prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’lim vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 03-33-540-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning joriy etilishi natijasida O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligini rivojlantirishning 2030-yilgacha bo‘lgan davrdagi rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda asosiy ko‘rsatkich va parametrlarni o‘zaro muvofiqlashtirish imkoni yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish