Tadjiev Anvar Aminovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Jinoyat protsessida dalillar maqbulligini ta’minlashni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Yu990.
Ilmiy rahbar: Rajabov Baxtiyor Almaxmatovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Astanov Istam Rustamovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat yuridik universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi jinoyat protsessida dalillar maqbulligini ta’minlashni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo‘yiladigan elektron ma’lumotlar tegishli bayonnomalarda aniq ko‘rsatilishi kerakligi, bunda elektron ma’lumotlarning egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning ko‘chirmasi topshirilib, tilxat olinishi lozimligi asoslantirilgan;
guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan Jinoyat-protsessual kodeksi normalari buzilgan holda olingan yozma va raqamli dalillardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanishi lozimligi asoslantirilgan;
olib qo‘yish yoki ko‘zdan kechirish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganda mutaxassis ishtirokisiz olingan elektron ma’lumotlar nomaqbul dalillar deb topilishi zarurligi asoslantirilgan;
jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan o‘z tasdig‘ini topmagan ko‘rsatuvlaridan, shuningdek taxmin, faraz, mish-mishlarga asoslangan ko‘rsatmasidan olingan dalillar maqbul emas deb topilishi lozimligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Jinoyat protsessida dalillar maqbulligini ta’minlashni takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tergov yoki sud harakatlari jarayonida olib qo‘yiladigan elektron ma’lumotlar tegishli bayonnomalarda aniq ko‘rsatilishi kerakligi, bunda elektron ma’lumotlarning egasiga bayonnoma nusxasi yoki uning ko‘chirmasi topshirilib, tilxat olinishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonunining 1-moddasi 6-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 7-martdagi №3/dn-50-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi elektron ma’lumotlarning keyinchalik maqbul emas deb topilishining oldini olishga xizmat qilgan;
guvoh, jabrlanuvchi, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchidan Jinoyat-protsessual kodeksi normalari buzilgan holda olingan yozma va raqamli dalillardan dalil sifatida foydalanish taqiqlanishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonunining 1-moddasi 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 7-martdagi №3/dn-50-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi yozma va raqamli dalillarni maqbul emas deb topish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga xizmat qilgan;
jabrlanuvchi, guvoh, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining surishtiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan o‘z tasdig‘ini topmagan ko‘rsatuvlaridan, shuningdek taxmin, faraz, mish-mishlarga asoslangan ko‘rsatmasidan olingan dalillar maqbul emas deb topilishi lozimligiga doir takliflardan “O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 7-martdagi №3/dn-50-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi dalillarning maqbul emas deb topiladigan holatlari tasnifini kengaytirishga hamda bu orqali protsess ishtirokchilarining manfaatlari ximoyasini ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiladi;
olib qo‘yish yoki ko‘zdan kechirish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilayotganda mutaxassis ishtirokisiz olingan elektron ma’lumotlar nomaqbul dalillar deb topilishi lozimligiga doir takliflardan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21 noyabrdagi O‘RQ-1003-sonli Qonunining 1-moddasi 8-bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi huzuridagi Parlament tadqiqotlari institutining 2025-yil 7-martdagi №3/dn-50-son dalolatnomasi). Mazkur taklifning inobatga olinishi elektron ma’lumotlarni belgilangan tartibda olinishiga erishish hamda qay holatda olinganda maqbul emas deb topish bilan bog‘liq jarayonlarni tartibga solishga xizmat qilgan.