Ostonov Muhriddin Bahriddin o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta kompaniyalari investision faoliyati samaradorligini baholash”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5438. 
Ilmiy rahbar: Zoyirov Laziz Subxanovich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
 Rasmiy opponentlar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Sug‘urta kompaniyalari investision faoliyati samaradorligini baholashga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqish hisoblanadi.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
sug‘urta tashkilotlarining investision faoliyati risklarini kamaytirish va daromadlari barqarorligini oshirish maqsadida investisiya portfelini optimal taqsimlash va diversifikatsiya qilish taklif etilgan;
sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotlarining investisiya instrumentlarini ko‘paytirish orqali ipoteka, lizing, mikromoliyalash va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investisiya imkoniyatlarini kengaytirish asoslangan;
umumiy va hayot sug‘urtasi sohalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va joylashtirish tartibini optimallashtirish taklif etilgan;
sug‘urta tashkilotlarining investisiya faoliyati risklarini baholash va boshqa omillarning ta’sirini aniqlash asosida investisiya portfeli ko‘rsatkichlarining 2030 yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan. 
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘urta kompaniyalari investision faoliyati samaradorligini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
sug‘urta tashkilotlarining investision faoliyati risklarini kamaytirish va daromadlari barqarorligini oshirish maqsadida investisiya portfelini optimal taqsimlash va diversifikatsiya qilish taklifi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 28-maydagi № 01/1-16 son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya portfelini optimal taqsimlash va diversifikatsiya qilish sug‘urta tashkilotining moliyaviy holatini mustahkamlash va barqaror daromad olishga olib keldi;
sug‘urta (qayta sug‘urta) tashkilotlarining investisiya instrumentlarini ko‘paytirish orqali ipoteka, lizing, mikromoliyalash va qimmatli qog‘ozlar bozoridagi investisiya imkoniyatlarini kengaytirish taklifi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 28-maydagi № 01/1-16 son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya instrumentlarini ko‘paytirish sug‘urta va qayta sug‘urta tashkilotlarining investision faoliyatini diversifikatsiyalash va daromadlarni barqarorlashtirishga xizmat qildi;
umumiy va hayot sug‘urtasi sohalarining o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda sug‘urta zaxiralarini shakllantirish va joylashtirish tartibini optimallashtirish taklifi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 28-maydagi № 01/1-16 son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy va hayot sug‘urtasi sohalarining o‘ziga xos jihatlari inobatga olinib, zaxiralarni shakllantirish va investisiyalarni joylashtirish tartibini optimallashtirish sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligini oshirish va risklarni samarali boshqarishga xizmat qildi;
sug‘urta tashkilotlarining investisiya faoliyati risklarini baholash va boshqa omillarning ta’sirini aniqlash asosida investisiya portfeli ko‘rsatkichlarining 2030 yilgacha prognoz qiymatlari ishlab chiqish taklifi “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (“O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasining 2025-yil 28-maydagi № 01/1-16 son ma’lumotnomasi). Natijada, investisiya portfeli ko‘rsatkichlarining prognoz qiymatlari sug‘urta tashkilotlariga kelajakdagi moliyaviy holatini yaxshiroq boshqarish va barqaror o‘sishga erishishda muhim vosita bo‘ldi.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish