Ochilov Bobur Baxtiyor o‘g‘lining 
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.    
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb etishda mamlakat investision jozibadorligini oshirish istiqbollari”, 08.00.07- “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3266.
Ilmiy rahbar: Shomirov Azizbek Abdurashidovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, (PhD) dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent Kimyo xalqaro universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.1.17.01.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Jumaev Nodir Xosiyatovich; iqtisodiyot fanlari doktori, professor Elmirzaev Samariddin Eshquvatovich.
Yetakchi tashkilot: G.V.Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti Toshkent shahri filiali.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi innovatsion iqtisodiyot sharoitida mamlakat investisiya jozibadorligini oshirishga qaratilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
mamlakat investisiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida yirik investisiya loyihalari doirasida bank hisobraqamiga zaxira sifatida joylashtiriladigan loyiha qiymatining eng kam miqdorini 10 foizdan 1 foizgacha kamaytirish taklif etilgan;
strategik investisiya loyihalari uchun alohida loyiha boshqaruvchilarini tayinlash orqali 50 mlrd. dollarlik investisiya loyihalari bo‘yicha muammolarni operativ tarzda hal qilish lozimligi taklif etilgan;
korporativ tuzilmalar invessiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida ularning ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan taqdirda har bir strategik investisiya loyihasi bo‘yicha alohida loyiha boshqaruvchilarini tayinlash taklif etilgan;
investisiya loyihalarini tanlash va dasturni shakllantirishda uning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida PMBOK (Project Management Body of Knowledge) xalqaro standartini joriy etish taklif etilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Iqtisodiyotga xorijiy investisiyalarni jalb etishda mamlakat investision jozibadorligini oshirish istiqbollari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
mamlakat investisiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida yirik investisiya loyihalari doirasida bank hisobraqamiga zaxira sifatida joylashtiriladigan loyiha qiymatining eng kam miqdorini 10 foizdan 1 foizga kamaytirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-iyuldagi PF-111-son “Ma’muriy islohotlar doirasida investisiyalar, sanoat va savdo sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini ishlab chiqilishida foydalanilgan. (Oʻzbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 19-fevraldagi 02-11-1-1657-son ma’lumotnomasi). Natijada, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investisiyalar doirasida yirik investisiya loyihalari bo‘yicha bank hisobraqamiga zaxira sifatida joylashtirilgan mablag‘lar miqdori 2024-yilda 2023-yilga nisbatan 6,5 barobarga qisqarib, 120,4 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan.
strategik investisiya loyihalari uchun alohida loyiha boshqaruvchilarini tayinlash orqali 50 mlrd. dollarlik investisiya loyihalari bo‘yicha muammolarni operativ tarzda hal qilish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-72-son “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan investisiya dasturini tasdiqlash hamda investisiya loyihalarini boshqarishning yangi yondashuv va mexanizmlarini joriy etish to‘g‘risida”gi Qarorni ishlab chiqilishida foydalanilgan. (Oʻzbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 19-fevraldagi 02-11-1-1657-son ma’lumotnomasi). Natijada, strategik ahamiyatdagi loyihalar uchun xorijiy investisiyalarni jalb qilish hamda ushbu loyihalarni loyihabay boshqarish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish maqsadida 20 ta vazirlik va idoralarda loyiha ofislari tashkil etildi hamda 18 mlrd. dollarlik 28 ta investisiya loyihalari bo‘yicha yuzaga kelgan muammolar bartaraf etilgan.
korporativ tuzilmalar invessiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida ularning ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan taqdirda har bir strategik investisiya loyihasi bo‘yicha alohida loyiha boshqaruvchilarini tayinlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-yanvardagi 16-son “O‘zbekiston Respublikasi investisiya dasturini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni ishlab chiqilishida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 19-fevraldagi 02-11-1-1657-son ma’lumotnomasi). Natijada, umumiy qiymati 2,4 mlrd. AQSh dollariga teng investisiya loyihalarining amalga oshirish samaradorligini oshirish, loyiha risklarini tizimli baholash, investisiya jarayonlarini shaffof, izchil boshqarish maqsadida ISO xalqaro standartlari prinsiplari bosqichma-bosqich joriy etilgan.
investisiya loyihalarini tanlash va dasturni shakllantirishda uning sifat ko‘rsatkichlarini oshirish maqsadida PMBOK (Project Management Body of Knowledge) xalqaro standartini joriy etish to‘g‘risidagi taklifi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-yanvardagi 16-son “O‘zbekiston Respublikasi investisiya dasturini shakllantirish tizimini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorni ishlab chiqilishida foydalanilgan (Oʻzbekiston Respublikasi Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligining 2024-yil 19-fevraldagi 02-11-1-1657-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida investisiya loyihalariga yo‘naltiriladigan mablag‘larni 10 foizga qisqartirishga erishildi, bu esa byudjet samaradorligini oshirish va xarajatlarning maqbulligini ta’minlashga xizmat qilgan.
 

Yangiliklarga obuna bo‘lish