Jumanov Sherzod Norboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qurilish ishlari sifat va samaradorligini oshirish (Samarqand viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4207.
Ilmiy rahbar: Usmanov Ilxom Achilovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulugʻbek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Palvaniyazov Anvar Amatovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqa iqtisodiyotini rivojlantirishda qurilish ishlari sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha asoslangan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlanishida qurilish samaradorligini oshirish natijaviylik (effectiveness) rejalashtirilgan faoliyat va natijalarga erishish darajasi; samaradorlik (efficiency) erishilgan natijalar va ularga sarflangan resurslarning nisbati; sifat (quality) mahsulot (jarayon, xizmat, faoliyat) xossalari asosida “qurilish ishlari”, “qurilish ishlari sifati” tushunchalari taklif etilgan;
qurilish ishlarining yalpi hududiy mahsulotdagi qo‘shilgan qiymati hajmi va ulushini oshirishda sifatni nazorat qilish tartibini takomillashtirish hamda qurilish ishlari sifatini ob’ektiv baholash asosida soha majmuasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish mexanizmi taklif etilgan;
mintaqada dasturlarni amalga oshirish, ish joylarini yaratish kabi ijtimoiy maqsadlarga ega bo‘lgan qurilish ishlari va uni sifati, mintaqa yalpi hududiy maxsulotida sohada yaratilgan qo‘shilgan qiymatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga investisiyalarning takribida aynan loyiha jarayonida bajariladigan asosiy ishlarni ifodalaydigan ob’ektlarda qurilish ishlari sifatini baholash sxemasi taklif etilgan;
Samarqand viloyatidagi qurilish soxasiga ta’sir qiluvchi omillarini tahlil qilish asosida yalpi hududiy maxsulotdagi qurilish ishlari ulushining 2025-2029-yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyati hududida qurilish ishlari sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
mintaqa iqtisodiyotini rivojlanishida qurilish samaradorligini oshirish natijaviylik (effectiveness) rejalashtirilgan faoliyat va natijalarga erishish darajasi; samaradorlik (efficiency) erishilgan natijalar va ularga sarflangan resurslarning nisbati; sifat (quality) mahsulot (jarayon, xizmat, faoliyat) xossalari asosida “qurilish ishlari”, “qurilish ishlari sifati” tushunchalari tasnifi oliy ta’lim muassasalari talabalari uchun mo‘ljallangan “Qurilishni rejalashtirish, tashkil etish va boshqarish” nomli darsligini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21-avgustdagi 316 – son buyrug‘i). Mazkur ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalar va bo‘lajak mutaxassislarda qurilish ishlari sifati va samaradorligini oshirish hamda foydalanish jihatidan qurilish bozoridagi muayyan iste’molchining sifat ko‘rsatkichlari talablarini qondirish qobiliyati sifatidagi “qurilish ishlari sifati va samaradorligi” tushunchasi bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoni yaratilgan;
qurilish ishlarining yalpi hududiy mahsulotdagi qo‘shilgan qiymati hajmi va ulushini oshirishda sifatni nazorat qilish tartibini takomillashtirish hamda qurilish ishlari sifatini ob’ektiv baholash asosida soha majmuasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish mexanizmi bo‘yicha taklif Samarqand viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 5-avgustdagi 07-07/97-son ma’lumotnomasi). Taklif qilinayotgan ilmiy yangilikning qurilish korxonalariga joriy etilishi sohaning iqtisodiy samaradorligini baholash imkoniyatini bergan;
mintaqada dasturlarni amalga oshirish, ish joylarini yaratish kabi ijtimoiy maqsadlarga ega bo‘lgan qurilish ishlari va uni sifati, mintaqa yalpi ichki maxsulotida sohada yaratilgan qo‘shilgan qiymatga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi bilan birga investisiyalarning takribida aynan loyiha jarayonida bajariladigan asosiy ishlarni ifodalaydigan ob’ektlarda qurilish ishlari sifatini baholash sxemasi bo‘yicha taklif Samarqand viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 5-avgustdagi 07-07/97-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2024-yil yalpi hududiy mahsulot tarkibining qurilish ishlari sohasida yaratilgan qo‘shilgan qiymatning 1%ga oshishi natijasida qurilish ishlarining ulushi 5,71 foizga, 2025-yilga borib 5,77 foizgacha oshishi aniqlangan;
Samarqand viloyatidagi qurilish soxasiga ta’sir qiluvchi omillarini tahlil qilish asosida yalpi ichki maxsulotdagi qurilish ishlari ulushining 2025-2029-yillardagi prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Samarqand viloyati hokimligi “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat unitar korxonasi faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Samarqand viloyati hokimligining 2025-yil 5-avgustdagi 07-07/97-son ma’lumotnomasi) Mazkur ilmiy yangilik amaliyotga joriy etilishi natijasida mintaqada qurilish ishlar sifatining iqtisodiy o‘sishini aniqlashtirish tartibini optimallashtirishga erishilgan.