Qurbanqulova Nazokat Qutbiddinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sug‘urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish yo‘llari”, 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt3260.
Ilmiy rahbar: Xaydarov Nizomiddin Xamroevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.12.2019.I.17.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Raya Xojabaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Imomov Umid G‘ayratjonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etishga doir ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
investisiyalarni banklararo taqsimlashda bitta bankka qo‘yiladigan depozit hajmining yuqori chegarasi 200 million so‘m, qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larni qimmatli qog‘oz turi va emitentlar kesimida taqsimlashda bitta emitent korporativ obligatsiyalariga yo‘naltiriladigan investisiya hajmi yuqori chegarasi 200 million so‘m etib belgilash orqali investision faoliyatni diversifikatsiyalash asoslangan;
sug‘urta mahsulotlari kesimida sotilgan sug‘urta polislari hajmi, risk darajasi va muddatiga asosan sug‘urta hodisalarining yuzaga kelish ehtimolligini aniqlagan holda zanjir-pog‘ona usuli yordamida sug‘urta zaxiralarini yaratish taklif etilgan;
bozor talabi asosida aksiyadorlik jamiyati ustav kapitali oshirib borilishini ta’minlash maqsadida investision jozibadorlikni oshirish va aksiyadorlar manfaatdorligini ta’minlashga qaratilgan choraklik dividendlarga asoslangan dividend siyosatini yuritish taklif etilgan;
sug‘urta kompaniyasi to‘lovga qobiliyatliligini ta’minlash maqsadida oldingi chorakdagi o‘rtacha oylik to‘lovlar summacining 10 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pul mablag‘lari (bankdagi hisobraqamdagi pullar, qoplash muddati bir oydan kam bo‘lgan depozitlar)ni saqlash lozimligi asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekistonda sug‘urta kompaniyalari moliyasini samarali tashkil etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
depozitlarga investisiyalarni banklararo taqsimlash, qimmatli qog‘ozlarga yo‘naltiriladigan mablag‘larni qimmatli qog‘oz turi va emitentlar kesimida taqsimlashni o‘z ichiga olgan diversifikatsiyalash amaliyotini 2025 yil uchun sug‘urta kompaniyasi investisiya siyosatiga kiritish taklifi. Mazkur taklif asosida bitta bankka qo‘yiladigan depozit hajmining yuqori chegarasi 200 million so‘m, bitta emitent korporativ obligatsiyalariga yo‘naltiriladigan investisiya hajmi 200 million so‘m etib belgilandi (APEX Insurance aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 12-iyundagi №25-3/12 sonli ma’lumotnomasi). Natijada diversifikatsiya hisobiga investision faoliyat bilan bog‘liq xatarlar minimallashtirildi;
sotilgan sug‘urta polislari bo‘yicha sug‘urta hodisalarining yuzaga kelish ehtimolligini aniqlagan holda zanjir-pog‘ona usuli yordamida sug‘urta zaxiralarini yaratish taklifi. Mazkur taklif asosida sug‘urta mahsulotlari kesimida sotilgan sug‘urta polislari hajmi, risk darajasi va muddatidan kelib chiqqan holda zanjir-pog‘onaga asoslangan sug‘urta zaxiralarini yaratishga o‘tildi (APEX Insurance aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 12-iyundagi №25-3/12 sonli ma’lumotnomasi). Natijada sug‘urta zaxiralarining manzilliligi, asosliligi ta’minlandi va sug‘urta hodisasi yuz berganda qaytarish muddati qisqardi;
bozor talabi asosida aksiyadorlik jamiyati ustav kapitalini oshirib borish maqsadida investision jozibadorlikni ta’minlash va aksiyadorlar manfaatdorligini ta’minlashga qaratilgan choraklik dividendlarga asoslangan dividend siyosatini yuritish taklifi. Mazkur taklif asosida aksiyadorlik jamiyati choraklik dividend to‘lovlari amaliyotiga o‘tdi (APEX Insurance aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 12- iyundagi №25-3/12 sonli ma’lumotnomasi) va ustav kapitali 710 milliard so‘mga etkazildi;
aksiyadorlik jamiyati to‘lovga qobiliyatliligini ta’minlash maqsadida oldingi chorakdagi o‘rtacha oylik to‘lovlar summacining 10 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda pul mablag‘lari (bankdagi hisobraqamdagi pullar, qoplash muddati bir oydan kam bo‘lgan depozitlar)ni saqlash taklifi. Mazkur taklif asosida 2025 yil II chorakda aksiyadorlik jamiyati to‘lovga qobiliyatlilik marjasining etarliligi sug‘urta bozorida eng yuqori 1,7 miqdorda shakllandi (APEX Insurance aksiyadorlik jamiyatining 2025-yil 12-iyundagi №25-3/12 sonli ma’lumotnomasi).