Sharipov G‘ulomjon Qarshi o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa sanoatini rivojlantirishda raqamli marketingdan foydalanish” (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.11 - “Marketing”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5509.
Ilmiy rahbar: Muxitdinov Xudayar Suyunovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Matyakubov Umidjon Raximovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ilxamova Zarnigor Po‘latjon qizi, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat ishlab-chiqarishida raqamli marketingdan foydalanish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sanoat korxonasini rivojlantirishda raqamli marketing strategiyalari asosida korxona daromadini oshirish, targetlangan reklama, SEO va kontent marketing orqali mijoz bazasini kengaytirish, sotuvlarni ko‘paytirish va foydani oshirish moliyaviy mustahkamlikni tiklash va barqarorlikni ta’minlashni optimallashtirish bo‘yicha raqamli transformatsiya jarayonini tashkil qilishning asosiy strategik yondoshuvlari taklif etilgan; 
sanoat korxonalar faoliyatini boshqarishda raqamli marketing turlari bo‘yicha (A2B, A2C, A2D) sifat parametrlari integral koeffitsientining (QCPA2B=0,75), (QCPA2C=0,70) va (QCPA2D=0,65) optimal qiymatlarini ta’minlash orqali yuqori samaradorlikka erishuvchi funksional mezonlar taklif etilgan; 
korxonaning ROA ko‘rsatkichi darajasini oshishiga ta’sir qiluvchi  aktivlardan samarali foydalanishda sanoat tuzilmasini raqamli marketing institutsional jihatlari modeli taklif etilgan;
Qashqadaryo viloyatida iqtisodiyotni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar ta’sirida raqamli marketing faoliyati asosiy parametrlarining 2025-2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mintaqa sanoatini rivojlantirishda raqamli marketingdan foydalanish bo‘yicha takliflar asosida:
sanoat korxonasini rivojlantirishda raqamli marketing strategiyalari asosida korxona daromadini oshirish, targetlangan reklama, SEO va kontent marketing orqali mijoz bazasini kengaytirish, sotuvlarni ko‘paytirish va foydani oshirish moliyaviy mustahkamlikni tiklash va barqarorlikni ta’minlashni optimallashtirish bo‘yicha raqamli transformatsiya jarayonini tashkil qilishning asosiy strategik yondoshuvlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan hududiy taraqqiyot dasturlari va ijtimoiy himoya rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-oktyabrdagi 10-10/8490-son ma’lumotnomasi). Natijada korxona raqamli marketing strategiyalarini joriy etish orqali daromad oshib, mijoz bazasi kengaytiriligan, xarajatlarni optimallashtirilib sof foydasini ko‘payishi natijasida moliyaviy barqarorlik va raqobatbardoshlikni mustahkamlashga erishilgan;
sanoat korxonalar faoliyatini boshqarishda raqamli marketing turlari bo‘yicha (A2B, A2C, A2D) sifat parametrlari integral koeffitsientining (QCPA2B=0,75), (QCPA2C=0,70) va (QCPA2D=0,65) optimal qiymatlarini ta’minlash orqali yuqori samaradorlikka erishuvchi funksional mezonlar bo‘yicha taklif  Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan hududiy taraqqiyot dasturlari va ijtimoiy himoya rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-oktyabrdagi 10-10/8490-son ma’lumotnomasi). Natijada raqamli marketing turlarida optimal sifat ko‘rsatkichlarini ta’minlash orqali yuqori samaradorlikka erishilgan;
korxonaning ROA ko‘rsatkichi darajasini oshishiga ta’sir qiluvchi  aktivlardan samarali foydalanishda sanoat tuzilmasini raqamli marketing institutsional jihatlari modeli bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan hududiy taraqqiyot dasturlari va ijtimoiy himoya rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-oktyabrdagi 10-10/8490-son ma’lumotnomasi). Natijada, raqamli strategiyalar va samarali aktiv boshqaruvi orqali korxonaning rentabelligi va moliyaviy mustaqilligi oshgan;
Qashqadaryo viloyatida iqtisodiyotni raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar ta’sirida raqamli marketing faoliyati asosiy parametrlarining 2025-2030-yilgacha prognoz ko‘rsatkichlari bo‘yicha taklif Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan hududiy taraqqiyot dasturlari va ijtimoiy himoya rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 2-oktyabrdagi 10-10/8490-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognozlar raqamli marketing strategiyalarining samaradorligini oshirish, biznes subektlari uchun innovatsion echimlarni joriy etish va hududda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga yo‘naltirilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish