Mirzaev Zafar Abdalimovichning
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar. 
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqada sanoat korxonalarini iqtisodiy o‘sishini ta’minlashning  tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish” (Qashqadaryo viloyati misolida), 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3873.
Ilmiy rahbar: Ergashev Raxmatulla Xidirovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat texnika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Xatamov Ochildi Qurbonovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Avezov Mirzobek Komiljonovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD). 
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi mintaqada sanoat korxonalarini iqtisodiy o‘sishini ta’minlashning  tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqada resurslarni ratsional taqsimlash, sanoat korxonalari o‘rtasida integratsiyasini kengaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, sanoat mahsulotlari turlarini diversifikatsiyalash hamda iste’molchilarning sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirish asosida sanoat korxonalarida iqtisodiy o‘sishning o‘ziga xos jihatlari taklif etilgan; 
mintaqa sanoat tarmoqlari va korxonalarida  iqtisodiy o‘sish dinamikasini integral baholash usuli iqtisodiy o‘sishning intensiv (Ik>1) va ekstensiv (Ir<1) omillari ustuvorligiga ko‘ra, xususiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni indeks taqqoslash asosida takomillashtirilgan; 
mintaqa sanoat korxonalarida innovatsion loyihalar samaradorligi va iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish, innovatsiyalarning keng doirasini (mahsulot, texnologik, tashkiliy, kadrlar va boshqalar)  faollashtirishning sinergetik yondashuvi taklif etilgan;  
Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalarining barqaror rivojlanish dinamikasi hamda jami ishlab chiqilgayotgan sanoat mahsulotlar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan. 
 IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalarida iqtisodiy o‘sishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida: 
mintaqada resurslarni ratsional taqsimlash, sanoat korxonalari o‘rtasida integratsiyasini kengaytirish, mehnat unumdorligini oshirish, sanoat mahsulotlari turlarini diversifikatsiyalash hamda iste’molchilarning sanoat mahsulotlariga bo‘lgan talablarini to‘liq qondirish asosida sanoat korxonalarida iqtisodiy o‘sishning o‘ziga xos jihatlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan “2023-2024-yillarda sanoat sohasi faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 20-avgustdagi 07-07/7119-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish sanoat korxonalarida iqtisodiy o‘sishga ta’sir etuvchi omillarni guruhlash orqali iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadlari va yo‘nalishlarini aniqlash imkonini bergan;
mintaqa sanoat tarmoqlari va korxonalarida iqtisodiy o‘sish dinamikasini integral baholash usuli iqtisodiy o‘sishning intensiv (Ik>1) va ekstensiv (Ir<1) omillari ustuvorligiga ko‘ra, xususiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni indeks taqqoslash asosida takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan “2023-2024-yillarda sanoat sohasi faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 20-avgustdagi 07-07/7119-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish sanoat korxonalarida 2024-yilda iqtisodiy o‘sish darajasining umumiy indeksini 1,06 koeffitsientga oshirish imkonini bergan;
mintaqa sanoat korxonalarida innovatsion loyihalar samaradorligi va iqtisodiy imkoniyatlarini oshirish, innovatsiyalarning keng doirasini (mahsulot, texnologik, tashkiliy, kadrlar va boshqalar)  faollashtirishning sinergetik yondashuvi bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan “2023-2024-yillarda sanoat sohasi faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 20-avgustdagi 07-07/7119-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklifdan foydalanish sanoat korxonalarida innovatsion loyihalarni realizatsiya qilish asosida yuqori texnologik, fan sig‘imi yuqori sanoat mahsulotlarining raqobat ustunligini ta’minlash imkonini bergan;
Qashqadaryo viloyatida sanoat korxonalarining barqaror rivojlanish dinamikasi hamda jami ishlab chiqilgayotgan sanoat mahsulotlar hajmini oshirishning 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan “2023-2024-yillarda sanoat sohasi faoliyatini rivojlantirish” dasturini tayyorlashda foydalanilgan (Qashqadaryo viloyati hokimligining 2025-yil 20-avgustdagi 07-07/7119-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030-yilga kelib, Qashqadaryo viloyatida jami sanoat mahsulotlar hajmini 126,6% va sanoat korxonalaridagi investisiyalar hajmini 131,2%ga oshirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish