Jumaniyazova Ro‘za Quvondiq qizining
falsafa doktori (PhD) Dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm infratuzilmasini takomillashtirish (Xorazm viloyati misolida)”, 08.00.12 - “Mintaqaviy iqtisodiyot”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/Iqt5516
Ilmiy rahbar: Xudayberganov Dilshod Tuxtabaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.I.55.03.
Rasmiy opponentlar: Otajanov Umid Abdullaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Sapaeva Nilufar Kadambaevna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Xorazm viloyati iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm infratuzilmasini takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mintaqalar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm infratuzilmasini rivojlantirish darajasini baholash mezonlari sifatida investisiyalar hajmi, mehmonxona sektori sig‘imi, turistik firmalar soni, xizmatlar sohasi ulushi va sayyohlar oqimi dinamikasi kabi ko‘rsatkichlarni yuqori (0,8-1), o‘rta (0,5-0,7) va quyi (0,2-0,4) kategoriyalar bo‘yicha kompleks tahlil qilish taklifi asoslangan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm infratuzilmasini va axborot ta’minotini takomillashtirishda mintaqada turistik sayyohlar oqimini ko‘payishi natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy yo‘nalishlarni tartibga solish va diversifikatsiyalash strategiyalarini ishlab chiqishning “overturizm” mexanizmi asoslangan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm infratuzilmasini rivojlantirishning dinamik optimallashuvi, investisiya oqimlari, turistik talabning o‘zgarishi, infratuzilma obektlarining eskirishi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonlarini kompleks tahlili bo‘yicha ko‘p bosqichli algoritmik modeli taklif etilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm viloyati mintaqasini barqaror iqtisodiy rivojlantirish jarayonida turizm infratuzilmasini takomillashtirish borasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
mintaqalar iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm infratuzilmasini rivojlantirish darajasini baholash mezonlari sifatida investisiyalar hajmi, mehmonxona sektori sig‘imi, turistik firmalar soni, xizmatlar sohasi ulushi va sayyohlar oqimi dinamikasi kabi ko‘rsatkichlarni yuqori (0,8-1), o‘rta (0,5-0,7) va quyi (0,2-0,4) kategoriyalar bo‘yicha kompleks tahlil qilish taklifi asoslangan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyuldagi 7-2606-son ma’lumotnomasi). Natijada, viloyat hududlari barqaror rivojlanish darajasiga ko‘ra tabaqalashtirilib, Xiva va Urganch shaharlari hamda Bog‘ot va Xiva tumanlari “yuqori (0,8-1)”, Shovot, Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Urganch va Tuproqqal’a tumanlari “o‘rta (0,5-0,7)”, Gurlan, Yangiariq va Yangibozor tumanlari esa “quyi (0,2-0,4)” darajalarda ixtisoslashtirish imkonini bergan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm infratuzilmasini va axborot ta’minotini takomillashtirishda mintaqada turistik sayyohlar oqimini ko‘payishi natijasida yuzaga keladigan iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy yo‘nalishlarni tartibga solish va diversifikatsiyalash strategiyalarini ishlab chiqishning “overturizm” mexanizmi asoslangan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyuldagi 7-2606-son ma’lumotnomasi). Natijada, mintaqada barqaror turizm konsepsiyasi shakllantirilib, “overturizm”ni tizimli boshqarish orqali turizmning iqtisodiy samaradorligini o‘rtacha 20-25 foizga oshirishga erishilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm infratuzilmasini rivojlantirishning dinamik optimallashuvi, investisiya oqimlari, turistik talabning o‘zgarishi, infratuzilma ob’ektlarining eskirishi va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish jarayonlarini kompleks tahlili bo‘yicha ko‘p bosqichli algoritmik modeli taklif etilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyuldagi 7-2606-son ma’lumotnomasi). Natijada, Xorazm viloyatida turistik firmalar sonini 1,4 barobarga, mehmonxona sektori faoliyatini esa 1,3 barobarga oshirish orqali turizm infratuzilmasining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi iqtisodiy va innovatsion jozibador strategiya ishlab chiqishga erishilgan;
mintaqa iqtisodiyotini barqaror rivojlantirishda turizm infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarining 2030-yilgacha bo‘lgan prognoz qiymatlari ishlab chiqilgan (Xorazm viloyati hokimligining 2025-yil 4-iyuldagi 7-2606-son ma’lumotnomasi). Natijada, 2030-yilga kelib, mintaqada turizm infratuzilmasini barqaror rivojlantirish ko‘rsatkichlarini 1,3 baravarga oshirish mumkinligi aniqlangan va kelajakda turizm sohasida qo‘shimcha 100 nafar yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini bergan.