Mirzaraximova Aziza Baxrom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): ““Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlarning tadqiqoti”, 08.00.16 – Raqamli iqtisodiyot va xalqaro raqamli integratsiya.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3147.
Ilmiy rahbar: Rixsimbaev Odiljon Kabildjanovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Ismailov Xusanboy Maxammadqosim o‘g‘li, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlardan foydalanish yuzasidan ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “elektron sog‘liqni saqlash tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish orqali sog‘liqni saqlash muassasalarida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va aholi sog‘lig‘ini saqlashda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion boshqaruv mexanizmi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan ishlash tizimini kalendar rejalarda olib borishga asoslangan sog‘liqni saqlash statistikasini tuzish va tahlil qilishning axborot arxitekturasini ishlab chiqish orqali tibbiy statistik ma’lumotlarni yig‘ish uchun vaqt sarfi va xarajatlarni qisqartirish taklifi asoslangan;
tibbiyot xodimlarning profilaktik, chuqurlashtirilgan, maqsadli, skrining, dispanser va patronaj tibbiy ko‘riklari bo‘yicha vaqt sarfini kamaytirish orqali “elektron poliklinika” axborot tizimi platformasidagi axborot sifatining (X1->Y=-0,075) «salbiy», tizim sifati (X2->Y=0,255), xizmat sifati (X3->Y=0,131), foydalanish holati (X4->Y=0,237), foydalanuvchilar qoniqishining (X5->Y=0,291) “ijobiy” ta’sirlari chegarasida iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash asoslangan;
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirish omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modellari asosida soha asosiy parametrlarining 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
“Elektron sog‘liqni saqlash” tizimini takomillashtirishda yangi texnologik yondashuvlardan foydalanishni tadqiq etish bo‘yicha olingan natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “elektron sog‘liqni saqlash tizimi” tushunchasining iqtisodiy mazmunini axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini raqamlashtirish orqali sog‘liqni saqlash muassasalarida resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish, xarajatlarni optimallashtirish va aholi sog‘lig‘ini saqlashda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiluvchi innovatsion boshqaruv mexanizmi nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy-uslubiy ishlanmalardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Informatsionno-kommunikatsionnie texnologii i sistemi v ekonomike” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 18-avgustdagi 356-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga tatbiq etilishi natijasida talabalarda innovatsion boshqaruv mexanizmi nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “elektron sog‘liqni saqlash tizimi” tushunchasi yuzasidan nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
tibbiyot xodimlarining bemorlar bilan ishlash tizimini kalendar rejalarda olib borishga asoslangan sog‘liqni saqlash statistikasini tuzish va tahlil qilishning axborot arxitekturasini ishlab chiqish orqali tibbiy statistik ma’lumotlarni yig‘ish uchun vaqt sarfi va xarajatlarni qisqartirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash Boshqarmasi Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi tarkibidagi davolash profilaktika muassasalarida amaliyotga tadbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 2-iyundagi 05-28/12301-son ma’lumotnomasi). Mazkur tizimdan foydalanish asosida sog‘liqni saqlash tizimini tibbiy statistik ma’lumotlarni yig‘ish uchun sarflanadigan vaqt 40% ga, xarajatlar 30% ga kamayishiga erishilgan;
tibbiyot xodimlarning profilaktik, chuqurlashtirilgan, maqsadli, skrining, dispanser va patronaj tibbiy ko‘riklari bo‘yicha vaqt sarfini kamaytirish orqali “elektron poliklinika” axborot tizimi platformasidagi axborot sifatining (X1->Y=-0,075) «salbiy», tizim sifati (X2->Y=0,255), xizmat sifati (X3->Y=0,131), foydalanish holati (X4->Y=0,237), foydalanuvchilar qoniqishining (X5->Y=0,291) “ijobiy” ta’sirlari chegarasida iqtisodiy samaradorlikni ta’minlash taklifi O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash Boshqarmasi Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi tarkibidagi davolash profilaktika muassasalarida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 2-iyundagi 05-28/12301-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik asosida ishlab chiqilgan takliflar asosida https://id.medhub.uz/ platformasi takomillashtirilgan va tizim orqali aholining vrach qabuliga yozilish holati 2024-yilning yanvar oyiga nisbatan 2025-yilning yanvar oyida qariyb 55 foizga oshgan;
O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimida raqamli texnologiyalardan foydalanishni rivojlantirish omillari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikning ekonometrik modellari asosida soha asosiy parametrlarining 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli Toshkent viloyati Sog‘liqni saqlash Boshqarmasi Toshkent tumani tibbiyot birlashmasi tarkibidagi davolash profilaktika muassasalarida amaliyotga tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2025-yil 2-iyundagi 05-28/12301-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy yangilik natijasida texnologiya asosida yaratilgan tizimdan foydalanish orqali elektron sog‘liqni saqlash tizimidagi sun’iy intellektni joriy etish shifokorlarga sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanmagan holda tashxis qo‘yish aniqligi 74 % dan, sun’iy intellektdan foydalangan holda bemorlarga tashxis qo‘yishda esa 76 % aniqlikni ko‘rsatishi aniqlangan.