Diyarova Mahliyo Islamovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qurilish korxonalari boshqaruv faoliyatining moliyaviy natijadorligini oshirish yo‘llari”, 08.00.13 – “Menejment” va 08.00.07 – “Moliya, pul muomalasi va kredit”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Iqt4786.
Ilmiy rahbar: Zaynalov Jaxongir Rasulovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Xalqaro Nordik universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/29.12.2022.I.157.01 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Xamidova Zulfiya Axmadjanovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent; Absalomov Akram Tolliboevich, iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Alfraganus universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qurilish korxonalari boshqaruv faoliyatining moliyaviy natijadorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
turar-joylarni xaridorlarga sotishning o‘rtacha bahosini pasaytirishda turar-joy qurilishining joylashuviga ko‘ra «1,0 – shahar markazida», «0,9 – shahar markazidan 2 km uzoqda», «0,8 – shahar markazidan 4 km uzoqda» hamda «0,7 – shahar markazidan 5 km uzoqda» koeffisientlari asosida joylashuv joylarini tavsiflash jadvalini qo‘llash orqali aholiga taqdim etish taklifi ilmiy asoslangan;
moliyaviy xarajatlarni ularning aniq shakllanish manbalari va xatarlarni baholashga ko‘ra optimallashtirish hamda qurilish jarayonidagi kechikishlar, materiallar yo‘qotilishini kompleks monitoring qilish orqali minimallashtirishga qaratilgan ikki bosqichli modelni qo‘llash asosida isteʼmolchi-buyurtmachilar talablarini qondirish muddatini qisqartirish taklifi asoslangan;
qurilish korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish va ish jarayonlarini samarali boshqarish maqsadida xodimlarni ish vaqtidan foydalanish ritmik koeffisientiga muvofiq «taʼrif stavkasi», «mukofot miqdori» hamda «ish vaqti meʼyori»ga ko‘ra baholash hamda «Pk=1.0» yoki «Pk>1.0» bo‘lsa avtomobil haydovchilarini taʼrif stavkasi bo‘yicha 0 ≤ Pbonus ≤ 0.25 shkalada rag‘batlantirish tizimini joriy etish taklifi ilmiy asoslangan;
turar joylarni tavsiflash jadvaliga ko‘ra aholiga taqdim etiladigan turar-joylarni optimal joylashtirishning strategik boshqaruv echimi sifatida Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi asosida besh darajali turar-joy modelini joriy etish taklif etilgan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Qurilish korxonalari boshqaruv faoliyatining moliyaviy natijadorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
turar-joylarni xaridorlarga sotishning o‘rtacha bahosini pasaytirishda turar-joy qurilishining joylashuviga ko‘ra «1,0 – shahar markazida», «0,9 – shahar markazidan 2 km uzoqda», «0,8 – shahar markazidan 4 km uzoqda» hamda «0,7 – shahar markazidan 5 km uzoqda» koeffisientlari asosida joylashuv joylarini tavsiflash jadvalini qo‘llash orqali aholiga taqdim etish taklifi “TEMP” xususiy korxonasi tomonidan “Elegant” turar-joy kompleksini qurish amaliyotida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 06/2060-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida uy-joylarni xaridorlarga sotishning o‘rtacha bahosini 6.3 %ga pasaytirishga erishilgan.
moliyaviy xarajatlarni ularning aniq shakllanish manbalari va xatarlarni baholashga ko‘ra optimallashtirish hamda qurilish jarayonidagi kechikishlar, materiallar yo‘qotilishini kompleks monitoring qilish orqali minimallashtirishga qaratilgan ikki bosqichli modelni qo‘llash asosida isteʼmolchi-buyurtmachilar talablarini qondirish muddatini qisqartirish taklifi “TOLIB BOBO” MChJ tomonidan “Manzara” turar-joy majmuasini qurish amaliyotida joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 06/2060-son maʼlumotnomasi). Mazkur taklifni qo‘llash natijasida isteʼmolchi-buyurtmachilarning talablarini qondirish muddati o‘rta hisobda 26 kunga qisqartirilgan va har bir isteʼmolchining uy-joy xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini 2,480 mln. so‘mga tejashga, qurilishning iqtisodiy samaradorligini, ish sifati va mehnat unumdorligini oshirishga erishilgan;
qurilish korxonalarida mehnat unumdorligini oshirish va ish jarayonlarini samarali boshqarish maqsadida xodimlarni ish vaqtidan foydalanish ritmik koeffisientiga muvofiq «taʼrif stavkasi», «mukofot miqdori» hamda «ish vaqti meʼyori»ga ko‘ra baholash hamda «Pk=1.0» yoki «Pk>1.0» bo‘lsa avtomobil haydovchilarini taʼrif stavkasi bo‘yicha 0 ≤ Pbonus ≤ 0.25 shkalada rag‘batlantirish tizimini joriy etish taklifi “AGROMIR BUILDINGS” MChJ tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 06/2060-son maʼlumotnomasi). Natijada avtomobil haydovchilarining faoliyat ko‘rsatish sifati, qurilish materiallarini qurilish obektlariga o‘z muddatida etkazib berish surʼatlari o‘rta hisobda 11 %ga oshgan hamda etkazib berilayotgan qurilish materiallarini yo‘qotilish darajasi 6 %gacha pasayib qurilish materiallarini etkazib berish va xizmatlar sifatini oshirish imkoniyati yaratilgan;
turar joylarni tavsiflash jadvaliga ko‘ra aholiga taqdim etiladigan turar-joylarni optimal joylashtirishning strategik boshqaruv echimi sifatida Maslou ehtiyojlar ierarxiyasi asosida besh darajali turar-joy modelini joriy etish taklifi “TEMP” xususiy qurilish korxonasi tomonidan amaliyotga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligining 2025-yil 21-fevraldagi 06/2060-son maʼlumotnomasi). Natijada aholiga taqdim etiladigan uy joylarni optimal joylashtirish imkoni yaratilib, uy-joylarni qurish uchun qilingan xarajatlar miqdorini 10,2 %ga pasaytirishga hamda korxona sof daromadini 7,0 %ga oshirishga erishilgan.