Mamasoliev Baxodir Mamayusupovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Varikoz kassaligi bo‘lgan bemorlarda tizza bo‘g‘imi osteoartrozi davosini takomillashtirish», 14.00.27 – Xirurgiya, 14.00.22 – Travmatologiya va ortopediya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Tib1956.
Ilmiy rahbarlar: Kurbaniyazov Zafarjon Babajanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xodjanov Iskandar Yunusovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Buranov Xayrullo Jumaboevich, tibbiyot fanlari doktori. Akramov Voxidjon Rustamovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Smolensk davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 
tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartrozining oyoq venalari varikoz kasalligi bilan birgalikda kelganida kombinatsiyalangan davolashning optimal strategiyasini ishlab chiqishdan iborat. 
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi: 
tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartrozi va oyoq venalarining varikoz kasalligi o‘zaro ta’sirining patogenetik xususiyatlari artikulyar to‘qimalarning angiomatoz, tomir va tog‘ay fibrozi, reparativ to‘qima, limfo-makrofagal infil`tratsiya va subxondral suyakning mikro sinishlarini o‘z ichiga olgan morfologik o‘zgarishlariga asoslangan;
qo‘shma patologiyali bemorlarni davolash taktikasini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, u eng samarali yondashuv - konservativ, ketma-ket yoki simultan jarrohlik amaliyotini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan;
ilk bor reabilitatsiya davrini qisqartirish va asoratlar xavfini kamaytirish imkonini beruvchi tizza bo‘g‘imining artroskopiyasi yoki artroplastikasini va fleboektomiyani o‘z ichiga olgan simultan jarrohlik amaliyoti samaradorligi asoslangan;
tizza bo‘g‘imi osteoartrozi va oyoq venalarining varikoz kasalligi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik amaliyotidan oldingi tayyorlash va jarrohlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiyaga individual yondashuvlardan foydalanishga asoslangan, bu esa davolash samaradorligini va bemorlarning hayot sifatini oshirishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. 
Varikoz kassaligi bo‘lgan bemorlarda tizza bo‘g‘imi osteoartrozi davosini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 15.01.2025 y. 11/59-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: tizza bo‘g‘imi deformatsiyalovchi osteoartrozi va oyoq venalarining varikoz kasalligi o‘zaro ta’sirining patogenetik xususiyatlari artikulyar to‘qimalarning angiomatoz, tomir va tog‘ay fibrozi, reparativ to‘qima, limfo-makrofagal infil`tratsiya va subxondral suyakning mikro sinishlarini o‘z ichiga olgan morfologik o‘zgarishlariga asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy markazi Samarqand filiali (04.04.2024 y. 15-son buyrug‘i), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (05.04.2024 y. 62-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tizza bo‘g‘imi osteoartrozi va oyoq venalarining varikoz kasalligi bo‘lgan bemorlarni tashxislash va davolash algoritmi jarrohlik taktikasini tanlash mezonlari va tekshiruv bosqichlarini o‘z ichiga olgan holda ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: davolanishni optimallashtirish shifoxonada davolanishning o‘rtacha davomiyligini 18% ga qisqartirishga imkon berdi, bu esa shifoxonada davolanish xarajatlarini kamaytirish va reabilitatsiya vaqtini qisqartirish hisobiga har bir bemor uchun 950000 so‘mgacha iqtisod qilishni ta’minlaydi. Xulosa: oyoq venalarining varikoz kasalligi bilan asoratlangan osteoartrozi bilan og‘rigan bemorlarda tizza bo‘g‘imi sinovial qobig‘ining gistologik tekshiruvi venoz patologiyasi bo‘lmagan guruhga nisbatan yaqqolroq yallig‘lanish-degenerativ o‘zgarishlarni aniqladi. Xususan, sinovial infil`tratsiya zichligi va fibroz o‘zgarishlarning ko‘payishi 85% (20 tadan 17 tasi) hollarda qayd etilgan, bu bo‘g‘im tog‘ayi destruksiyasi darajasining 2,2±0,4 ballga oshishi bilan birga kechgan (varikoz kasalligi bo‘lmagan nazorat guruhida 1,1±0,3 ballga nisbatan, p<0,01). Ushbu dalil sinovial qobiqdagi morfologik o‘zgarishlarning osteoartrozning rivojlanishiga sezilarli ta’sirini ko‘rsatadi.
ikkinchi ilmiy yangilik: qo‘shma patologiyali bemorlarni davolash taktikasini tanlash algoritmi ishlab chiqilgan bo‘lib, u eng samarali yondashuv - konservativ, ketma-ket yoki simultan jarrohlik amaliyotini aniqlash mezonlari ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy markazi Samarqand filiali (04.04.2024 y. 15-son buyrug‘i), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (05.04.2024 y. 62-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tizza bo‘g‘imi artroskopiyasi yoki artroplastikasini fleboektomiya bilan birlashtirgan simultan jarrohlik amaliyotlari joriy etilgan, bu jarrohlik aralashuvlar sonini va asoratlar xavfini kamaytirishga imkon beradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: algoritmni qo‘llash orqali davolashni optimallashtirish takroriy jarrohlik amaliyotlar sonini kamaytirish va jarrohlik aralashuvlarini optimallashtirish orqali bitta bemorni davolash uchun o‘rtacha xarajatlarni 1200000 so‘mga kamaytirdi. Xulosa: tizza bo‘g‘imi (rentgenografiya, ul`tratovush vizualizatsiyasi, klinik shkalalar) va oyoq venalari (dupleks skanerlash, venoz oqimni baholash) holatini kompleks baholashni o‘z ichiga olgan klinik-diagnostik tekshiruvning ishlab chiqilgan algoritmi qo‘shma o‘zgarishlarni tashxislash aniqligini 22% ga oshirdi (68% dan 90% gacha, p<0,05). Ushbu yondashuv 93% (30 tadan 28 tasi) bemorlarda operatsiyadan oldingi tayyorgarlik va davolash taktikasini to‘g‘ri belgilash, kompleks davolashni optimal yo‘naltirish va rejalashtirishni ta’minlash imkonini berdi. 
uchinchi ilmiy yangilik: ilk bor reabilitatsiya davrini qisqartirish va asoratlar xavfini kamaytirish imkonini beruvchi tizza bo‘g‘imining artroskopiyasi yoki artroplastikasini va fleboektomiyani o‘z ichiga olgan simultan jarrohlik amaliyoti samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy markazi Samarqand filiali (04.04.2024 y. 15-son buyrug‘i), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (05.04.2024 y. 62-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jarrohlik amaliyotdan oldingi tayyorgarlik va tromboembolik asoratlarning jarrohlik amaliyoti ichi profilaktikasi, shu jumladan mikrotsirkulyasiyani yaxshilash va venoz dimlanishni bartaraf etish yondashuvlari optimallashtirilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: usul shifoxonaga yotqizishlarning umumiy sonini qisqartirish va tezroq tiklanish hisobiga har bir bemor uchun davolanish xarajatlarini 1500000 so‘mga kamaytirish imkonini bergan. Xulosa: artroskopiya yoki tizza bo‘g‘imini endoprotezlash va fleboektomiyani o‘z ichiga olgan kombinatsiyalangan jarrohlik aralashuvlarini o‘tkazishga aniq belgilangan ko‘rsatmalar va mezonlar operatsiyadan keyingi asoratlar chastotasini sezilarli darajada kamaytirishni ta’minladi. Xususan, asoratlar chastotasi 78% ga kamaydi (23% dan 5% gacha, p<0,01), tromboz xavfi esa asosiy guruhda 6,5% dan (3 bemor) 0% gacha kamaydi. Ushbu natija qo‘shma patologiyada simultan operatsiyalarning xavfsizligi va maqsadga muvofiqligini ta’kidlaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: tizza bo‘g‘imi osteoartrozi va oyoq venalarining varikoz kasalligi bo‘lgan bemorlarni jarrohlik amaliyotidan oldingi tayyorlash va jarrohlik amaliyotidan keyingi reabilitatsiyaga individual yondashuvlardan foydalanishga asoslangan, bu esa davolash samaradorligini va bemorlarning hayot sifatini oshirishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy amaliy markazi Samarqand filiali (04.04.2024 y. 15-son buyrug‘i), Samarqand davlat tibbiyot universiteti ko‘p tarmoqli klinikasi (05.04.2024 y. 62-son buyrug‘i) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: bemorlarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bo‘g‘imlar funksiyasini tiklash va venoz oqimni normallashtirishga qaratilgan jarrohlik davolashdan keyingi reabilitatsion chora-tadbirlar to‘plami ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasalxonada davolanish muddatini qisqartirish va asoratlarni davolash xarajatlarini kamaytirish har bir bemor uchun 1300000 so‘mgacha iqtisod qilish imkonini berdi, bu esa taklif etilgan yondashuvlarni iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydi. Xulosa: klinik va instrumental ma’lumotlarga asoslangan kombinatsiyalangan davolash strategiyasining samaradorligini tahlil qilish bemorlarning funksional parametrlari va hayot sifatini sezilarli darajada yaxshilashini ko‘rsatdi. 14-kunga kelib, asosiy guruhda tizza bo‘g‘imida bukilish burchagi nazorat guruhida 120,47 ± 19,86° ga nisbatan 100,12 ± 15,08° ni tashkil etdi (p<0,01), mustaqil yurishning tiklanish muddati 9,02 ± 3,95 dan 5,14 ± 2,07 kungacha qisqardi (p<0,001). WOMAC shkalasi bo‘yicha 3 oydan so‘ng asosiy guruhda o‘rtacha ko‘rsatkichlar 24,36±3,27 ballgacha, nazorat guruhida 38,41±5,16 ballgacha pasaydi (r<0,05), VASh bo‘yicha esa og‘riq darajasi mos ravishda 2,83±0,34 va 4,48±0,42 ballgacha kamaydi. Sinovit chastotasi asosiy guruhda 3,09% ni tashkil etdi, nazorat guruhida 14,89%, tromboz va O‘ATE kuzatilmadi (6,5% va 2,2% ga qarshi 0%).

Yangiliklarga obuna bo‘lish