Sadikova Surayyo Zakirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Achchiq qalampirning (Capsicum annuum L.) zamburug‘li kasalliklari va ularga qarshi kimyoviy kurash choralarini ishlab chiqish (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari sharoitida)”, 06.01.09 – O‘simliklarni himoya qilish (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2020.2.PhD/Qx585.
Ilmiy rahbar: Raxmatov Asror Axrorovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘simliklar karantini va himoyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Eshchanov Baxodir Ro‘zimboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent; Mamatov Kamol Shavqievich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlari sharoitlarida achchiq qalampirning zamburug‘li kasalliklari, ularni qo‘zg‘atadigan zamburug‘larning tur tarkibi, kasalliklarning tarqalishi, rivojlanishi va keltiradigan zararini aniqlash hamda ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasining, Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarining barcha achchiq qalampir ekiladigan xududlarida fuzarioz, al`ternarioz, fitoftoroz va kulrang chirish eng keng tarqalgan kasalliklari ekanligi hamda patogen zamburug‘larning tur tarkibi aniqlangan;
Qoraqalpog‘iston Respublikasining, Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlarining barcha achchiq qalampir ekiladigan xududlarida fuzarioz kasalligining 3,0-70,0%, fitoftoroz kasalligining 3,0-50,4%, kulrang chirish kasalligining 1,2-35,6%, al`ternarioz kasalligining 1,0-25,5% va meva uchki chirishining 4,2-30,2% gacha tarqalishi aniqlangan;   
achchiq qalampirda kasallik qo‘zg‘atuvchi F.oxysporum, Ph.capsici, A.alternata va B.cinerea zamburug‘larining sof kul`turalari ajratilgan;
F.oxysporum va A.alternata zamburug‘larining achchiq qalampirdan ajratilgan izolyatlarini Chapek va kartoshkali sun’iy oziqa muhitlarida Ph.capsici va B.cinerea zamburug‘lari esa kartoshkali sun’iy oziqa muhitida yaxshi rivojlanishi aniqlangan; 
patogen zamburug‘lar sporalarining rivojlanishi uchun maqbul harorat F.oxysporum uchun 25-280C, Ph.capsici uchun 18-200C, A.alternata uchun 25-280C va B.cinerea uchun 20-230C ekanligi aniqlangan;
F.oxysporum va Ph.capsici patogen zamburug‘larining 30 va 100 kunda ham o‘z hayotchanligini o‘simlikning rizosferasida, ya’ni tuproqning 20 sm chuqurligida saqlanib qolishi aniqlangan; 
“Marg‘ilon 330” navining boshqa navlariga nisbatan al`ternarioz, fuzarioz va kulrang chirish kasalliklariga chidamli ekanligi aniqlangan;
urug‘dorilagich preparatlarning F.oxysporium zamburug‘iga ta’siri o‘rganilgan hamda achchiq qalampir urug‘lariga Selest top 312 FS, sus.k. urug‘dorilagich preparati bilan 0,6 l/t ga sarf-me’yorda ishlov berish orqali fuzarioz ildiz chirishning oldi olinishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Achchiq qalampirda uchraydigan asosiy zamburug‘li kasalliklarni o‘rganish va ularga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan ilmiy izlanishlar natijalari asosida:
“Achchiq qalampirni asosiy kasalliklardan himoya qilish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq ho‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi №05/06-04-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, mazkur tavsiyalar achchiq qalampir etishtiradigan dehqon va fermer xo‘jaliklari, klasterlar hamda qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar tomonidan qo‘llanma sifatida foydalanib kelinmoqda;
achchiq qalampir o‘simligida uchraydigan fuzarioz so‘lish kasalligiga qarshi Alfa vita 20% em.k., fitoftorozga qarshi Kvadris 25% sus.k., Bellis 380 g/kg s.d.g., kulrang chirish kasalligiga qarshi Fragman 50% s.d.g., Topsin M 70% n.kuk. preparatlarini qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyati, Yuqori Chirchiq tumanidagi “Big Agro” firmasining 63 gektar maydonida joriy etilgan (Qishloq ho‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi №05/06-04-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, achchiq qalampirda uchraydigan asosiy fuzarioz, fitoftoroz, al`ternarioz va kulrang chirish kasalliklariga qarshi yuqoridagi fungisidlar bilan ishlov berilishi natijasida 88,7% dan 92,3% gacha biologik samaradorlikka erishilgan;
achchiq qalampirning al’ternarioz va fitoftoroz kasalliklariga qarshi Akrobat MS 690, s.d.g., Bravo 50% sus.k., Kvadris 25% sus.k. hamda Al’ett n.kuk. preparatlarni qo‘llash texnologiyasi Toshkent viloyatining Parkent tumanidagi “Qoraqalpoq barakali zamin” fermer xo‘jaligida 0,6 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq ho‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 12 avgustdagi №05/06-04-389-son ma’lumotnomasi). Natijada, achchiq qalampirning al’ternarioz va fitoftoroz kasalliklariga qarshi Akrobat MS 690, s.d.g. preparati 1,5-2,0 kg/ga me’yorda qo‘llanilganda 86,1-91,6%, Bravo 50% sus.k. preparati 2,0-3,0 l/ga me’yorda qo‘llanilganda 82,2-88,4%, Kvadris 25% sus.k. preparati 0,6-0,8 l/ga me’yorda qo‘llanilganda 88,9-92,3 % hamda Al’ett n.kuk. preparati 800 1,5-2,0 kg/ga me’yorda qo‘llanilganda 83,0-90,1 % gacha biologik samaradorlikka erishilgan va nazorat variantiga nisbatan 6,5-7,2 s/ga miqdorida qo‘shimcha hosil olishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish