G‘ayipova Sohiba Rustambaevna
filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Korporativ imijda inqirozli kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rni” 10.00.09 – Jurnalistika (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Fil3940
Ilmiy rahbar: Gulnora Nishonova Usmanovna filologiya fanlari nomzodi, dotsent
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti, DSc.30/30.12.2019.Fil.14.01.
Rasmiy opponentlar: Muratova Nozima Faxritdinovna, filologiya fanlari doktori, dotsent. O‘sarov Olimjon Avalboevich, filologiya fanlari nomzodi
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: davlat boshqaruv organlarida korporativ imijni shakllantirish, inqirozli vaziyatlarda kommunikatsiya texnologiyalarining o‘rnini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash va amaliy mexanizmlarini ishlab chiqishdan iborat..
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
- davlat tashkilotlarida inqirozga qarshi barqaror boshqaruvni shakllantirish uchun ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, texnologik va madaniy omillarni kompleks tahlil etishga asoslangan “Shaffof kommunikatsiya va jamoatchilik ishtiroki strategiyasi” konseptual modeli ishlab chiqilgan;
- ijtimoiy fikrni proaktiv boshqarish va salbiy kontentga tezkor javob choralarini shakllantirishda innovatsion yondashuv sifatida Big Data texnologiyalariga asoslangan intellektual analitika platformasi konsepsiyasida dalillangan;
- inqirozli vaziyatlarda kommunikatsion jarayonlarni samarali tashkil etish uchun tezkor va ishonchli axborot uzatish, mas’uliyatni tan olish hamda empatik muloqotni ta’minlaydigan multikanalli aloqa texnologiyalariga asoslangan Ochiqlik va shaffoflik modeli isbotlangan;
- post-krizis davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali raqamli kommunikatsiyalarni boshqarishda reputatsion menejment va brend identifikatsiyasini kuchaytirishga qaratilgan PR texnologiyalar tizimi ishlab chiqilib, uning tizimlilik tamoyillari tahlillar orqali dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy etilishi. Korporativ imijni shakllantirish va inqirozli kommunikatsiyalarni takomillashtirish doirasida ishlab chiqilgan takliflar asosida:
tashkilot barqarorligini ta’minlashning kafolati sifatida davlat tashkilotlarida krizisga qarshi “Shaffof kommunikatsiya va jamoatchilik ishtiroki strategiyasi”ni ishlab chiqishda va tahlil qilish samaradorligi ilmiy-amaliyotda qo‘llash bo‘yicha takliflardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-2024 yillardagi kommunikatsiya strategiyasini ishlab chiqishda foydalanilgan. (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 7-yanvardagi №05-22/343-sonli ma’lumotnomasi). Natijada vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati samaradorligini oshirishga va inqirozli vaziyatlarni boshqarish mexanizmlarini takomillashtirish tashkilot matbuot kotibi ishini samarali yo‘lga qo‘yish jarayonida tatbiq etilgan;
“Hududdiy elektr tarmoqlari” AJ faoliyatida yuzaga kelgan inqirozli vaziyatlarning tabiati va dinamikasidan kelib chiqib, ilmiy izlanishdagi Big-data analitika vositalaridan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlarda boshqaruv organlari haqi-dagi fikrlarni monitoring qiluvchi, negativ va pozitiv ma’lumotlarni avtomatik aniqlovchi va javob choralarini taklif etuvchi platforma borasidagi takliflarni inobatga olgan holda PR strategiyalar ishlab chiqishda foydalanilgan. (“Hududdiy elektr tarmoqlari” AJning 2024-yil 6-yanvardagi 01-05-22/21-son ma’lumotnomasi). Natijada aksiyadorlik jamiyatining korporativ imijini monitoring qilish va baholash tizimi takomillashtirilgan, inqirozli vaziyatlarni oldindan aniqlash va bartaraf etish mexanizmlari joriy etilishiga xizmat qilgan;
ishdagi ijtimoiy tarmoqlarda raqamli kommunikatsiya platformalaridan foydalanib, korporativ imijni himoyalashning inqiroz signallarini erta aniqlash, axborot tarqalish sur’atini tahlil qilish va preventiv choralarni qo‘llash mexanizmlari borasidagi takliflardan “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ axborot xizmati faoliyatida foydalanilgan (“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJning 2024-yil 7-yanvardagi №04/25-son ma’lumotnomasi). Natijada tashkilotning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari takomillashtirilib, doimiy axborot uzatish orqali iste’molchilar bilan barqaror kommunikatsiyaga erishilgan;
inqirozlarning samarali boshqarish maqsadida korporativ imij uchun xavf darajasini miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari asosida baholash, ularning rivojlanish bosqichlariga mos javob choralarini ishlab chiqish uslubiyati borasidagi “Inqirozli kommunikatsiya dasturi” Yangi media ta’lim markazi tomonidan amalda sinab ko‘rilgan va o‘quv dastur ishlab chiqishda foydalanilgan. (Yangi media ta’lim markazi NNTning 2025-yil 8-yanvardagi №23/42-son ma’lumotnomasi). Natijada, tashkilotlar matbuot kotiblarini uchun tashkil etilgan seminar-treninglarda foydalanib, imijni muhofaza qilishda asosiy manba sifatida xizmat qilgan.