Teshaev Azizbek To‘ynor o‘g‘lining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetentligini rivojlantirishda “O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirish” 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (tarix) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/Ped 1434
Ilmiy rahbar: Dilova Nargiza Gaybullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.09.2024.Tar.72.07.
Rasmiy opponentlar: Raxmonov Kamol Jamolovich, dotsent, pedagogika fanlari doktori (DSc); Atakulova Nargizaxon Alijanovna, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Yetakchi  tashkilot:  Shaxrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetentligini rivojlantirishda "O‘zbekiston tarixi" fanini o‘qitish metodikasini takomillashtirishdan  iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishda talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarni tarkib toptirishning ijtimoiy ahamiyati shaxsning kognitiv, shaxsiy, funksional, axloqiylik rivojlanganlik ko‘rsatgichlarini o‘zaro gorizontal  va vertikal interpretatsiyalash natijadorligi darajasini belgilash orqali aniqlashtirilgan; 
“O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish metodikasi mazmuni talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish strategiyasining jamiyat taraqqiyotidagi dinamik o‘zgarishlarni bilishga oid: ma’suliyat, daxldorlikni his etish, fuqarolik burch va huquqlarni bilish, muloqotchanlik, funksionallik ko‘nikmalariga egalik darajasini baholashda kognitiv, motivatsion, refleksiv mezonlarning ijtimoiy ahamiyatini ta’minlovchi ta’limiy  yangilanishlarni anglash orqali takomillashtirilgan;
talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ ta’lim modeli “O‘zbekiston tarixi” faniga oid pedagogikaning kognitiv, shaxsiy, madaniy va kompetentlik paradigmalarini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga oid didaktik imkoniyatlarini aniqlash orqali takomillashtirilgan; 
O‘zbekiston tarixi” fanidan talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayonida “madaniy-aksiologik (qadriyatlar va madaniyatni o'rganish) hamda ijodiy-akmeologik (ijodiy fikrlash va shaxsiy kamolotga erishish) yondashuvlarni integrativ qo‘llash orqali yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalarni kiritish orqali takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbekiston tarixi fanini o‘qitish jarayonida talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalarini takomillashtirishga oid olingan ilmiy natijalar asosida:
“O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitishda talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyalarni tarkib toptirishning ijtimoiy ahamiyati shaxsning kognitiv, shaxsiy, funksional, axloqiylik rivojlanganlik ko‘rsatgichlarini o‘zaro gorizontal  va vertikal interpretatsiyalash natijadorligi darajasini belgilash orqali aniqlashtirilgan takliflardan Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29- noyabrdagi 11-05-6866/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, uzlyuksiz ta’lim jarayoni subektlarining, jumladan, bo‘lajak tarix fani o‘qituvchilarining ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim modeli, “O‘zbekiston tarixi” fani asosida talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi takomillashtirilgan;
“O‘zbekiston tarixi” fanini o‘qitish metodikasi mazmuni talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish strategiyasining jamiyat taraqqiyotidagi dinamik o‘zgarishlarni bilishga oid: ma’suliyat, daxldorlikni his etish, fuqarolik burch va huquqlarni bilish, muloqotchanlik, funksionallik ko‘nikmalariga egalik darajasini baholashda kognitiv, motivatsion, refleksiv mezonlarning ijtimoiy ahamiyatini ta’minlovchi ta’limiy  yangilanishlarni anglash orqali takomillashtirilgan tavsiyalardan 60220300 – Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan “Tarix o‘qitish metodikasi” nomli o‘quv qo‘llanmasi mazmunini boyitishga xizmat qilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29- noyabrdagi 11-05-6866/04-sonli ma’lumotnomasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 7-maydagi 149-sonli buyrug‘i asosida (№149089-raqamli nashr guvohnomasi) Natijada, talabalar ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasining tarkibiy tuzilishi va mazmunini takomillashtirish imkoni kengaytirilgan, ilmiy amaliy tadqiqotlar jarayonida yoshlarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantiruvchi ta’lim muhiti va metodik sharoit yaratilgan;
talabalarda ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyani rivojlantirishga yo‘naltirilgan integrativ ta’lim modeli “O‘zbekiston tarixi” faniga oid pedagogikaning kognitiv, shaxsiy, madaniy va kompetentlik paradigmalarini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan ijtimoiy mas’uliyatni oshirishga oid didaktik imkoniyatlarini aniqlash orqali takomillashtirilgan takliflar Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-noyabrdagi 11-05-6866/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ortgan.
O‘zbekiston tarixi” fanidan talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish metodikasi ta’lim jarayonida “madaniy-aksiologik (qadriyatlar va madaniyatni o'rganish) hamda ijodiy-akmeologik (ijodiy fikrlash va shaxsiy kamolotga erishish) yondashuvlarni integrativ qo‘llash orqali yoshlarda mafkuraviy immunitetni mustahkamlashga yo‘naltirilgan metodik tavsiyalarni kiritish orqali takomillashtirilgan takliflar Qori Niyoziy nomidagi tarbiya pedagogikasi milliy institutida bajarilgan FZ-2016-0909111822 raqamli “Darsliklar va o‘quv adabiyotlari mazmuniga Sharq pedagogik tafakkuri durdonalarini singdirish orqali o‘quvchilarda ommaviy madaniyatga qarshi kurashchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish mexanizmlari” mavzusidagi fundamental loyihani amalga oshirishda foydalanilgan (Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining 2024-yil 29-noyabrdagi 11-05-6866/04-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, talabalarning ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini rivojlantirish samaradorligi ortgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish