Raximova Xilolaxon Rustamjonovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Phlomoides canescens o‘simligining kimyoviy tarkibi va komponentlarining biologik faolligi», 02.00.10 – Bioorganik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/K944.
Ilmiy rahbar: Ibragimov Alidjan, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertasiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Farg‘ona davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.05.01.
Rasmiy opponentlar: Aripova Salimaxon, kimyo fanlari doktori, professor; Abdullaev Shavkat Vaxidovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Qo‘qon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: Oʻzbekiston florasida o‘suvchi Phlomoides canescens o‘simligi kimyoviy tarkibini hamda komponentlarini biologik faolligini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
respublikamiz florasida o‘suvchi Phlomoides canescens o‘simligining er ustki qismidan 3 ta mazkur tur uchun yangi modda individual holda ajratib olingan hamda ularning tuzilishi zamonaviy  fizik-tadqiqot usulari bilan isbotlangan;
ilk bor Phlomoides canescens o‘simligi gullari va barglari efir moyi fraksiyasining kimyoviy tarkibi xromato-mass-spektrometriya usuli orqali o‘rganilib, 54 ta komponent mavjudligi va ularning miqdoriy tarkibi aniqlangan;
ilk bor Phlomoides canescens o‘simligining oqsil miqdori, aminokislotalar, flavonoidlar hamda vitamin tarkibi aniqlangan va o‘simlik asosiy oqsil tuzuvchi aminokislotlar va suvda eruvchan vitaminlar manbai ekanligi isbotlangan;
Phlomoides canescens o‘simligi gul, poya va barglari tarkibidagi 44 ta makro- va mikroelementning miqdoriy tarkibi induktiv bog‘langan plazmali mass-spektrometriya usuli yordamida aniqlangan;
Phlomoides canescens o‘simligi ekstraktiv moddalar yig‘indisining o‘tkir zaharlilik ko‘rsatkichi baholanishi natijasida zaharli bo‘lmagan moddalar toifasiga mansub ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Phlomoides canescens o‘simligining kimyoviy birikmalari, biologik faolligini o‘rganish va biologik faol qo‘shimcha ishlab chiqish bo‘yicha olingan natijalar asosida quyidagilar joriy qilingan:
“Raxal” biologik faol qo‘shimachasi nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklariga qarshi kurashish xususiyatga ega ekanligi aniqlanib, mazkur preparat uchun texnik yo‘riqnoma ishlab chiqilgan hamda O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan tasdiqlangan (TY 203948386-07:2025). Natijada, nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklariga qarshi ishlatiladigan oziq-ovqat qo‘shilmasi ishlab chiqarish imkonini bergan;
Phlomoides canescens o‘simligining kimyoviy tarkibini aniqlash natijlaridan “Bioorganik kimyo” nomli o‘quv qo‘llanma tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025 yil 9 iyuldagi 258-sonli buyrug‘i). Natijada, oliy o‘quv yurtlarida bioorganik kimyo bo‘yicha mutaxassislarning bilimlarini mustahkamlash imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish