Ismailova Nafisa Anvarovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Metall konstruksiyalarning bo‘yoq va lak qoplamalarini korroziyaga qarshi himoya xususiyatlariga ingibitorlarning ta’siri», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/K561.
Ilmiy rahbar: Sidikov Abdujalol Sidikovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Eshmamatova Nodira Baxromovna, kimyo fanlari doktori, dotsent; Azimov Lazizbek Azamat o‘g‘li, kimyo fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Umumiy va noorganik kimyo instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: metall konstruksiyalarning lak-bo‘yoq qoplamalarining korroziyaga qarshi himoya xususiyatlariga ingibitorlar ta’sirining fizik-kimyoviy asoslarini baholashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
EP-750 epoksid qoplamasiga nitrobenzol va kaptaksni ingibitor qo‘shimchasi sifatida qo‘llanganda qoplamaning korroziyaga chidamliligi va ekspluatatsion samaradorligi 6 % ga oshganligi isbotlangan;
SO2 ni S2- ionigacha qaytarilganda, katod reaksiyasi uchun kuchli qayta qutblanishi baholanib, agressiv muhitlarda korroziya kinetikasini jadallashtiruvchi omil ekanligi aniqlangan;
ingibitor molekulalarining qoplama plyonkasi orqali metall sirtiga diffuziyalanib, faol markazlarda adsorbsiyalanishi natijasida qo‘shimcha diffuzion to‘siq hosil bo‘lishi isbotlandi, himoya effektining fizik-kimyoviy asoslari yangicha talqin qilingan;
ingibitor molekulalari emal komponentlari bilan kimyoviy o‘zaro ta’sirga kirmasligi va shuning oqibatida qoplamaning asosiy fizik-kimyoviy hamda mexanik xossalari o‘zgarmasligi isbotlangan.  
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Metall konstruksiya va uskunalarni tuzli va boshqa agressiv eritmalarda korroziyadan himoya qilish uchun ko‘p komponentli kompozision organik qoplamalarni yaratish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
nitrobenzol va kaptaksni EP-750 emaliga qo‘shimcha sifatida qo‘llash metodikasi Elektrokimyozavod AJ QKda amaliyotga joriy etilgan (Elektrokimyozavod AJ QKning 2023 yil 1 noyabrdagi 219-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, nitrobenzol va kaptaksni EP-750 emaliga qo‘shimcha sifatida qo‘shib, ingibotor olish imkoniyati yaratilgan; 
EP-750 emaliga nitrobenzol va kaptaksni qo‘shimcha sifatida qo‘shish orqali olingan ingibitor Elektrokimyozavod AJ QKning «2025–2026 yillarda amaliyotga joriy etilayotgan istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati»ga kiritilgan (Elektrokimyozavod AJ QKning 2025 yil 28 apreldagi 49-son ma’lumotnomasi). Natijada, import o‘rnini bosuvchi mahsulot ishlab chiqarish imkonini beradi. 

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish