Ziyaeva Sitora Fayzilloevnanig
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): «Kam foydalaniladigan xomashyoni qayta ishlash jarayonlarining fizik-kimyoviy asoslari», 02.00.04 - Fizik kimyo (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/K390.
Ilmiy rahbar: Vasina Svetlana Mixaylovna, kimyo fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Samarqand davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.K.02.05. 
Rasmiy opponentlar: Muxamadiev Nurali Qurbonalievich, kimyo fanlari doktori, professor; Normahmadov  Ro‘ziboy Normahmadovich, texnik fanlari doktori, professor. 
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik. 
II. Tadqiqotning maqsadi: kam foydalaniladigan mahalliy meva va rezavor xom ashyoni qayta ishlashning fizik-kimyoviy asoslarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kinetik va termodinamik ko‘rsatkichlar (Km past, kcat/Km yuqori, Ea ≈ 8,5 kJ/mol) pektinaza va amilazaning samaradorligi isbotlandi, hamda T–pH–vaqt kattaliklarining maqbul qiymatlari baholangan;
qo‘shma ferment ishlovi (amilaza+pektinaza) yakka fermentga nisbatan sharbat sifatini oshirib, uning qovushqoqligini pasaytirganligi va tiniqlikni yaxshilaganligi aniqlangan;
chiqindidan olingan fermentlarni qayta tiklash va ularni ishlatish yuqori faollikni bir necha sikl davomida saqlab, tannarxni pasaytirish va jarayonni iqtisodiy jihatdan barqaror qilish imkonini berdi isbotlangan;
limon moyining GC–MS tahlili mahsulotni standartlash uchun asos bo‘lishi, anor qobig‘idan biologic faol moddalar ajratibning kinetik modeli esa erituvchi tarkibi va ishlab chiqarish sharoitlari maqbullashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mahalliy o‘simlik xomashyosini keng qamrovli qayta ishlash jarayonida fermentativ jarayonlarni o‘rganish bo‘yicha ilmiy natijalar asosida:
qora tut sharbati konsentratini olish usuli “Orifen” O‘zbekiston-Italiya-Avstraliya qo‘shma korxonasi ishlab chiqarishiga joriy etilgan (“Orifen” qo‘shma korxonasining  2022-yil 15-iyundagi 149-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, tut sharbatining barqarorligini bir yil davomida ta'mini saqlab qolish imkonini bergan;
anorni mevasi urug‘laridan anor moyi olish usuli “Orifen” O‘zbekiston – Italiya – Avstraliya qo‘shma korxonasi ishlab chiqarishiga joriy etilgan (“Orifen” qo‘shma korxonasining 2022 yil 11 noyabrdagi 163-sonli ma’lumotnomasi) Natijada, anor sharbati chiqindilaridan import o‘rnini bosuvchi va ichki bozor ehtiyojlarini qondiruvchi anor moyini ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yish  imkonini bergan.

 

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish