Abbazov Bahodir Toir o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxtani yirik iflosliklardan tozalash uskunasining konstruksiyasini takomillashtirib parametrlarini asoslash” 05.02.03–Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari ixtisosligi bo‘yicha (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/T2115 2025.08.23
Ilmiy rahbar: Muradov Rustam Muradovich, texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Jizzax politexnika instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.09.2023.T.66.01 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Rasulov Ruzimurod Xasanovich, texnika fanlari doktori, professor, Shuxratov Sharof Shuxratovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat texnika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: paxtani yirik iflosliklardan samarali tozalash texnologiyasini ta’minlaydigan takomillashtirilgan tozalagichni ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paxtani yirik iflosliklardan tozalash uskunasining asosiy ishchi qismi bo‘lgan kolosnikli panjaraning tebranib turuvchi yangi konstruksiyasi kolosnikli panjaraga prujina o‘rnatgan holda ishlab chiqilgan;
paxta oqimini tebranib turuvchi kolosnikli panjaradagi kolosniklar bilan o‘zaro ta’sirida yuzaga keladigan zichlikni, bosimni va ajralgan iflosliklar miqdorini kolosniklar bo‘ylab taqsimlanish qonuniyatlari va paxta bo‘lagi xarakatining differensial tenglamalari asosida ishlab chiqilgan; 
tebranib turuvchi kolosnikli panjaradagi prujinaga ta’sir etuvchi kuch ta’sirida paydo bo‘lgan deformasiya, mexanik kuchlanish va kuch natijasida hosil bo‘ladigan ogʻish ko‘rsatkichlari aniqlangan;
paxtani yirik iflosliklardan tozalash uskunaning tozalash samaradorligiga ta’sir etuvchi kolosniklar parametrlari, kolosniklar bilan arrali baraban oraliq masofasining kattaliklari uskunasidagi tebranuvchi kolosnikli panjaraning o‘rnatilish tartibi bogʻliqligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxtani yirik iflosliklardan tozalash texnologiyasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy ishlar natijalari asosida:
paxtani yirik iflosliklardan tozalaydigan takomillashtirilgan uskuna «Paxta-to‘qimachilik klasterlari» uyushmasi tasarrufidagi korxonaga, jumladan Jizzax viloyati Arnasoy tumanidagi “AGRO ELEGANT klaster” MChJ paxta tozalash korxonasiga joriy etilgan (“O‘zbekston paxta-to‘qimachilik klasterlari” uyushmasining 2025 yil 19 iyundagi 03/25-1343 - son ma’lumotnomasi). Natijada yuqori va past navli paxtani tozalashda takomillashtirilgan  agregatni tozalash samaradorligi amaldagi UXK agregati tozalash samaradorligiga qaraganda o‘rtacha 4,6 (abs)% ga va 7,2 (abs)% ga oshirish imkoni yaratilgan. Tozalash samaradorligini oshishi hisobiga paxtadan olingan tola mahsulotining sifat ko‘rsatkichi 0,25 (abs)% ga yaxshilangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish