Normatov Mansurbek Qo‘ziboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Paxta terish mashinasi pnevmotranport tizimining samarador markazdan qochma ventilyatori parametrlarini asoslash”, 05.07.01 – Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya mashinalari. Qishloq xo‘jaligi va melioratsiya ishlarini mexanizatsiyalash (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.2.PhD/T4283.
Ilmiy rahbar: Xudaykuliev Rajabbay Ro‘zmatovich, texnika fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/13.05.2020.T.112.01.
Rasmiy opponentlar: Tolibaev Alpisbay Erjanbaevich, texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim; Qodiraliev Akbarjon, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi paxta terish mashinalari pnevmotransport tizimi markazdan qochma ventilyatorining samarador konstruksiyasini ishlab chiqish va uning parametrlarini asoslash hisobiga energiya hajmdorlikni kamaytirish paxtaning tabiiy sifatini imkon qadar saqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
paxta terish mashinasi pnevmotransport tizimining samarador markazdan qochma ventilyatori parragining ish rejimi terim sifat ko‘rsatkichlarini agrotexnik talablar darajasida ta’minlanishini hisobga olgan holda asoslangan;
samarador markazdan qochma ventilyator yon kirish darchasining ovoid shaklini ifodalovchi matematik model ventilyatorining ish unumi maksimal bo‘lishi lozimligi shartidan keltirib chiqarilgan;
ventilyator ichidagi jarayonni ifodalovchi kompyuter modeli ventilyator parragining paxta chigitlariga minimal ta’sir ko‘rsatishni ta’minlash shartidan keltirib chiqarilgan;
pnevmotransport tizimi samarador markazdan qochma ventilyatori yon kirish darchasi yuzasi va parrak aylanishlar sonining maqbul qiymatlari ish unumini maksimal bo‘lishini ta’minlash shartidan aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Paxta terish mashinasi pnevmotransport tizimi uchun samarador ventiltyator parametrlarini asoslash bo‘yicha olingan natijalar asosida:
mazkur samarador konstruksiyadagi markazdan qochma ventilyator uchun Intellektual mulk markazining foydali modelga “Paxta terish mashinasida paxtani tashish uchun markazdan qochma ventilyator” FAP 2530 raqamli patent olingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 30-maydagi 05/04-04-281-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta terish mashinasi pnevmotrasport tizimi uchun samarador ventilyator konstruksiyasini ishlab chiqish imkoni yaratilgan;
takomillashtirilgan pnevmotransport tizimi bilan jihozlangan paxta terish mashinasi Toshkent viloyati “Qishloq xo‘jalik texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi”, “TCT AGRO CLUSTER” va “Hur O‘lka Fayz” fermer xo‘jaliklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 30-maydagi 05/04-04-281-son ma’lumotnomasi). Natijada terilgan paxta chigitlarining shikastlanishi 2,87 % dan 0,8 % gacha kamaytirishga erishilgan va iqtisodiy samaradorlik olingan;
samarador ventilyatorga ega pnevmotransport tizimi bilan jihozlangan paxta terish mashinasining sanoat nusxalarini ishlab chiqish va tayyorlash uchun uning loyiha-konstruktorlik hujjatlari (dastlabki talablar, texnik topshiriq va chizmalar) “Qishloq xo‘jalik mashinsozligi-konstruktorlik texnologik markazi”, “Anor Upgrowth” MChJ va “Tex Inno Way” MChJlarda loyihalash jarayoniga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2025-yil 30-maydagi 05/04-04-281-son ma’lumotnomasi). Natijada paxta terimini agrotexnika talablar darajasida ta’minlaydigan yarim osma paxta terish mashinasini sanoat usulida ishlab chiqarish imkoniyati yaratilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish