Eshimova Shoxsanam Kenjaboevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Bo‘yin sohasi umurtqalarining degenerativ kasalliklari va zararlanishlarini oftalmologik kasalliklar bilan klinik va nevrologik taqqoslash», 14.00.13 – Nevrologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.PhD/Tib4917.
Ilmiy rahbar: Djurabekova Aziza Taxirovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Xakimova Soxiba Ziyadullaevna, tibbiyot fanlari doktori, professor. Matmurodov Rustam Jumanazarovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik E.A. Vagner nomidagi Perm Davlat tibbiyot universiteti (Rossiya Federatsiyasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
bo‘yin umurtqasi sohasidagi degenerativ shikastlanishlar bilan oftal`mologik o‘zgarishlar o‘rtasidagi tadqiqot natijalarini taqqoslashni o‘rganish, ilmiy asoslangan modellashtirish tizimini ishlab chiqish va davolash-diagnostika jarayonini optimallashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
standartlashtirilgan shkalalar (VASh, ASIA, NDI, JOA, EMS va C.S. Ranawat)dan foydalanilgan holda bo‘yin umurtqa qismi patologiyasi bo‘lgan bemorlarda og‘riq sindromi intensivligi, funksional defisit, regional ko‘z qon aylanishi pasayishi va hayotiy faoliyat cheklanishlari darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan;
bo‘yin umurtkalarida kompressiya darajasi va tuzilmaviy o‘zgarishlarni aniqroq baholash maqsadida neyrovizualizatsiya usullari hamda qon aylanishini baholash (MRT va umurtqa arteriyalarining dupleks skanerlovi bilan birgalikda)ni qo‘shib qo‘llashning yuqori diagnostik qimmati qon-tomir asoratlarining miqdoriy prognostik markeri sifatida asoslangan;
eksperimental morfologik model` asosida bo‘yin umurtqa qismidangi degenerativ o‘zgarishlarning progressiyasi bilan ko‘zdagi sistemaviy qon-tomir va nevrologik buzilishlar o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik aniqlangan;
bo‘yin umurtkalari degenerativ o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlarni olib borish ketma-ketligi ishonchli klinik yaxshilanishlarga olib kelgan va tibbiy tizim resurslaridan foydalanish samaradorligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Bo‘yin sohasi umurtqalarining degenerativ kasalliklari va zararlanishlarini oftalmologik kasalliklar bilan klinik va nevrologik taqqoslash bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadkikot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy-texnik kengashining 2025 yil 10 martdagi 13/16-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: standartlashtirilgan shkalalar (VASh, ASIA, NDI, JOA, EMS va C.S. Ranawat)dan foydalanilgan holda bo‘yin umurtqa qismi patologiyasi bo‘lgan bemorlarda og‘riq sindromi intensivligi, funksional defisit, regional ko‘z qon aylanishi pasayishi va hayotiy faoliyat cheklanishlari darajasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik isbotlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi «1-nevrologiya» bo‘limida 2025 yil 9 yanvardagi 25-I/Ch-sonli buyruq asosida; Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi «Asab kasalliklari» bo‘limida 2025 yil 8 fevraldagi 72-U-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati quyidagilardan iborat: Servikal mielopatiya og‘irligi VASh, ASIA, NDI, JOA, EMS, C.S. Ranawat kabi shkalalar asosida – harakat, sezgi buzilishlari va to‘s a’zolari funksiyasi buzilishini umumlashtirib baholash orqali aniqlangan, bu esa bemorlarni aniqroq stratifikatsiya qilish imkonini berdi. Ijtimoiy samaradorligi: bu vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatlarini qisqartirdi, nogironlik xavfini va tashqi yordamga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirdi, o‘z-o‘zini parvarishlash qobiliyati hamda mehnat faoliyatiga qaytish imkoniyatini oshirdi. Natijada oila va sog‘liqni saqlash tizimi uchun moliyaviy yuk engillashdi. Iqtisodiy samaradorligi: agar yil davomida 40 nafar bemor qabul qilinsa, ularni davolash xarajatlari 92722800 so‘mni tashkil etadi. Shu asosda, 25 nafar bemorda iqtisodiy samaradorlik 23209800 so‘mni tashkil qildi. Shunday qilib, iqtisodiy samara davolash muddatining 4 koyka-kunga qisqarishi va 23209800 so‘m xarajatning kamayishi bilan ifodalandi. Bu esa, o‘z navbatida, faqatgina koyka-kunlar sonini kamaytirib qolmay, balki bo‘yin sohasi umurtkalari (BSU) kasalliklari bilan bog‘liq ko‘rish patologiyasiga ega bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga ham olib keladi. Xulosa: bu BSU patologiyasi bo‘lgan bemorlarning holatini kompleks baholashning ob’ektivligini tasdiqladi va terapiya hamda reabilitatsiya samaradorligini baholash va nazorat qilish uchun standartlashtirilgan monitoring zarurligini asoslab berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: bo‘yin umurtkalarida kompressiya darajasi va tuzilmaviy o‘zgarishlarni aniqroq baholash maqsadida neyrovizualizatsiya usullari hamda qon aylanishini baholash (MRT va umurtqa arteriyalarining dupleks skanerlovi bilan birgalikda)ni qo‘shib qo‘llashning yuqori diagnostik qimmati qon-tomir asoratlarining miqdoriy prognostik markeri sifatida asoslangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi «1-nevrologiya» bo‘limida 2025 yil 9 yanvardagi 25-I/Ch-sonli buyruq asosida; Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi «Asab kasalliklari» bo‘limida 2025 yil 8 fevraldagi 72-U-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati quyidagilardan iborat: MRT va umurtqa arteriyalari dupleks skanerlovini birgalikda qo‘llash orqali bo‘yin umurtkalaridagi kompressiya darajasi va tuzilmaviy o‘zgarishlar nafaqat morfologik, balki funksional jihatdan ham aniq baholanadi, qon aylanish holati va uning buzilishlari erta aniqlanadi, qon-tomir asoratlari rivojlanish ehtimoli miqdoriy jihatdan baholanib, prognostik marker sifatida asoslanadi. Bu esa shifokorlarga individual davolash va reabilitatsiya dasturlarini tuzishda yordam beradi hamda nevrologik amaliyot va vertebrologiya sohasida kasalliklarni erta tashxislash, asoratlarni oldini olish va samarali davolash usullarini tanlashda katta ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy samaradorligi: Bo‘yin umurtkalari patologiyasini erta aniqlash va asoratlarni oldindan bashorat qilish imkoniyati ortib, natijada nogironlikka olib keluvchi og‘ir nevrologik va qon-tomir kasalliklar soni kamayadi. Bu aholining mehnatga layoqatliligini saqlash, hayot sifatini yaxshilash, reabilitatsiya muddatini qisqartirish hamda tibbiy-ijtimoiy xarajatlarni kamaytirishga xizmat qiladi. Shu orqali sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samaraliroq foydalanish va jamiyat uchun iqtisodiy hamda ijtimoiy foyda ta’minlanadi. Iqtisodiy samaradorligi: Agar yil davomida 40 nafar bemor qabul qilinsa, ularni davolash xarajatlari 92722800 so‘mni tashkil etadi. Shu asosda, 25 nafar bemorda iqtisodiy samaradorlik 23209800 so‘mni tashkil qildi. Shunday qilib, iqtisodiy samara davolash muddatining 4 koyka-kunga qisqarishi va 23 209800 so‘m xarajatning kamayishi bilan ifodalandi. Bu esa, o‘z navbatida, faqatgina koyka-kunlar sonini kamaytirib qolmay, balki bo‘yin sohasi umurtkalari (BSU) kasalliklari bilan bog‘liq ko‘rish patologiyasiga ega bemorlarning hayot sifatini yaxshilashga ham olib keladi. Xulosa: Kombinatsiyalangan yondashuv umurtqa arteriyasi sindromini aniqlashda yuqori diagnostik qiymatga ega ekanini ko‘rsatdi.
Ko‘rish buzilishlari rivojlanishida umurtqa arteriyalaridagi qon aylanish buzilishi patogenetik ahamiyatga ega ekanligi asoslandi. Olingan natijalarni BSU patologiyasi bo‘lgan bemorlarni diagnostik qilish algoritmiga kiritish maqsadga muvofiqdir.
uchinchi ilmiy yangilik: eksperimental morfologik model` asosida bo‘yin umurtqa qismidangi degenerativ o‘zgarishlarning progressiyasi bilan ko‘zdagi sistemaviy qon-tomir va nevrologik buzilishlar o‘rtasidagi chambarchas bog‘liqlik aniqlangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi «1-nevrologiya» bo‘limida 2025 yil 9 yanvardagi 25-I/Ch-sonli buyruq asosida; Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi «Asab kasalliklari» bo‘limida 2025 yil 8 fevraldagi 72-U-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq etildi. Ilmiy yangilikning ahamiyati quyidagilardan iborat: Kompyuter ko‘rish sindromi mavjud bo‘lgan bemorlar (III guruh) orasida miopiya uchrash chastotasi 62,2% ni tashkil etgan bo‘lib, bu Seguí M. va boshqalar (2015) tomonidan berilgan uzoq muddatli vizual yuklama vaqtida yuzaga keladigan ko‘rish buzilishlari haqidagi ma’lumotlarni tasdiqlaydi. III guruh bemorlarining 46,7% ida shisha tananing destruksiyasi aniqlangan bo‘lib, bu I va II guruhdagilarga nisbatan (mosk ravishda 13,0% va 9,5%) ancha yuqori ko‘rsatkichdir. Bunday farq progressiv gemodinamik o‘zgarishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy samaradorligi: Bu ko‘rish buzilishlarining uchrash chastotasini kamaytiradi, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddatini va boshqa shaxslar parvarishiga ehtiyojni qisqartiradi, natijada bemorlar hayot sifatini oshiradi hamda oila va sog‘liqni saqlash tizimi uchun iqtisodiy yukni kamaytiradi. Bo‘yin sohasi umurtkalaridagi degenerativ o‘zgarishlar bilan oftal`mologik buzilishlar (akkomodatsiya buzilishi, to‘r pardada qon aylanishining pasayishi) o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik aniqlangan bo‘lib, bu eksperimental modellar va klinik kuzatuvlar bilan tasdiqlangan. Bu esa BSU patologiyasi bo‘lgan bemorlarni tekshirish algoritmiga oftal`mologik baholash va ko‘z qon aylanishining dopplergrafiyasini kiritish zarurligini asoslab beradi. Iqtisodiy samaradorligi: Agar yil davomida 40 nafar bemor qabul qilingan bo‘lsa, ularni davolash xarajatlari 92722800 so‘mni tashkil etadi. Demak, iqtisodiy samaradorlik 25 nafar bemor uchun 23209800 so‘mni tashkil etadi. Shunday qilib, iqtisodiy samara – davolash muddatini 4 koyka-kunga qisqartirish va xarajatlarni 23209800 so‘mga kamaytirish orqali ifodalanadi. Xulosa: Bo‘yin umurtqa bo‘lagidagi degenerativ o‘zgarishlar bo‘yicha eksperimental morfologik model` asosida amalga oshirilgan kliniko-morfologik taqqoslash natijasida umurtqa pog‘onasi tuzilmalaridagi strukturaviy buzilishlar og‘irligi bilan ko‘z organidagi o‘zgarishlar o‘rtasida ishonchli bog‘liqlik aniqlandi. Morfologik tadqiqotlar natijalari patologik jarayonga nafaqat umurtqa tuzilmalari, balki ikkilamchi qon-tomir va nevrologik omillar ham jalb etilishini tasdiqladi. Bu holat ko‘ruv analizatori funksional holatining buzilishiga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi va uzoq muddatli vertebrogen kasalliklar holatida zararlanishning tizimli (sistemali) xarakterga ega ekanini asoslaydi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: bo‘yin umurtkalari degenerativ o‘zgarishlari bo‘lgan bemorlarni olib borish ketma-ketligi ishonchli klinik yaxshilanishlarga olib kelgan va tibbiy tizim resurslaridan foydalanish samaradorligi asoslangan. Ilmiy yangilikni amaliyotga joriy etish: Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi «1-nevrologiya» bo‘limida 2025 yil 9 yanvardagi 25-I/Ch-sonli buyruq asosida; Samarqand viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi «Asab kasalliklari» bo‘limida 2025 yil 8 fevraldagi 72-U-sonli buyruq asosida amaliyotga tatbiq etilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati quyidagilardan iborat: uchala guruhda ham miya va ko‘z olmasidagi arterial va venoz qon oqimi o‘rtasida yaqin korrelyasiya aniqlangan. Shuningdek, REG tekshiruvi bo‘yicha venoz disfunksiya ko‘rsatkichlari, xususan PVO, nevrologik simptomatika bilan, ayniqsa I-guruhda, muhim darajada bog‘liq ekanligi kuzatilgan. Ijtimoiy samaradorligi: bu ko‘rish buzilishlarini o‘z vaqtida oldini olish, vaqtincha mehnatga layoqatsizlik muddati va tashqi yordamga ehtiyojni qisqartirish imkonini bergan. Natijada bemorlar va sog‘liqni saqlash tizimi uchun ijtimoiy-iqtisodiy yuk kamaygan. Iqtisodiy samaradorligi: taklif etilgan kompleks terapiya — standart davolash rejasiga qo‘shimcha ravishda “Ginkor-Forte” dori vositasini kuniga 1 marta, 30 kun davomida qabul qilish. Xarajatlar smetasiga ko‘ra, 1 koyka-kun uchun 386345 so‘m sarflanadi va bemorlar 6-kunida statsionardan chiqariladi. Bir nafar bemorni davolash xarajati 2318070 so‘mni tashkil etadi. Agar yil davomida 40 nafar bemor qabul qilinsa, ularni davolash xarajatlari 92722800 so‘mni tashkil etadi. Shu asosda, 25 nafar bemorda iqtisodiy samaradorlik 23209800 so‘mni tashkil qilgan. Shunday qilib, iqtisodiy samara davolash muddatining 4 koyka-kunga qisqarishi va 23209800 so‘m xarajatning kamayishi bilan ifodalangan. Xulosa: bo‘yin umurtqa qismidagi degenerativ o‘zgarishlarni davolashda individuallashtirilgan algoritmning qo‘llanilishi ishonchli klinik natijalar berishi, gospital davolanish muddatini 42 %ga va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlarni 37 %ga qisqartirishi bilan birga sog‘liqni saqlash tizimi resurslaridan samarali foydalanish imkonini yaratadi. Ushbu yondashuv nafaqat bemorlarning sog‘ayish jarayonini tezlashtiradi va hayot sifatini yaxshilaydi, balki jamiyat miqyosida ham katta ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.