Normamatov Baxriddin Pirmamatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yiringli xolangit bilan og‘rigan bemorlarni davolashda differensial yondashuv», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Tib3908.
Ilmiy rahbar: Raxmanov Qosim Erdanovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Sherbekov Ulugbek Axrarovich, tibbiyot fanlari doktori (DSc). Raxmetov Nurlan Raxmetovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Qozog‘iston Respublikasi).
Yetakchi tashkilot: Janubiy Qozog‘iston tibbiyot akademiyasi (Qozog‘iston Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
o‘tkir yiringli xolangit bilan og‘rigan bemorlarni differensial jarrohlik yondashuvi orqali davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
katta klinik materialda o‘tkir yiringli xolangitni jarrohlik yo‘li bilan davolashning qoniqarsiz natijalarining rivojlanish chastotasi, o‘lim va yiringli-septik asoratlarning sabablari aniqlangan;
xolangit va biliar endotoksemiyaning og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlarda plazmoferezning natriy gipoxlorit bilan plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi, qo‘shimcha ozonlash va keyinchalik detoksikatsiyalangan plazma reinfuziyasi bilan birgalikda qo‘llanilishi infuzion terapiya davomiyligini sezilarli darajada qisqartirishi asoslangan;
og‘ir darajali xolangit bilan og‘rigan bemorlarda endogen intoksikatsiyaning og‘ir darajasini perioperativ korreksiya qilish uchun ekstrakorporal modifikatsiyalangan autoplazmani reinfuziya qilish bilan plazmoferez usuli takomillashtirilgan;
o‘tkir yiringli xolangitni jarrohlik yo‘li bilan davolashda ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan yondashuv takroriy jarrohlik aralashuvlarini talab qiladigan og‘ir asoratlar sonini 2,0% gacha kamayishi gibrid operatsiyalarni qo‘llash intraoperatsion travmatizmni va jarrohlik aralashuvining davomiyligini kamaytirishga yordam berishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yiringli xolangit bilan og‘rigan bemorlarni davolashda differensial yondashuv bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida (O‘zbekiston Respublikasi SSV huzuridagi Ilmiy texnik kengashining 07.05.2025 y. 17/42-son xulosasi):
birinchi ilmiy yangilik: katta klinik materialda o‘tkir yiringli xolangitni jarrohlik yo‘li bilan davolashning qoniqarsiz natijalarining rivojlanish chastotasi, o‘lim va yiringli-septik asoratlarning sabablari aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi (09.04.2025 y. 72-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (11.04.2025 y. 115-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir yiringli xolangitning og‘irlik darajasini hisobga olgan holda transduodenal endoskopik aralashuvlardan foydalangan holda bosqichma-bosqich jarrohlik davolashni qo‘llash uchun ko‘rsatmalar aniqlangan, bu xolestaz va yiringli intoksikatsiya hodisalari bartaraf etilgandan so‘ng radikal operatsiyalarni o‘tkazish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: o‘tkir yiringli xolangitning og‘irlik darajasini hisobga olgan holda transduodenal endoskopik aralashuvlardan foydalangan holda bosqichma-bosqich jarrohlik davolashni qo‘llash doirasida bemorlarning statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 8-12 kun uchun 7425330 so‘m. Bemorlarning barcha laborator-instrumental tekshirishlariga jami 1764200 so‘m sarflanadi. miniinvaziv yondoshuvlar yordamida operatsiya kilinganda statsionar davolanish 5 kunga qiskarib, iqtisodiy ko‘rsatkich 11255400 so‘mni tashkil etadi (bir nafar bemor uchun). Xulosa: o‘tkir yiringli xolangit bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini tahlil qilish shuni ko‘rsatdiki, o‘t yo‘llari obstruksiyasi va safro infeksiyasi fonida tizimli yallig‘lanish reaksiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan kuchli biliar endotoksemiya o‘limning yetakchi omili hisoblanadi. Shoshilinch bir bosqichli radikal aralashuvlar bajarilgandan so‘ng o‘lim (4,5%) va mahalliy asoratlarning (18,7%) eng yuqori chastotasi qayd etildi, bu yuqori operatsion travmatizm, sezilarli intraoperatsion bakterial kontaminatsiya va og‘ir septik jarayon sharoitida bemor tanasining endotoksemiya oqibatlarini etarli darajada qoplay olmasligi bilan bog‘liq.
ikkinchi ilmiy yangilik: xolangit va biliar endotoksemiyaning og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlarda plazmoferezning natriy gipoxlorit bilan plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi, qo‘shimcha ozonlash va keyinchalik detoksikatsiyalangan plazma reinfuziyasi bilan birgalikda qo‘llanilishi infuzion terapiya davomiyligini sezilarli darajada qisqartirishi asoslangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi (09.04.2025 y. 72-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (11.04.2025 y. 115-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: endogen intoksikatsiya sindromini perioperatsion korreksiyalashda natriy gipoxlorit bilan bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiya va qo‘shimcha ozonlash bilan birgalikda taklif etilgan plazmaferez usulining samaradorligi, donor oqsil preparatlariga bo‘lgan ehtiyojni kamaytirishi va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan immun reaksiyalar xavfini pasaytirishi aniqlangan. Iqtisodiy samaradorligi: natriy gipoxlorit bilan bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiya va qo‘shimcha ozonlash bilan birgalikda taklif etilgan plazmaferez usulining samaradorligi ostida ijobiy natijalar 2,5 barobar ko‘p holatda kuzatilganligini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 15422500 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: xolangit va biliar endotoksemiyaning og‘ir shakllari bilan og‘rigan bemorlarda plazmoferezning natriy gipoxlorit bilan plazmaning bilvosita elektrokimyoviy oksigenatsiyasi, qo‘shimcha ozonlash va keyinchalik detoksikatsiyalangan plazma reinfuziyasi bilan birgalikda qo‘llanilishi infuzion terapiya davomiyligini sezilarli darajada qisqartirishga, intensiv terapiya bo‘limida bo‘lish muddatini qisqartirishga (4,9±0,3 kungacha) va operatsiyadan keyingi yiringli-septik asoratlar chastotasini 15,2% dan 2,4% gacha kamaytirishga yordam beradi. Qiyosiy tahlil shuni ko‘rsatdiki, bemorlarning asosiy guruhida o‘lim darajasi standart davolangan taqqoslash guruhi bilan solishtirganda 4,5% dan 1,6% gacha kamaydi.
uchinchi ilmiy yangilik: og‘ir darajali xolangit bilan og‘rigan bemorlarda endogen intoksikatsiyaning og‘ir darajasini perioperativ korreksiya qilish uchun ekstrakorporal modifikatsiyalangan autoplazmani reinfuziya qilish bilan plazmoferez usuli takomillashtirilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi (09.04.2025 y. 72-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (11.04.2025 y. 115-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir yiringli xolangit bilan og‘rigan bemorlarni kasallikning og‘irlik darajasiga qarab jarrohlik davolash usulini tanlashning taktik va texnik algoritmi ishlab chiqilgan, bu esa asoratlar chastotasi va o‘limni sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ekstrakorporal modifikatsiyalangan autoplazmani reinfuziya qilish bilan plazmoferez usulini qo‘llangan operatsiyasidan keyingi davrda asoratlar tubdan qisqarishini inobatga olsak, asosiy guruxdagi bemorlarda byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘lar 35% qisqartirishlikka erishildi. Xulosa: xoledoxolitiaz va exinokokk kistalarining o‘t yo‘llariga yorilishi fonida engil va o‘rta og‘irlikdagi o‘tkir xolangitda gibrid aralashuvlar an’anaviy ikki bosqichli davolashga maqbul va xavfsiz muqobil hisoblanadi. Yiringli xolangit va biliar endotoksemiyaning og‘ir darajasida o‘t yo‘llarida dastlabki dekompressiv aralashuvlarni qo‘llash orqali bosqichma-bosqich jarrohlik davolash xolestaz va yiringli intoksikatsiyani bartaraf etish, shuningdek, radikal operatsiyalar natijalarini yaxshilash imkonini berdi. Ushbu guruhlarda differensial jarrohlik yondashuvini qo‘llash asoratlar chastotasini 26,8 foizdan 6,1 foizgacha pasaytirdi, kasalxonada davolanish muddatini qisqartirdi va bemorlarning hayot sifatini oshirdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: o‘tkir yiringli xolangitni jarrohlik yo‘li bilan davolashda ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan yondashuv takroriy jarrohlik aralashuvlarini talab qiladigan og‘ir asoratlar sonini 2,0% gacha kamayishi gibrid operatsiyalarni qo‘llash intraoperatsion travmatizmni va jarrohlik aralashuvining davomiyligini kamaytirishga yordam berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: Qashqadare viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot birlashmasi (09.04.2025 y. 72-son buyrug‘i) va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali (11.04.2025 y. 115-son buyruq) bilan amaliy faoliyatiga joriy qilingan. Ijtimoiy samaradorligi: o‘tkir yiringli xolangit bilan og‘rigan bemorlarni kasallikning og‘irlik darajasiga qarab jarrohlik davolash usulini tanlashning taktik va texnik algoritmi ishlab chiqilgan, bu esa asoratlar chastotasi va o‘limni sezilarli darajada kamaytirishga imkon bergan. Iqtisodiy samaradorligi: ibrid operatsiyalarni qo‘llash intraoperatsion travmatizmni va jarrohlik aralashuvining davomiyligini kamaytirishga yordam berishi, reabilitatsiya muddatlarining qisqarishi tufayli bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 9855450 so‘m sarflanadi. Yillik iqtisodiy ko‘rsatkich esa o‘z navbatida 25% gacha byudjet mablag‘larini tejashga olib keladi. Xulosa: o‘tkir yiringli xolangitni jarrohlik yo‘li bilan davolashda ishlab chiqilgan tabaqalashtirilgan yondashuv takroriy jarrohlik aralashuvlarini talab qiladigan og‘ir asoratlar sonini 2,0% gacha kamaytirishga yordam berdi. Taqqoslash guruhida esa bu ko‘rsatkich 12,5% ni tashkil etdi (p < 0,05). Asosiy guruhda tashqi o‘t oqishi holatlarining sezilarli darajada kamayishi (taqqoslash guruhidagi 5,6% ga nisbatan 1,2%) yiringli xolangit bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolashda taklif etilgan kompleks yondashuvning samaradorligini tasdiqlaydi.