Ismatov Shohruhbek Murod o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi O‘zbekistonda ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashda milliy mafkura omilining roli (ijtimoiy falsafiy tahlil)”, 09.00.04 – Ijtimoiy falsafa
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/ Fal1151
Ilmiy rahbar: Sharipov Abduxakimjon Ziyoitdinovich, falsafa fanlari doktori, professor
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Rasmiy opponentlar: Choriev Sanjarbek Anvarovich, falsafa fanlari doktori, professor; Negmatova Shaxzoda Shuxratovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Urganch davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Yangi O‘zbekistonda zamonaviy islohotlar sharoitida milliy mafkuraning ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
mafkuraning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini talqin etishda soxta ong sifatida xususiyatlovchi (haqiqatni biryoqlama talqin qilish, manfaatdor guruhlar ustunligini legitimlovchi ideologik konstruksiyalar) va ijtimoiy voqelikda insonning ma’naviy imkoniyatlarini namoyon etuvchi (qadriyatlar va fazilatlar tizimi, vatanparvarlik, mas’uliyat) sifatidagi yondashuvlar asosida fuqarolik burchi, qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, ekologik mas’uliyat kabi tamoyillari hamda ma’rifiy jamiyat, barkamol shaxs, farovonlik, tinchlik kabi ideallarni amalga oshirish mexanizmlari ochib berilgan;
ijtimoiy voqe’likning “mafkuralashgan qiyofasi”da jamiyat farovonligi iqtisodiy taraqqiyot va axloqiy barkamollik bilan emas, balki qadriyatlar-orzular-maqsadlarga sodiqlik darajasi bilan shartlanishi, voqelikka joriy etilmagan orzular va mo‘ljallar mafkurani “ilohiylashtirish”, “qahramonlashtirish”, “begona” mafkuralarni qoralash va dohiylik kultlarini yaratish kabi xususiyatlari aniqlashtirilgan;
mafkuraning amaliy samaradorligini formallashtirishda normativ (maqsadni huquqiy-institutsional normaga aylantirish), kommunikativ (ochiq muloqot va kelishuv orqali ijtimoiy konsensusga erishish), indikatorli boshqaruv (inson taraqqiyoti indeksi, adolat mezonlari) shiorni ko‘rsatkichga, g‘oyani amaliy natijaga aylantirishi hamda sodiqlik kapitali (fuqarolik ishtiroki, siyosiy e’tiqod, islohotlarga daxldorlik) va raqamli axloqiy kompetensiya (mediamuhitda qadriyatlarga tayanish, huquqiy va xavfsiz munosabat, inkluzivlik) uni real taraqqiyot drayveriga olib chiqishi isbotlangan;
Yangi O‘zbekistonda integratsion yondashuv asosida mafkura strategik islohotlarning mazmunini “maqsad – vazifa – natija” prinsipi asosida takomillashtirishi, ma’rifiy jamiyatni barpo etishda “bilim – axloq – mas’uliyat” prinsipini amaliyotga tatbiq etishi, islohotlar va mafkuraviy chaqiriqlar mosligini ta’minlashi, ijtimoiy ishonch va daxldorlikni kuchaytirishi, inson taraqqiyoti indeksining konstruktiv ta’sirini kengaytirishi hamda hayotdan qoniqish ko‘rsatkichlarida barqaror o‘sishni ta’minlashi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Yangi O‘zbekistonda ma’naviy taraqqiyotni ta’minlashda mafkura omilining rolini tadqiq etish jarayonida olingan ilmiy natijalar asosida:
mafkuraning jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini talqin etishda soxta ong sifatida xususiyatlovchi (haqiqatni biryoqlama talqin qiladigan, manfaatdor guruhlarning g‘oyaviy ustunligini legitimlovchi ideologik konstruksiyalar) va ijtimoiy voqelikda insonning ma’naviy imkoniyatlarini namoyon etuvchi qadriyatlar va fazilatlar tizimi (vatanparvarlik, mas’uliyat) sifatidagi yondashuvlar asosida mafkuraviy doktrinalarda ustivor bo‘lgan fuqarolik burchi, qonun ustuvorligi, ijtimoiy adolat, ekologik mas’uliyat kabi tamoyillar hamda ma’rifiy jamiyat, barkamol shaxs, farovonlik, tinchlik kabi ideallarni amalga oshirish mexanizmlariga oid ilmiy yangiliklar va xulosalardan Buxoro davlat universitetida bajarilgan PZ-202005236-raqamli “Oila psixologiya fanidan multimedia mahsulotlarini yaratish” (2021-2022-yy) innovatsion loyiha doirasida belgilangan asosiy vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Buxoro davlat universitetining 2025-yil 11-sentyabrdagi 01-11-05/5500-son ma’lumotnomasi). Natijada, grand loyihasini yanada takomillashtirishga va fanlararo yondashuvning murakkab tizimlarini tadqiq etishda, yosh mutaxassislar va olimlarning kasbiy malakasini egallashidagi nazariy metodologik ahamiyati, uning ilmiy-proektiv loyihalashtirish prognozlashtirish va amaliy texnologik jarayonlardagi o‘rnini belgilashga xizmat qilgan;
ijtimoiy voqe’likning “mafkuralashgan qiyofasi”da jamiyat farovonligi iqtisodiy taraqqiyot va axloqiy barkamollik bilan emas, balki qadriyatlar-orzular-maqsadlarga sodiqlik darajasi bilan shartlanishi, voqelikka joriy etilmagan orzular va mo‘ljallar mafkurani “ilohiylashtirish”, “qahramonlashtirish”, “begona” mafkuralarni qoralash va dohiylik kultlarini yaratish kabi xususiyatlari oid ilmiy umumlashma va tahlillardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2025-2029 yillarga mo‘ljallangan saylovoldi dasturida keltirilgan “I. Davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, ma’naviy barkamol fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/01-87-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy ongni shakllantirish, fuqarolaming davlat siyosatidagi ishtirokini kuchaytirish, jamiyatda ijobiy ijtimoiy muhit yaratish borasidagi harakatlarda qo‘llanilib, ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashda, jumladan, partiya a’zolari va xodimlari uchun tashkil etilgan siyosiy-ma’rifiy treninglar, mafkuraviy targ‘ibot tadbirlari, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan metodik ishlanmarning mazmunini boyitishga xizmat qilgan.
mafkuraning amaliy samaradorligini formallashtirishda normativ (maqsadni huquqiy-institutsional normaga aylantirish), kommunikativ (ochiq muloqot va kelishuv orqali ijtimoiy konsensusga erishish), indikatorli boshqaruv (inson taraqqiyoti indeksi, adolat mezonlari) shiorni ko‘rsatkichga, g‘oyani amaliy natijaga aylantirishi hamda sodiqlik kapitali (fuqarolik ishtiroki, siyosiy e’tiqod, islohotlarga daxldorlik) va raqamli axloqiy kompetensiya (mediamuhitda qadriyatlarga tayanish, huquqiy va xavfsiz munosabat, inkluzivlik) uni real taraqqiyot drayveriga olib chiqishga oid ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalardan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining targ‘ibot faoliyatidagi loyihalar va ssenariylar tayyorlashga, jumladan, 2025-yil uchun chora tadbirlar dasturining II yo‘nalishi 16-bandi “Yoshlarni umummilliy g‘oyalar ostida birlashtirish, targ‘ibot ishlarini kreativ usullarda amalga oshirish, ijtimoiy faol, huquqiy-siyosiy, iqtisodiy savodxon yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga daxldorligini oshirish maqsadida “Yangi kuch” – yosh ma’rifatparvarlar harakati klubini tashkil qilish” mavzusida o‘tkazilgan targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2025-yil 10-sentyabrdagi 10/568-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimizda yoshlar muomala madaniyatini rivojlantirishda ma’naviy-axloqiy imperativlarning o‘rnini oʻrganishga xizmat qilgan;
Yangi O‘zbekistonda integratsion yondashuv asosida mafkura strategik islohotlarning mazmunini “maqsad – vazifa – natija” prinsipi asosida takomillashtirishi, ma’rifiy jamiyatni barpo etishda “bilim – axloq – mas’uliyat” prinsipini amaliyotga tatbiq etishi, islohotlar va mafkuraviy chaqiriqlar mosligini ta’minlashi, ijtimoiy ishonch va daxldorlikni kuchaytirishi, inson taraqqiyoti indeksining konstruktiv ta’sirini kengaytirishi hamda hayotdan qoniqish ko‘rsatkichlarida barqaror o‘sishni ta’minlashiga oid lmiy xulosalar va amaliy tavsiyalardan Buxoro viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil davomida efirga uzatilgan ijtimoiy-ma’rifiy ko‘rsatuv va dasturlari, jumladan, “Farovonlik sari”, “Maxsus reportaj” ko‘rsatuvlari ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Buxoro viloyati teleradiokanali davlat muassasasining 2025-yil 4-sentyabrdagi 01-09-208-son ma’lumotnomasi). Natijada, ijtimoiy ongni shakllantirish, fuqarolarda farovon hayotga intilish ruhini kuchaytirish, davlat siyosatining insonparvarlik tamoyillarini keng jamoatchilikka etkazishda muhim ahamiyatkasb etib, bu borada olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qilgan.