Egamberdiev Abduvahob Abdurasul o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Turkiston matbuoti Sharq mamlakatlari xalqaro munosabatlarida axborot-mafkuraviy vosita sifatida (1870-1917 yy.)”, 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tar813
Ilmiy rahbar: Shadmanova Sanavar Bazarbaevna, tarix fanlar doktori,
professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar:
Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlar doktori, professor.
Abdimo‘minov Oybek Bektemirovich, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Turkiston davriy matbuotida XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Sharq mamlakatlarining xalqaro munosabatlari, tashqi siyosati va ular bilan bog‘liq bo‘lgan geosiyosiy voqealarning qanday yoritilganini tahlil qilish, matbuot orqali mintaqaviy va global siyosiy jarayonlarning talqinini aniqlash hamda bu jarayonlarning Turkiston jamiyatidagi siyosiy ong va tashqi siyosiy dunyoqarashning shakllanishiga ta’sirini ochib berish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
1870–1917-yillar oralig‘ida chop etilqan rus va o‘zbek tilidagi Turkiston gazetalarining Sharq mamlakatlari – Hindiston, Afg‘oniston, Eron, Xitoy, Usmoniylar imperiyasi haqidagi xabar va tahliliy materiallari ilk bor xalqaro munosabatlarda kontekstida kompleks o‘rganilishi natijasida matbuotning mintaqada faqat mahalliy ma’lumot etkazuvchi emas, balki davlatlararo aloqalarda axborot-mafkuraviy vosita sifatidagi roli ilmiy asosda dalillangan.
Turkiston davriy matbuotida imperiyalararo axborot raqobatini o‘rganish asnosida Rossiya va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi “Katta o‘yin” siyosati doirasida Sharq mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar haqidagi xabarlarning imperiyalar strategik manfaatlariga moslashtirilishi hamda ushbu raqobat sharoitida mahalliy jamoatchilik siyosiy tafakkurini shakllantirishda rasmiy va milliy matbuot o‘rtasidagi farqlar ilmiy asoslangan.
Transmilliy axborot almashinuvi mexanizmining shakllanishi va rivojlanish jarayoni tadqiqi natijasida Turkiston davriy matbuotining ingliz, rus, nemis va boshqa xorijiy nashrlar bilan o‘zaro muloqoti o‘sha davr uchun yangicha hodisa bo‘lgan tarjima, iqtibos keltirish va turli manbalar asosida xabar almashish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, hamda mazkur jarayon mohiyatan milliy chegaralarni kesib o‘tuvchi axborot oqimini ta’minlagani ilmiy asosda dalillangan.
Turkiston jamiyatida xalqaro siyosiy ongning bosqichma-bosqich shakllanishi va evolyusiyasi jarayoni tahlili natijasida davriy matbuot sahifalarida Sharq mamlakatlaridagi milliy ozodlik harakatlari, diniy bag‘rikenglik va xalqaro iqtisodiy aloqalar haqidagi xabarlar muntazam yoritilgani aniqlangan hamda ushbu materiallarning mahalliy o‘quvchilarni jahondagi siyosiy voqealaridan xabardor etish, ularning ushbu hodisalarga munosabatini shakllantirish va milliy o‘zlikni anglash jarayonida muhim omil bo‘lganligi ilmiy jihatdan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Turkiston matbuoti orqali mahalliy aholi Sharqdagi mustaqillik jarayonlari, siyosiy o‘zgarishlar va milliy harakatlar haqida ma’lumot olib turgan. Bu esa siyosiy ongning shakllanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, o‘lkadagi milliy uyg‘onish jarayonini tezlashtirgan. Shunga asoslanib, ilmiy xulosa va takliflar ishlab chiqilgan:
Dissertatsiyada ko’rsatilgan Eron, Afg‘oniston, Turkiya kabi davlatlarga nisbatan munosabat Rossiyaning tashqi siyosiy yo‘nalishlariga bog‘liq holda turlicha aks etganligi borasidagi tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikaksi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va xorijiy mamlakatlardagi, xususan, Erondagi turdosh ilmiy markazlar va nufuzli universitetlar bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalarini o‘rnatishda amaliy jihatdan foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikaksi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/436-sonli dalolatnomasi). Natijada dissertatsiyada bildirilgan ilmiy xulosalar va takliflar sohaga oid axborot-tahliliy bazani takomillashtirishga va amalda qo’llashga xizmat qilgan.
Turkiston matbuoti Sharqdagi mustaqillik harakatlari, siyosiy o‘zgarishlar va milliy ozodlik kurashlari haqida muntazam ma’lumot berib, o‘lkada yashovchi mahalliy aholining siyosiy tafakkurini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qilgan. Natijada, matbuot nafaqat axborot tarqatuvchi vosita, balki siyosiy ongni rivojlantiruvchi, milliy o‘zlikni anglash jarayonini jadallashtiruvchi muhim omil sifatida maydonga chiqqan.
Mazkur ilmiy izlanishlar O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi faoliyatini tizimli yo‘lga qo‘yish, mamlakatda siyosiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, davlat boshqaruv organlari faoliyatida inson manfaatlarini ustuvor yo‘nalish sifatida qaror toptirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 17-sentyabrdagi 01-27/393-sonli ma’lumotnomasi).
Tadqiqotda Turkiston davriy matbuotining xorijiy nashrlar bilan axborot almashinuvi – tarjima, iqtibos va manbalar asosidagi muloqoti – o‘sha davr uchun yangicha transmilliy jurnalistika tajribasi sifatida ilmiy asosda tahlil qilingan. Bu jarayon milliy chegaralarni kesib o‘tuvchi axborot oqimini yuzaga keltirgani ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, matbuot orqali xalqaro siyosiy ongning shakllanishi, Sharqdagi ozodlik harakatlari, diniy bag‘rikenglik va iqtisodiy aloqalar haqidagi xabarlar mahalliy o‘quvchilarning dunyoqarashi va milliy o‘zligini anglashida muhim rol o‘ynagani ilmiy asoslangan.
Tadqiqot natijalaridan TDShUda nashr “Sharq mamlakatlari rivojlanish tarixining tizimli tahlili” darsligining “Hindiston sivilizatsion rivojlanishining o‘ziga xos jihatlari”, “Eronning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi xususiyatlari”, “Turkiyadagi siyosiy modernizatsiyaning tahlili”, “Afg‘oniston muammosining genezisi va evolyusiyasi” hamda “Xitoy rivojlanish modelining o‘ziga xos jihatlari” mavzularini shakllantirishda foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 23-sentyabrdagi 03-03-02/2411-sonli ma’lumotnomasi).