Qalandarov O‘lmas Faxriddin o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Eron tashqi siyosatida Afg‘oniston omili (XX asr oxiri – XXI asr boshlari)”, 07.00.05 – Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2025.3.PhD/Tar1496
Ilmiy rahbar: Xodjimuratova Dilshoda Sunnatillaevna, tarix fanlar doktori,
dotsent v.b.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03 Rasmiy opponentlar:
Abdullaev Nodir Abdulxaevich, siyosiy fanlar doktori, professor.
Zohidov Qobiljon Toirjonovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi XX asrning 80-yillaridan keyin Eron va Afg‘oniston o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar dinamikasi hamda Tehron tashqi siyosatidagi strategik ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Eron rahbariyatining XX asr oxiri – XXI asr boshidagi qo‘shni Afg‘onistonga nisbatan tashqi siyosat strategiyasi mintaqaviy geosiyosiy muhit, xalqaro kuchlar muvozanati, chegaradosh davlatlar bilan munosabatlar hamda mazkur davlatning ichki siyosiy barqarorligi, xavfsizlik tahdidlari va etnik-konfessional tarkibiga asosan shakllanadigan keng qamrovli omillar majmuasiga bog‘liq bo‘lgani isbotlangan.
XX asr oxiri – XXI asr boshida Afg‘oniston muammosini hal etish jarayonida Eronning jahon siyosatidagi o‘rnini belgilab beruvchi geografik, madaniy, iqtisodiy, xavfsizlik va geosiyosiy omillarning o‘zaro uyg‘unligi bois Tehron mintaqaviy xavfsizlik tizimida va xalqaro munosabatlar dinamikasida hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo‘lgani hamda tashqi siyosat doktrinasi gibrid-konseptual platforma vazifasini bajargani ilmiy dalillangan.
Eron va Afg‘onistonning xalqaro izolyasiya hamda siyosiy-iqtisodiy sanksiyalar sharoitida mintaqaviy munosabatlarda o‘ziga xos strategik o‘rin egallashi, ularning tashqi siyosat yo‘nalishlari realizm va konstruktivizm konsepsiyalarida ta’kidlangan xavfsizlik-hamkorlik muvozanati nuqtai nazaridan namoyon bo‘layotgani hamda savdo yo‘laklari, transport-logistika va energetika infratuzilmalarini rivojlantirishga qaratilgan iqtisodiy xavfsizlik vositalari orqali mintaqaviy barqarorlikka ta’sir ko‘rsatgani asoslangan.
XX asr oxiri – XXI asr boshida Eron tashqi siyosat manfaatlari tizimida Afg‘onistonning geostrategik ahamiyati, xavfsizlik omillari va mintaqaviy barqarorlikdagi roli kompleks tahlil qilinib, ushbu jarayonda islom inqilobi g‘oyasini eksport qilish siyosatining tarixiy-mafkuraviy ta’siri, geosiyosiy raqobatdagi o‘rni hamda Tehronning “yumshoq kuch” vositalari orqali amalga oshirgan madaniy, diniy va gumanitar faoliyati hamda afg‘on migrantlarining Eron jamiyatiga infiltratsiyasi tashqi siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri ilmiy ochiqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Eron tashqi siyosat manfaatlari tizimida Afg‘onistonning geostrategik ahamiyati, xavfsizlik omillari va mintaqaviy barqarorlikdagi roli kompleks tahlil qilinib, ushbu jarayonda islom inqilobi g‘oyasini eksport qilish siyosatining tarixiy-mafkuraviy ta’siri, geosiyosiy raqobatdagi o‘rni hamda Tehronning “yumshoq kuch” vositalari orqali amalga oshirgan madaniy, diniy va gumanitar faoliyati hamda afg‘on migrantlarining Eron jamiyatiga infiltratsiyasi tashqi siyosiy qarorlar qabul qilish jarayoniga ta’siri borasidagi ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining 2025-yil 17-sentyabrdagi 02/435-sonli dalolatnomasi). Natijada tashqi siyosiy jarayonlarni o‘rganishning axborot-tahlil bazasining takomillashishiga, mazkur sohada olib boriladigan ilmiy-tahliliy ishlarning samaradorligining oshishiga xizmat qilgan.
XX asr oxiri – XXI asr boshi Afg‘oniston muammosini hal etish jarayonida Eronning jahon siyosatidagi o‘rnini belgilab beruvchi geografik, madaniy, iqtisodiy, xavfsizlik va geosiyosiy omillarning o‘zaro uyg‘unligi bois Tehron mintaqaviy xavfsizlik tizimida va xalqaro munosabatlar dinamikasida hal qiluvchi kuch sifatida namoyon bo‘lgani hamda tashqi siyosat doktrinasi gibrid-konseptual platforma vazifasini bajargani ilmiy dalillangan tadqiqot natijalari va xulosalardan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasi xorijiy mamlakatlar tajribalarini o‘rgangan holda qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish hamda siyosiy jarayonlarga oid axborot-tahliliy hujjatlar tayyorlashda foydalanilgan. (Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi Siyosiy kengashi ijroiya qo‘mitasining 2025-yil 17-sentyabrdagi 01-27/393-sonli ma’lumotnomasi). Natijada partiya faoliyatini tizimli tashkil etish, jamiyatda siyosiy islohotlarni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish, davlat organlari o‘z faoliyatida inson manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan boshqaruv mexanizmiga tayanish zaruriyati bo‘yicha takliflar tayyorlashga xizmat qilgan.
Eron rahbariyatining XX asr oxiri – XXI asr boshidagi qo‘shni Afg‘onistonga nisbatan tashqi siyosat strategiyasi mintaqaviy geosiyosiy muhit, xalqaro kuchlar muvozanati, chegaradosh davlatlar bilan munosabatlar hamda mazkur davlatning ichki siyosiy barqarorligi, xavfsizlik tahdidlari va etnik-konfessional tarkibiga asosan shakllanadigan keng qamrovli omillar majmuasiga bog‘liq bo‘lgani borasidagi xulosalardan Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tayyorlangan “Sharq mamalakatlari taraqqiyoti tarixining tizimli tahlili darsligida foydalanilgan (Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 2025-yil 23-sentyabrdagi 03-03-02/2405-sonli ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiya mavzusi doirasida tadqiq qilingan ilmiy natijalar “Eronning ijtimoiy-siyosiy rivojlanishi xususiyatlari”, “Turkiya, Eron va Afg‘onistonning rivojlanish bosqichlari tahlili” va “Afg‘oniston muammosining genezisi va evolyusiyasi” mavzularini ishlab chiqishda foydalanilgan.