Turg‘unov Jasurbek Alimardon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i):
“Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholash”; 08.00.03 - “Sanoat iqtisodiyoti.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4. PhD/ Iqt3189.
Ilmiy rahbar: Mustafakulov Sherzod Igamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Xalqaro Nordik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Xalqaro Nordik universiteti, PhD.03/29.12.2022.I.157.01.
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Murtozaev Olimjon, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: sanoat korxonalarining atrof-muhit hamda hudularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga ta’sirini baholashga qaratilgan ilmiy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
faoliyatida yashil texnologiyalarni joriy etgan sanoat korxonalariga nisbatan kompensatsiya to‘lovlarini qisqartirish yoki qaytarish orqali iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmi respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish tartibini qo‘llash orqali takomillashtirilgan;
sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholash strategik rejalashtirish hujjatlari asosida amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatining ehtimoliy ekologik oqibatlarini aniqlashga qaratilgan “strategik-ekologik baholash” tartibini joriy etish asosida takomillashtirilgan;
O‘zbekiston sharoitida sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlariga sirkulyar iqtisodiyotning “tarmoqlararo foydalanishga yo‘naltirish” va “ikkilamchi resurs sifatida tahlil qilish” tamoyillarini mahalliy resurslar va ishlab chiqarish sharoitiga moslashtirish asosida “atrof-muhitga ta’sirni baholash” (EIA = 0,5 – 0,75), “hayot siklini baholash” (LCA = 0,24 – 0,33) va “integratsiyalashgan baholash” (IAMs = 0,71 – 0,92) ko‘rsatkichlarining miqdoriy chegaralari asoslangan;
hududlar va tarmoqlar uchun investisiya va tenderlarda ustunlik berishga asoslangan “ekologik reyting” hamda korxonaning ichki samaradorligi va xarajatlarini optimallashtirish imkonini beruvchi “ekologik pasport” ishlab chiqish va jamoatchilikka taqdim etish amaliyotini joriy etish taklifi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga taʼsirini baholash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
faoliyatida yashil texnologiyalarni joriy etgan sanoat korxonalariga nisbatan kompensatsiya to‘lovlarini qisqartirish yoki qaytarish orqali iqtisodiy rag‘batlantirish mexanizmi respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish tartibini qo‘llash taklifi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 03-03/1-03/3-3802-son ma’lumotnomasi). Natijada korxonalarning atrof-muhitga ta’sirini kamaytirish va respublika byudjetiga yo‘naltiriladigan kompensatsiya to‘lovlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini ikki yil davomida qaytarish tartibining joriy etilishiga xizmat qilgan;
sanoat korxonalari rivojlanishining atrof-muhitga ta’sirini baholash strategik rejalashtirish hujjatlari asosida amalga oshirilayotgan xo‘jalik faoliyatining ehtimoliy ekologik oqibatlarini aniqlashga qaratilgan “strategik-ekologik baholash” tartibini joriy etish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 24-fevraldagi O‘RQ-1036-sonli “Ekologik ekspertiza, atrof-muhitga ta’sirni baholash va strategik ekologik baholash to‘g‘risida”gi Qonun loyihasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 03-03/1-03/3-3802-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilish natijasida kompleks yondashuv va strategik rejalashtirishning samarali va zamonaviy usullari jumladan, ESG mezonlarini sanoat korxonalariga qo‘llash imkoniyatlari asoslangan;
O‘zbekiston sharoitida sanoat korxonalarining ishlab chiqarish jarayonlariga sirkulyar iqtisodiyotning “tarmoqlararo foydalanishga yo‘naltirish” va “ikkilamchi resurs sifatida tahlil qilish” tamoyillarini mahalliy resurslar va ishlab chiqarish sharoitiga moslashtirish asosida “atrof-muhitga ta’sirni baholash” (EIA = 0,5 – 0,75), “hayot siklini baholash” (LCA = 0,24 – 0,33) va “integratsiyalashgan baholash” (IAMs = 0,71 – 0,92) ko‘rsatkichlarining miqdoriy chegaralarini asoslash bo‘yicha bergan taklifi “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasining 19-bandi b-qismida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 03-03/1-03/3-3802-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning qo‘llanilish natijasida sirkulyar iqtisodiyotni joriy qilish (“7R”) tamoyilining amaliyotga keng joriy etilishiga erishilgan;
hududlar va tarmoqlar uchun investisiya va tenderlarda ustunlik berishga asoslangan “ekologik reyting” hamda korxonaning ichki samaradorligi va xarajatlarini optimallashtirish imkonini beruvchi “ekologik pasport” ishlab chiqish va jamoatchilikka taqdim qilish amaliyotini joriy etish taklifi O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tomonidan amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligining 2025-yil 21-apreldagi 03-03/1-03/3-3802-son ma’lumotnomasi). Mazkur taklif “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi loyihasining 23 bandida foydalanilib, natijada hududlarning ekologik reytingini ishlab chiqish (atmosferaga ta’siri, zararli suv tashlanmalari miqdori, zararli chiqindilar hajmi, aholi salomatligining yomonlashuvi indikatorlari asosida) va jamoatchilikka taqdim etish amaliyotini joriy etishga xizmat qilgan.