Xushvaqova Durdona Islom qizining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kichik biznes sohasining iqtisodiy rivojlanishi jarayonlarini statistik baholash (Navoiy viloyati misolida)” 08.00.06 - “Ekonometrika va statistika” (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Iqt4047
Ilmiy rahbar: Sultanova Sonya Maxmudovna iqtisodiyot fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.01.2021.I.16.03
Rasmiy opponentlar: Salimov Baxtiyor Tadjievich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Gulyamov Saidasror Saidahmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik.
Yetakchi tashkilot: “Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi hududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, asosiy tendensiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillarni statistik usullardagi tahlilni amalga oshirish, ekonometrik modellarini tuzish hamda prognozlash bo‘yicha ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes sohasining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik baholash” tushunchasining iqtisodiy mazmuni kichik biznes subektlarining iqtisodiy faoliyati, o‘sish dinamikasi, samaradorligi va raqobatbardoshligini raqamli ma’lumotlar asosida baholash orqali kichik biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni, unga ta’sir etuvchi omillar, rivojlanish tendensiyalari hamda davlat siyosatining samaradorligini aniqlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
Navoiy viloyatidagi har bir shahar va tumanlar kesimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining rivojlanganlik darajasini investisiya muhiti, tadbirkorlik salohiyati hamda samaradorlik ko‘rsatkichlarining ko‘p omilli indeks usulidan foydalanish asosida “afzallik qatorlari” bo‘yicha statistik baholash orqali takomillashtirilgan;
Navoiy viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 2000-2025-yillardagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar tarkibidagi o‘zgarish dinamikasi asosida 2030-yilga qadar kichik biznes korxonalari va ularda band bo‘lganlar sonining prognoz qiymatlari baholangan;
viloyat hududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha ko‘p variantli ekonometrik modellarni qurish asosida 2030-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Hududlarda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining rivojlanishi, asosiy tendensiyalari hamda ularga ta’sir qiluvchi omillarni statistik usullardagi tahlilini amalga oshirish, ekonometrik modellarini tuzish hamda prognozlash bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra “kichik biznes sohasining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik baholash” tushunchasining iqtisodiy mazmunini kichik biznes sub’ektlarining iqtisodiy faoliyati, o‘sish dinamikasi, samaradorligi va raqobatbardoshligini raqamli ma’lumotlar asosida baholash orqali kichik biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni, unga ta’sir etuvchi omillar, rivojlanish tendensiyalari hamda davlat siyosatining samaradorligi aniqlash nuqtai nazaridan takomillashtirish bilan bog‘liq nazariy va uslubiy ma’lumotlardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Axborot xavfsizligi, Statistika” nomli o‘quv qo‘llanmalar tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 9-iyuldagi 258-sonli buyrug‘iga asosan). Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida talabalarda kichik biznesning iqtisodiyotdagi o‘rni, unga ta’sir etuvchi omillar, rivojlanish tendensiyalari hamda davlat siyosatining samaradorligi aniqlash nuqtai nazaridan takomillashtirilgan kichik biznes sohasining iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini statistik baholash tushunchasi bo‘yicha nazariy bilimlarni kengaytirish imkoni yaratilgan;
Navoiy viloyatidagi har bir shahar va tumanlar kesimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarining rivojlanganlik darajasini investisiya muhiti, tadbirkorlik salohiyati hamda samaradorlik ko‘rsatkichlarining ko‘p omilli indeks usulidan foydalanish asosida “afzallik qatorlari” bo‘yicha statistik baholash orqali takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan “Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi ning 2025-yil 10-sentyabrdagi 51-8/6429-sonli ma’lumotnomasi”. Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida hududlardagi tadbirkorlik subektlarining iqtisodiy faolligini oshirish uchun ularning salohiyati va samaradorlik ko‘rsatkichlarini ekonometrik tahlil qilishni nazarda tutuvchi yondashuv O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PQ-2770-sonli “Hududlarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilib, hududlarning iqtisodiy faolligi va samaradorligini 5-8 foizga oshirishga xizmat qilib, hududlarning tadbirkorlik muhiti yaxshilanishiga va yangi ish o‘rinlari yaratilishiga imkon yaratgan;
Navoiy viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning 2000-2025 yillardagi asosiy iqtisodiy ko‘rsatkichlar tarkibidagi o‘zgarish dinamikasi asosida 2030-yilga qadar baholangan kichik biznes korxonalari va ularda band bo‘lganlar sonining prognoz qiymatlari, O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan “O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 51-8/6429-sonli ma’lumotnomasi”. Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida viloyat hududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash imkoni yaratilgan;
viloyat hududlarida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatining istiqboldagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi bo‘yicha ko‘p variantli ekonometrik modellarni qurish asosida 2030-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlari O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligi tomonidan amaliyotga joriy etilgan “O‘zbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirligining 2025-yil 10-sentyabrdagi 51-8/6429-sonli ma’lumotnomasi”. Mazkur ilmiy taklifni amaliyotga joriy etish natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-apreldagi PQ-5065-sonli “Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini prognoz qilish va monitoring qilish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qarori talablariga muvofiq hududlarning iqtisodiy o‘sishi va ijtimoiy barqarorligini 5-6 foizga oshirish imkoni yaratilgan.