Abdurasulov Alisher Abdurasulovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.    Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi):
«Soliq ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta’minlash masalalari», 08.00.07 – Moliya, pul muomalasi va kredit (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi rO‘yxatga olingan raqam: B2025.1.PhD/Iqt4980
Ilmiy rahbar: Xudoyqulov Sadirdin Karimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat kO‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/10.12.2019.I.16.01
Rasmiy opponentlar: Tursunov Bobur Ortikmirzaevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Nasimov Ravshanjon Azimovich, iqtisodiyot fanlari  bo‘yicha falsafa doktori, dotsent,
Yetakchi tashkilot: Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.    Tadqiqotning maqsadi soliq xavfi, soliq qarzdorligi va soliqlarning yig‘iluvchanligining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash orqali soliq tizimi samaradorligini oshirish bilan bog‘liq ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.    Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
soliq xavfini to‘g‘ri baholash, soliq qarzdorligini kamaytirish, soliq nazoratini samarali tashkil etish triadasidan soliq amaliyotida foydalanish orqali soliq yig‘iluvchanligi, soliq qazdorligi va soliq xavfini bir-biriga ta’sirini to‘g‘ri baholash va ularni samarali boshqarishga imkoni asoslangan;
soliq qarzini qoplash bo‘yicha 2 oy muddat bilan ogohlantirish berish va ijrosi ta’minlanmagan taqdirda, shuningdek tovarlar etkazib beruvchilar ketma-ketligida kirimi mavjud bo‘lmagan korxonalarga hisobvaraq fakturalarni rasmiylashtirishni cheklash maqsadga muvofiq ekanligi ilmiy asoslab berilgan; 
soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirishni ta’minlash maqsadida Jahon savdo tashkilotining soliq tizimi bo‘yicha tavsiyalaridan kelib chiqib mahalliy va import qilingan alkogol mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalarini bosqichma-bosqich birlashtirish taklifi ishlab chiqilgan;
qum-shag‘al aralashmasini karerda realizatsiya qilish bahosining minimal (1 kub metr uchun 20 ming so‘mdan kam bo‘lmagan) darajasi hamda mahalliy hokimiyat tomonidan noruda qurilish materiallari uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalariga 1,3 baravargacha oshiruvchi koeffisient belgilash huquqini berish orqali er qa’ridan foydalanganlik uchun foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning aniqligini ta’minlash asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Soliqlarni yig‘iluvchanligi, soliq xavfi va soliq qarzdorligining o‘zaro bog‘liqligini ta’minlash bilan bog‘liq ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalar asosida:
soliq xavfini to‘g‘ri baholash, soliq qarzdorligini kamaytirish, soliq nazoratini samarali tashkil etish triadasidan soliq amaliyotida foydalanish orqali soliq yig‘iluvchanligi, soliq qazdorligi va soliq xavfini bir-biriga ta’sirini to‘g‘ri baholash va ularni samarali boshqarish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tomonidan soliq amaliyotiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-maydagi 27/2-54359-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida uchala soliq ko‘rsatkichlari: soliq yig‘iluvchanligi, soliq qazdorligi va soliq xavfini bir-biriga ta’sirini to‘g‘ri baholash va ularni samarali boshqarishga imkon bergan;
soliq qarzini qoplash bo‘yicha 2 oy muddat bilan ogohlantirish berish va ijrosi ta’minlanmagan taqdirda, shuningdek tovarlar etkazib beruvchilar ketma-ketligida kirimi mavjud bo‘lmagan korxonalarga hisobvaraq fakturalarni rasmiylashtirishni cheklash taklifi 2024-yil                    24-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1013-sonli Qonunida aks ettirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-maydagi 27/2-54359-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning joriy qilinishi natijasida soliq ko‘rsatkichlari orqali soliq tizimidagi o‘zgarishlar va keyingi bosqichlarda byudjet-soliq siyosatining mazmunini aniqlashtirishga hamda soliq ma’murchiligini yanada takomillashtirishga xizmat qilgan;
soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirishni ta’minlash maqsadida Jahon savdo tashkilotining soliq tizimi bo‘yicha tavsiyalaridan kelib chiqib mahalliy va import qilingan alkogol mahsulotlari uchun aksiz solig‘i stavkalarini bosqichma-bosqich birlashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bozor islohotlarini yanada jadallashtirish va O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 2024-yil 3-iyuldagi PF-85-son Farmoni hamda 2024-yil 24-dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1013-sonli qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-maydagi 27/2-54359-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarga adolatli prinsiplarga asoslangan holda berilishi ta’minlash va soliq yig‘iluvchanligini oshirish imkoni yaratilgan;
qum-shag‘al aralashmasini karerda realizatsiya qilish bahosining minimal (1 kub metr uchun 20 ming so‘mdan kam bo‘lmagan) darajasi hamda mahalliy hokimiyat tomonidan noruda qurilish materiallari uchun qat’iy belgilangan soliq stavkalariga 1,3 baravargacha oshiruvchi koeffisient belgilash huquqini berish orqali er qa’ridan foydalanganlik uchun foyda va qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning aniqligini ta’minlash taklifi Soliq kodeksining 452-moddasida va 2024-yil 24-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1013-sonli qonunida o‘z aksini topgan (O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasining 2025-yil 7-maydagi 27/2-54359-son ma’lumotnomasi). Ushbu taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida soliq imtiyozlarini soliq to‘lovchilarga adolatli prinsiplarga asoslangan holda berilishi ta’minlash va soliq yig‘iluvchanligini oshirish imkoni yaratilgan.    

Yangiliklarga obuna bo‘lish