Usmanaliev Najmiddin Qo‘shboq o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Ishni sudga qadar yuritish bosqichida protsessual muddatlarni takomillashtirish”, 12.00.09 – Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Yu1194.
Ilmiy rahbar: Murodov Baxtiyorjon Baxodirovich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi, DSc.31/30.12.2019.Yu.25.02.
Rasmiy opponentlar: Rajabova Mavjuda Abdullaevna, yuridik fanlar doktori, professor; Botaev Murod Djumanshikovich, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi ishni sudga qadar yuritish bosqichida protsessual muddatlarning huquqiy tabiatini, mohiyatini va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan o‘rganish, ularni tartibga soluvchi qonunchilik normalarini tahlil qilish hamda bu boradagi mavjud muammolarni aniqlash orqali protsessual muddatlarni takomillashtirishga oid ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turish protsessual majburlov chorasining qo‘llash muddati shaxs amalda ushlanganidan, ya’ni uning erkin harakatlanishga bo‘lgan huquqlari haqiqiy cheklangan paytdan boshlab hisoblanishi lozimligi asoslantirilgan;
ishni sudga qadar yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilinib, uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida ajrim qabul qilinganida, ushlab turish protsessual majburlov chorasining oxirgi muddati tugagan yoki tugamaganligidan qat’i nazar gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) sud zalidan ozod qilinishi lozimligi asoslantirilgan;
ushlab turish yoki qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan taqdirda, shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralari qo‘llanilganligi va u saqlab turilgan joy haqida darhol gumon qilinuvchi, ayblanuvchining oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda — qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga yozma ravishda xabar berilishi, shuningdek bu haqda ish yoki o‘qish joyiga ma’lum qilinishi shartligi asoslantirilgan;
dalilni maqbul emas deb topish to‘g‘risidagi iltimosnoma davlat va jamoat ayblovchilari, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, uning himoyachisi, jamoat himoyachisi yoki qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari tomonidan ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida, dastlabki eshituv va sud majlisida arz qilinishi mumkinligi asoslantirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ishni sudga qadar yuritish bosqichida protsessual muddatlarning nazariy va amaliy jihatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalari quyidagilarda o‘z ifodasini topgan:
ishni sudga qadar yuritish bosqichida ushlab turish protsessual majburlov chorasining qo‘llash muddati shaxs amalda ushlanganidan, ya’ni uning erkin harakatlanishga bo‘lgan huquqlari haqiqiy cheklangan paytdan boshlab hisoblanishi lozimligiga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarorining 20-bandi ikkinchi xatboshisida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 21-dekabrdagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi ushlangan shaxsning protsessual huquqlarini ta’minlashda xizmat qilgan;
ishni sudga qadar yuritish bosqichida qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llash rad qilinib, uy qamog‘i yoki garov tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash to‘g‘risida ajrim qabul qilinganida, ushlab turish protsessual majburlov chorasining oxirgi muddati tugagan yoki tugamaganligidan qat’i nazar gumon qilinuvchi (ayblanuvchi) sud zalidan ozod qilinishi lozimligiga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarorining 20-bandi beshinchi xatboshisida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil
21-dekabrdagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi ushlangan shaxsning protsessual huquqlarini ta’minlashda xizmat qilgan;
ushlab turish yoki qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan taqdirda, shaxsga nisbatan protsessual majburlov choralari qo‘llanilganligi va u saqlab turilgan joy haqida darhol gumon qilinuvchi, ayblanuvchining oila a’zolaridan biriga, ular bo‘lmagan taqdirda — qarindoshlariga yoki yaqin kishilariga yozma ravishda xabar berilishi, shuningdek bu haqda ish yoki o‘qish joyiga ma’lum qilinishi shartligiga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarorining 20-bandi oltinchi xatboshisida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 21-dekabrdagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi majburlov choralarini qo‘llashni to‘g‘ri protsessual rasmiylashtirishga xizmat qilgan;
ishni sudga qadar yuritish bosqichida himoyachilarning iltimosnomalarini koʻrib chiqish muddatlarini belgilashda dalilni maqbul emas deb topish to‘g‘risidagi iltimosnoma davlat va jamoat ayblovchilari, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi, uning himoyachisi, jamoat himoyachisi yoki qonuniy vakili, shuningdek, jabrlanuvchi, fuqaroviy da’vogar, fuqaroviy javobgar, ularning vakillari tomonidan ishni sudga qadar yuritishning har qanday bosqichida, dastlabki eshituv va sud majlisida arz qilinishi mumkinligiga doir taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy sud Plenumining jinoyat ishlari bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 2022-yil 14-maydagi 9-sonli qarorining 41-bandi uchinchi xatboshisida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudining 2023-yil 21-dekabrdagi dalolatnomasi). Ushbu taklifning inobatga olinishi protsess ishtirokchilarining isbot qilishdagi huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qilgan.