Raximova Dilorom Xaitbaevnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Fuqarolik huquqida benefisiar
mol-mulkning fuqarolik huquqiy maqomi”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Yu1446.
Ilmiy rahbar: Imomov Nurillo Fayzullaevich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Yakubov Axtam Nusratilloevich, yuridik fanlar doktori, dotsent, Rahimjonov Akmaljon Baxromjon o‘g‘li, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Fuqarolik huquqida benefisiar mol-mulkning fuqarolik huquqiy maqomini takomillashtirishga oid taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
yuridik shaxsni bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi yoki unga egalik qiluvchi shaxs, agar bunday shaxs shunday yuridik shaxsning yigirma besh foiz
va undan ortiq foiz miqdordagi ulushiga bevosita yoxud bitta yoki o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan bir necha yuridik shaxs orqali egalik qilsa, bunday shaxs biror-bir boshqa malaka mezonlariga qo‘shimcha tarzda avtomatik ravishda benefisiar egalik qiluvchi deb hisoblanishi asoslantirilgan;
foydali qazilmalarni qazib olish uchun ruxsatnoma olish uchun ariza berayotgan har bir yuridik shaxs u vakolatli shaxs ekanligining dalili sifatida o‘zining benefisiar egalik qiluvchi to‘g‘risidagi ishonchli axborotni taqdim etishi kerakligi asoslantirilgan;
hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan har bir bevosita va bilvosita muassis (egalik qiluvchi), shu jumladan oxirgi benefisiar mulkdor to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi kerakligi asoslab berilgan;
benefisiar mulkdor ta’sis etilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining haqiqiy egasi yoki ariza beruvchini haqiqatda nazorat qiluvchi yoxud manfaati ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs bo‘lishi mumkinligi asoslab berilgan;
benefisiar mulkdorlar reestri vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan yuridik shaxslarning benefisiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni hamda boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, doimiy yangilab turiladigan elektron ma’lumotlar bazasini (ariza beruvchining benefisiar mulkdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar
aks etgan arizasi asosida tadbirkorlik subekti – yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan
va (yoki) qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng tizim avtomatik tarzda real vaqt rejimida reestrga benefisiar mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli ravishda kiritish, chiqarish yoki o‘zgartirishni amalga oshiradi) shakllantirish lozimligi asoslab berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Fuqarolik huquqida benefisiar mol-mulkning fuqarolik huquqiy maqomiga oid tadqiqot ishi bo‘yicha olingan ilmiy natijalardan quyidagilarda foydalanilgan:
yuridik shaxsni bevosita yoki bilvosita nazorat qiluvchi yoki unga egalik qiluvchi shaxs, agar bunday shaxs shunday yuridik shaxsning yigirma besh foiz
va undan ortiq foiz miqdordagi ulushiga bevosita yoxud bitta yoki o‘zaro
bir-biri bilan bog‘langan bir necha yuridik shaxs orqali egalik qilsa, bunday shaxs biror-bir boshqa malaka mezonlariga qo‘shimcha tarzda avtomatik ravishda benefisiar egalik qiluvchi ekanligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 31-oktyabrdagi “Er qa’ri to‘g‘risida”gi O‘RQ-987-son Qonuninig
3-moddasi birinchi qismi birinchi bandini ishlab chiqiqshda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025-yil 27-martdagi 14/2-son dalolatnomasi). Ushbu taklif tashkil etilgan yuridik shaxslarning benefisiar egalarini aniqlashni engillashtirishga xizmat qilgan;
foydali qazilmalarni qazib olish uchun ruxsatnoma olish uchun ariza berayotgan har bir yuridik shaxs u vakolatli shaxs ekanligining dalili sifatida o‘zining benefisiar egalik qiluvchi to‘g‘risidagi ishonchli axborotni taqdim etishi kerakligi to‘g‘risidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil
31-oktyabrdagi “Er qa’ri to‘g‘risida”gi O‘RQ-987-son Qonunining 32-moddasi beshinchi qismi to‘rtinchi bandini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025-yil 27-martdagi 14/2-son dalolatnomasi). Ushbu taklif davlat tomonidan foydali qazilma resurslari ustidan nazorat amalga oshirishini takomillashtirishga xizmat qilgan;
hal qiluvchi egalikka ega bo‘lgan har bir bevosita va bilvosita muassis (egalik qiluvchi), shu jumladan oxirgi benefisiar mulkdor to‘g‘risidagi axborotni taqdim etishi kerakligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil
11-fevraldagi “Mikromoliyalashtirish faoliyati takomillashtirilishi munosabati
bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha
va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi Qonuni 2-moddasining sakkizinchi bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasining 2025-yil 27-martdagi
14/2-son dalolatnomasi). Ushbu taklif shubhali tuzilmalar, soxta mulkdorlar yoki turli firibgarliklarni oldini olishga xizmat qilgan;
benefisiar mulkdor ta’sis etilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining haqiqiy egasi yoki ariza beruvchini haqiqatda nazorat qiluvchi yoxud manfaati ko‘zlangan holda pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulk bilan bog‘liq operatsiya amalga oshirilayotgan jismoniy shaxs bo‘lishi mumkinligiga oid taklifdan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-yanvardagi 3-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning benefisiar mulkdorlari reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi ikkinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 26-martdagi 21/3-2992/8-son dalolatnomasi). Ushbu taklif iqtisodiy va huquqiy shaffoflikni ta’minlashga xizmat qilgan;
benefisiar mulkdorlar reestri vakolatli davlat organi tomonidan yuritiladigan yuridik shaxslarning benefisiar mulkdorlari haqidagi ma’lumotlarni hamda boshqa ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan, doimiy yangilab turiladigan elektron ma’lumotlar bazasi (ariza beruvchining benefisiar mulkdori to‘g‘risidagi ma’lumotlar aks etgan arizasi asosida tadbirkorlik subekti – yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan va (yoki) qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgandan so‘ng tizim avtomatik tarzda real vaqt rejimida reestrga benefisiar mulkdor to‘g‘risidagi ma’lumotlarni tegishli ravishda kiritish, chiqarish yoki o‘zgartirishni amalga oshiradi) shakllantirish lozimligi haqidagi taklifdan O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2023-yil 7-yanvardagi 3-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan Yuridik shaxslarning benefisiar mulkdorlari reestrini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 1-bandi uchinchi xatboshisini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2025-yil 26-martdagi 21/3-2992/8-son dalolatnomasi). Ushbu taklif sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga benefisiar mulkdorlar haqidagi zarur ma’lumotlarni olishlariga imkoniyat yaratishga xizmat qilgan.